Muxamedov Jamoliddin Kabildjanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy flokulyantlar yordamida terini qayta ishlash korxonalarida hosil bo‘lgan xromli oqava suvlarni tozalash jarayonini o‘rganish», 11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/K1058.
Ilmiy rahbar: Turabjanov Sadriddin Maxamatdinovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi:Toshkent kimyo-texnologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.30/2025.27.12.K/T.01.01.
Rasmiy opponentlar: Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori, professor; Kulmatov Rashid Anorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: terini qayta ishlash korxonalarida hosil bo‘ladigan xromli oqava suvlarni mahalliy flokulyantlar yordamida tozalash jaryonini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
terini qayta ishlash korxonalarining tarkibida Cr3+ ionlari bo‘lgan oqova suvlarini Fe2SO4 va SaO ni suvli eritmasi yordamida zararsizlantirishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
tozalash samaradorligiga cho‘ktirish, tindirish va filtrlash tezligi, oqava suvning pH-muhiti hamda Cr3+ ionlari konsentratsiyasining ta’siri aniqlangan;
“Uniflok” seriyali flokulyant hamda Fe2SO4va CaO suvli eritmasi yordamida terini qayta ishlash jarayonida hosil bo‘lgan oqava suvlarini Cr3+ ionlari va muallaq zarrachalardan samarali tozalab suvning yopiq zanjirli tizimi takomillashtirilgan;
maxalliy “Uniflok” seryali polielektroliti terini qayta ishlash jarayonida hosil bo‘lgan oqava suvlari tarkibidagi muallaq zarrachalarining cho‘ktirish jarayonini 8-10 barobarga tezlashtirilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Terini qayta ishlash korxonalarida hosil bo‘lgan oqava suvlarni mahalliy «Uniflok» seriyali polielektrolit-flokulyanti yordamida tozalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
terini qayta ishlash korxonalarida hosil bo‘lgan oqava suvlarini Cr+3 ionlaridan tozalash texnologiyasi “GLOBAL AVANGARD TEChNOLOGY” OAJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbeksiton Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muxofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 17 dekabrdagi 03-03/1-03/3-13721-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvlar tarkibidagi Cr³⁺ ionlari va muallaq zarrachalar miqdorini kamaytirish, tozalash jarayoni samaradorligini oshirish imkonini bergan;
mahalliy “Uniflok” va “Poliakrilamid” seriyali flyakulyantlardan foydalanib oqava suvlarini tozalash texnologiyasi “ULKAN LAZIZ” OAJ da ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbeksiton Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muxofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 17 dekabrdagi 03-03/1-03/3-13721-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvlarni tozalash va tozalangan suvdan aylanma texnik suv sifatida qayta ishlashtish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish