Pulatov Madaminjon Muxammadjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida 
e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Mahalliy xom-ashyolar asosida kuydirilmasdan olinadigan pardozbop g‘ishtning, optimal tarkibi va texnologiyasini takomillashtirish, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosligidan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2025.1.PhD/T5490
Ilmiy rahbarlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Axmedov Sultan Ilyasovich, t.f.n., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti,  DSc.03/2026.09.01.T.02.M.
Rasmiy opponentlar: Raximov Raximboy Atajanovich – texnika fanlari doktori, professor; Berdiev Oblakul Bobakulovich – texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mahalliy va ikkilamchi xom ashyolardan tayyorlanadigan pardozbop g‘isht qorishmasi tarkibini va uning fizik-mexanik xossalarini yaxshilash, xom-ashyo sarfini kamaytirish.
III. Dissertatsiya tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
1.    Pardozbop g‘ishtning ishchi yuzasini saqlagan holda hajmini kamaytirib xom ashyolarni 50 % ga tejash imkoni ishlab chiqildi;
2.    Yuqori bosim berish  jarayonida KDJ-3 polikarboksilat superplastifikatori qo‘shish orqali minerallar joylashuvchanligi yaxshilash xisobiga mustahkamligi va muzlashga chidamliligi oshirildi;
3.    tajriba-sinov natijalari asosida ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirildi hamda amaliyotga joriy etilish bilan birgalikda iqtisodiy samaradorlikka erishildi;
4.    Olingan materiallardan samarali foydalanish, resurslardan to‘g‘ri va tejamli foydalanishni ta’minladi, bu esa umumiy ishlab chiqarish jarayonini yaxshiladi va rentabellikni oshirdi;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy xom ashyolar asosida kuydirilmasdan olinadigan pardozbop g‘ishtning optimal tarkibi va texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha  Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidagi “Sandiron ceramics” MChJ korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan 2025 yil 29-oktyabrdagi №02/15-3520-sonli dalolatnomasi). Natijada, korxonada energiya va resurlarni hamda ishlab chiqarish hajmini 2 barobar oshirish orqali , sarmoyani qoplash muddati 2,2 yil, bir yillik iqtisodiy samara korxonaga 951 678 000  so‘m/yil natijaga erishilgan.
Shu bilan birgalikda “Durable Stonecorp” MChJ ning akreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyasidan GOST 530-2012, GOST 8462-85, GOST 7025-91 talablari bo‘yicha xulosalar olingan (Durable Stone Corp 2025 yil 23-avgustdagi №22- UET/R1-sonli dalolatnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish