Inaqov Qudratjon Qodirjanovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hamkorlik pedagogikasi asosida ta’lim-tarbiya sifatini takomillashtirish”, 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped270.

Ilmiy rahbar: Inoyatov Ulug‘bek Il`yasovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.Ped.76.02.

Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Solieva Zuxra Taxirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: hamkorlik pedagogikasining konseptual g‘oyalari asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya sifatini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ta’lim-tarbiya jarayonidagi hamkorlik tuzilmasining kommunikativ-integrativ, funksional-rolli va sub’ektiv-guruhiy komponentlari birgalikdagi faoliyatning dialogik tavsifi va intensivligi, jamoadagi emotsional-psixologik muhit mezonlarining o‘qish va yozishning kooperativ integratsiyasi bilan bevosita aloqadorligini asoslash orqali aniqlashtirilgan;

oila va maktab integratsiyasini ta’minlashning motivatsion, kommunikativ-faoliyatli, kognitiv va refleksiv bosqichlari jamoaviy o‘zaro birgalikdagi harakat tamoyiliga asoslangan pedagogik ta’minotni (mazmuni, shart-sharoitlari, mezon va ko‘rsatkichlari) ishlab chiqish va hamkorlikka asoslangan faoliyatni ijtimoiy kompetensiya bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;

hamkorlik pedagogikasi asosida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish mazmuni o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasidagi mustahkam o‘zaro birgalikdagi faoliyatni tashkil etishga asoslangan kollaborativ va shaxsiy nuqtai nazariga ega bo‘lgan suhbatdoshlarning maqsadga yo‘naltirilgan kooperatsiyasiga asoslangan polilogik ta’lim modeli asosida takomillashtirilgan;

o‘quv-tarbiya jarayonida hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish texnologiyasi o‘quvchilar idrok etishining asosiy turlari (“audial”, “vizual”, “kinestetik”) bo‘yicha gomogen va geterogen o‘quv guruhlarini shakllantirish mexanizmiga asoslangan jamoaviy ijodiy ishni tashkil etish metodikasini samarali qo‘llash asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Hamkorlik pedagogikasi asosida ta’lim-tarbiya sifatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

ta’lim-tarbiya jarayonidagi hamkorlik tuzilmasining kommunikativ-integrativ, funksional-rolli va sub’ektiv-guruhiy komponentlari, birgalikdagi faoliyatning dialogik tavsifi va intensivligi, jamoadagi emotsional-psixologik muhit mezonlariga doir taklif va tavsiyalardan PZ-20170927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik  pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli loyiha doirasida kooperativ ta’lim modelini takomillashtirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 24 fevraldagi 01-02/2-2-68-son ma’lumotnomasi).  Natijada umumiy o‘rta ta’limda kooperativ ta’limni tashkil etish, hamkorlikdagi faoliyat muhiti samaradorligini oshirishga erishilgan;

oila va maktab integratsiyasini ta’minlashning motivatsion, kommunikativ-faoliyatli, kognitiv va refleksiv bosqichlari, sinergizm  tamoyiliga asoslangan pedagogik ta’minot, hamkorlik pedagogikasi asosida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish mazmunini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar  PZ-20170927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli loyiha doirasida trening mashg‘ulotlari va o‘quv seminarlarini tashkil etishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 24 fevraldagi 01-02/2-2-68-son ma’lumotnomasi). Natijada bu taklif va tavsiyalar hamkorlik pedagogikasining konseptual g‘oyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;

o‘quv-tarbiya jarayonida hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish texnologiyasini takomillashtirish, o‘quvchilar idrok etishining asosiy turlari (“audial”, “vizual”, “kinestetik”) bo‘yicha gomogen va geterogen o‘quv guruhlarini shakllantirishga doir takliflardan Xalq ta’limi vazirining 2017 yil 16 sentyabrdagi “2017-2018 o‘quv yilida ta’lim sifati monitoringi tizimini yanada takomillashtirish va tashkil etish to‘g‘risida”gi 299-sonli buyrug‘iga muvofiq monitoring natijalarini umumlashtiradigan elektron dasturning metodik ta’minotini  yaratishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 24 fevraldagi 01-02/2-2-68-son ma’lumotnomasi). Natijada  nazorat materiallari va turlarini ishlab chiqishda zamonaviy xalqaro tajribalar (PISA, TIMSS) asosida milliy monitoring tizimini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish