Igamberdieva Dilfuza Alimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Namangan viloyati shimoliy-sharqiy qismi sug‘oriladigan bo‘z tuproqlariga irrigatsion eroziya ta’sirini baholash”, 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/V1290.
Ilmiy rahbar: Xakberdiev Obid Eshniyazovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.08/2025.27.12.Qx.06.01. 
Rasmiy opponentlar: Qodirova Dilrabo Abdukarimovna, biologiya fanlari doktori, professor; Faxrutdinova Mashkura Fazliddinovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Namangan viloyati shimoliy-sharqiy qismi sugʻoriladigan bo‘z tuproqlariga irrigatsiya eroziyaning taʻsirini tavsiflash va zamonaviy texnologiyalar asosida baholash orqali tuproq yuvilishini oldini olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘oriladigan och tusli va tipik bo‘z tuproqlarning morfogenetik xususiyatlari, umumfizik va agrokimyoviy xossalari, gumus va oziqa moddalar zahirasi, C:N, C:P ga nisbatlarini eroziya jarayonlari ta’sirida o‘zgarishi aniqlangan;
hududning iqlim va tuproq yuza (0-15 sm) qatlami, er emmisiaviylik qiymati, yuqori yorug‘lik (fotosintez) ma’lumotlari asosida vegetatsiya indekslari (NDVI) hamda namlik indekslari (LST) ishlab chiqilgan;
eroziyalanish darajasiga ko‘ra iqlim ma’lumotlari va vegetatsiya indekslari (NDVI), (LST) asosida ularning korellyasion farqlari asoslangan;
tuproq yo‘qotilishini baholashning empirik RUSLE modeli va geofazoviy tahlil usullarini qo‘llash asosida hududdagi eroziya jarayonlarining intensivligi va yillik ko‘lami aniqlangan;
Chortoq va Kosonsoy tumanlari (LS) nishablik qiymatini taqqoslama jadvali tuzilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Namangan viloyati shimoliy-sharqiy qismi bo‘z tuproqlari irrigatsiya eroziyasi tufayli yuvilish darajalari va unga qarshi kurash choralari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Chortoq tumanining relefi natijasida tuproqlar eroziyaga uchraganligi va ularni oldini olishga doir tavsiyalar” sugʻoriladigan er maydonlari uchun amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2025 yil 29 maydagi 05/05-04-272-sonli maʻlumotnomasi). Natijada, irrigatsiya eroziyaga uchragan tuproqlarning holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash va oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilashda qo‘llanma sifatida hizmat qilgan;
sugʻorish texnikasiga amal qilish orqali tuproq yuvilishini oldi olishga qaratilgan tadbirlar Chortoq tumani Navoiy massivida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2025-yil 29-maydagi 05/05-04-272-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sugʻoriladigan bo‘z tuproqlarni unumdorligini saqlash, tiklash va tuproqlarni irrigatsion eroziyasidan muhofazalashga qaratilgan agrotexnik tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
Chortoq tumanining 37 ming/gektar er maydonining M:1:50000 masshtabli eroziya xaritasi Chortoq tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limida amaliyotda foydalanish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar Milliy markazining 2025 yil 29 maydagi 05/05-04-272-sonli maʻlumotnomasi). Natijada, tog‘ oldi hududlarda tarqalgan bo‘z tuproqlar sharoitida irrigatsiya eroziyasini bashoratlashda, uni oldini olish va sug‘oriladigan dexqonchilikda ekinlarni to‘g‘ri joylashtirish orqali tuproqning unumdor qatlamini yuvilishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish