Tolipov Baxtiyor Xamitovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda yoshlar iqtisodiy faolligini sog‘lom raqobat madaniyati asosida rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy omillari”, 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Fal323
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.08.02.
Ilmiy rahbar: Namozov Bobir Bahrievich, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor; Xajieva Maksuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori, professor
 Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda yoshlar iqtisodiy faolligini sog‘lom raqobat madaniyati asosida rivojlantirish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“sog‘lom iqtisodiy madaniyat” va “sog‘lom raqobat muhiti” tushunchalarining qadriyatlarga tayanish, tartibga solinish, manfaat va masʼuliyat uyg‘unligi kabi falsafiy-axloqiy, teng imkoniyatni ta’minlash, iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish kabi ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga doir qarashlar asosida sog‘lom raqobat madaniyatini mustahkamlovchi halollik, mehnatsevarlik, masʼuliyatlilik, javobgarlik, axloqiylik fazilatlari hamda uni emiruvchi kriminallik, yashirin iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiy chorasizlik kabi illatlarning falsafiy xususiyatlari ochib berilgan;
yoshlar iqtisodiy faolligining normativ-huquqiy mexanizmlar bilan qo‘llab-quvvatlanish, ta’lim va mehnat bozori integratsiyasi asosida shakllanishi kabi institutsional, startap va tadbirkorlik tashabbuslariga yoʻnaltirilish, kreativ yondashuv asosida rivojlanish kabi innovatsion xususiyatlari hamda iqtisodiy nosog‘lom muhitda utilitarizmning kuchayishi, halol mehnat qadriyatining susayishi kabi deformatsion o‘zgarishi, jamiyat hayotida ishsizlik va norasmiy bandlikning ortishi yangi sifat o‘zgarishlariga olib kelishi asoslab berilgan;
Yangi O‘zbekistonda iqtisodiy raqobatni sog‘lomlashtiruvchi raqobat madaniyatining o‘zaro yordam, o‘zaro hamkorlik, halollik, insoflilik, tejamkorlik kabi axloqiy mezonlari, mulkdorlar qatlamining tashabbuskorlik, manfaatdorlik, investision faollik kabi iqtisodiy, fuqarolik pozisiyasining mustahkamligi, qonuniylikka sodiqligi, ijtimoiy masʼuliyatga yoʻnaltirilganligi kabi siyosiy va ma’naviy barkamollik, mehnat etikasi, jamiyat manfaatiga daxldorlik kabi ma’naviy sohalardagi xarakterli belgilari dalillangan;
Yangi O‘zbekistonda yoshlar iqtisodiy faolligining rivojlanishi va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda milliy xarakterning mehnatsevarlik, jamoaviylik, masʼuliyatlilik kabi xususiyatlari, tadbirkorlikka moyillik, kasb-hunar anʼanalari kabi tarixiy-madaniy tajribasi va mahalla instituti, oilaviy tarbiya resurslari, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy muhit singari potensial imkoniyatlari aniqlangan hamda shaxs erkinligi va huquqlarini kengaytirish mexanizmlarini takomillashtirish zarurati asoslangan;
O‘zbekistonda yoshlar iqtisodiy faolligini sog‘lom raqobat madaniyati asosida rivojlantirishga oid masʼuliyatni shakllantirish, halol raqobat tamoyillarini qaror toptirish kabi ijtimoiy-falsafiy, ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish kabi institutsional va startap ekotizimini rivojlantirish, innovatsion iqtisodiy ko‘nikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda yoshlar iqtisodiy faolligini sog‘lom raqobat madaniyati asosida rivojlantirishning falsafiy asoslarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“sog‘lom iqtisodiy madaniyat” va “sog‘lom raqobat muhiti” tushunchalarining qadriyatlarga tayanish, tartibga solinish, manfaat va masʼuliyat uyg‘unligi kabi falsafiy-axloqiy, teng imkoniyatni ta’minlash, iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish kabi ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga doir qarashlar asosida sog‘lom raqobat madaniyatini mustahkamlovchi halollik, mehnatsevarlik, masʼuliyatlilik, javobgarlik, axloqiylik fazilatlari hamda uni emiruvchi kriminallik, yashirin iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiy chorasizlik kabi illatlarning falsafiy xususiyatlariga doir xulosalar va tavsiyalardan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi huzuridagi Mahalla akademiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” PF-37-son farmonida belgilangan vazifalar, tadbirkorlik faoliyatida o‘zini-o‘zi band qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlarni, “Hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish” dasturlarini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston  mahallalari uyushmasi huzuridagi Mahalla akademiyasining 2025-yil 11-noyabrdagi 01-03/24-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda sog‘lom iqtisodiy raqobat madaniyatini rivojlantirishning innovatsion-texnologik asoslari, istiqboldagi vazifalariga doir xulosalar, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
yoshlar iqtisodiy faolligining normativ-huquqiy mexanizmlar bilan qo‘llab-quvvatlanish, ta’lim va mehnat bozori integratsiyasi asosida shakllanishi kabi institutsional, startap va tadbirkorlik tashabbuslariga yoʻnaltirilish, kreativ yondashuv asosida rivojlanish kabi innovatsion xususiyatlari hamda iqtisodiy nosog‘lom muhitda utilitarizmning kuchayishi, halol mehnat qadriyatining susayishi kabi deformatsion o‘zgarishi, jamiyat hayotida ishsizlik va norasmiy bandlikning ortishi yangi sifat o‘zgarishlariga olib kelishiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 1-yarim yillik uchun ish rejasining 43-bandida keltirilgan “Yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis bo‘lib etishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka o‘qitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda bepul o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazish” bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 22-oktyabrdagi 4-10-21-5727-son ma’lumotnomasi). Natijada Yangi O‘zbekistonda yoshlar iqtisodiy faolligini sog‘lom raqobat madaniyati asosida rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlari hamda uni amaliyotga tatbiq etishning samarador metodologiyasini ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalar bugungi kunda ta’lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqot faoliyatida foydalanish zaruratini asoslashga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda iqtisodiy raqobatni sog‘lomlashtiruvchi raqobat madaniyatining o‘zaro yordam, o‘zaro hamkorlik, halollik, insoflilik, tejamkorlik kabi axloqiy mezonlari, mulkdorlar qatlamining tashabbuskorlik, manfaatdorlik, investision faollik kabi iqtisodiy, fuqarolik pozisiyasining mustahkamligi, qonuniylikka sodiqligi, ijtimoiy masʼuliyatga yoʻnaltirilganligi kabi siyosiy va ma’naviy barkamollik, mehnat etikasi, jamiyat manfaatiga daxldorlik kabi ma’naviy sohalardagi xarakterli belgilariga doir ilmiy yangiliklar va xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170928696-raqamli “O‘zbekistonda islohotlar jarayonini tahlil etish va amalga oshirishning konseptual-falsafiy metodologiyasi (Harakatlar strategiyasi asosida)” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda foydalanilgan. (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 23-yanvardagi 04/11-1485-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda sog‘lom iqtisodiy raqobat madaniyatini rivojlantirishning innovatsion-texnologik asoslari, istiqboldagi vazifalariga doir xulosalar, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda yoshlar iqtisodiy faolligining rivojlanishi va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda milliy xarakterning mehnatsevarlik, jamoaviylik, masʼuliyatlilik kabi xususiyatlari, tadbirkorlikka moyillik, kasb-hunar anʼanalari kabi tarixiy-madaniy tajribasi va mahalla instituti, oilaviy tarbiya resurslari, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlovchi ijtimoiy muhit singari potensial imkoniyatlari aniqlangan hamda shaxs erkinligi va huquqlarini kengaytirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir ilmiy tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2023-2025-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24 ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 31-oktyabrdagi  05-09-1714-son ma’lumotnomasi). Natijada, tayyorlangan media materiallar yoshlar orasida sog‘lom iqtisodiy raqobat madaniyatini targ‘ib etish, ularning iqtisodiy tafakkuri va tashabbuskorlik salohiyatini kuchaytirish, shuningdek, jamiyatda halol raqobat va masʼuliyatli iqtisodiy xulq haqidagi qarashlarni keng yoyishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda yoshlar iqtisodiy faolligini sog‘lom raqobat madaniyati asosida rivojlantirishga oid masʼuliyatni shakllantirish, halol raqobat tamoyillarini qaror toptirish kabi ijtimoiy-falsafiy, ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish kabi institutsional va startap ekotizimini rivojlantirish, innovatsion iqtisodiy ko‘nikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan takliflar va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-88-sonli “O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotida tolerantlik tamoyilining tutgan o‘rni (qadimgi davrdan to hozirgi vaqtga qadar)” mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 23-yanvardagi 04/11-1482-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonda yoshlar iqtisodiy faolligini ochiqlik, shaffoflik va halollik tamoyillari asosida rivojlantirish imkoniyatlari, iqtisodiy tolerantlikning turli ijtimoiy-tarixiy jarayonlardagi funksional ahamiyatini aniqlashga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish