Shodiev Sobir Vaxobjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Noorganik-organik gibrid ionitlarning olinishi xossalari va texnologiyasi”, 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T4387.
Ilmiy rahbar: Axmedov Vohid Nizomovich, texnika fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.T.16.05.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Muxtor Jamolovich, kimyo fanlari doktori, professor; Baxronov Hayot Nurovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: noorganik-organik birikmalardan, gibrid ionitlarni olishning ilmiy-texnologik asosini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zol-gel usulida olingan kolloid kremnezol ishtirokida mochevina formaldegid smolaning dimetilolli hosilasiga nisbat olinib jarayonning maqbul sharoitida harorat 60-80℃ ga, reaksiya davomiyligi esa 1 soatga tengligi ilmiy asoslangan;
mahalliy xomashyo bo‘lgan suyuq shishadan, etarli silikat moduliga ega 25-350C da aylanish tezligi 28-35 marta/min tezlikda polisilikat kislota geli olinganligi isbotlangan;
sintez jarayonini kinetik tadqiq qilish orqali reaksiya tezligining vaqtga, haroratga hamda qovushqoqligiga bog‘liqlik parametrlari isbotlangan;
boshlang‘ich moddalar kimyoviy tarkibi va fizik-kimyoviy xossalarining import o‘rnini bosuvchi, ionitlar asosiy kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalariga bog‘liqligi isbotlangan;
sintezlangan noorganik-organik gibrid ionitining metall ionlarini sorbsiyalash qobiliyati asosida tartibga solinganligi ishlab chiqilgan;
kolloid kremnezol, formalin hamda karbamid asosida 1:2:1 nisbatda olingan polifunksional ionitlarning olinish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Noorganik-organik gibrid ionitlarning olinishi xossalari va texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suyuq shisha, karbamid hamda formalin asosida sintez qilingan ionit «Buxoro suv ta’minot» AJning “2025-2030-yillardagi amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 9 sentyabrdagi 01/29-4989-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilayotgan ionitni suv tarkibidagi Ca2+, Mg2+, Cu2+, Al3+, Ni2+, Fe2+ ionlardan tozalashda qo‘llash imkonini beradi;
formaldegid va mochevina ishtirokida olingan sopolimer olinish jarayonida zol-gel usulida olingan yangi tarkibli organo-noorganik gibrid ionit B«Buxoro suv ta’minot» AJning “2025-2030-yillardagi amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 9 sentyabrdagi 01/29-4989-son ma’lumotnomasi). Natijada, organo-noorganik gibrid ionit mexanik mustahkamligi 1,25 marta, sorbsion yutish koeffisienti 1,295 marta kattaligi hamda turli xil agressiv muhitlarda inertligi va mexanik mustahkamligi yuqori ionit olish imkonini beradi.