Abduraximov Dostonbek Raximjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi) “Uzoq muddat ekspluatatsiya sharoitidagi moyli kuch transformatorlarining energiya isroflarini baholash usuli”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5366.
Ilmiy rahbar: Yusupov Dilmurod Turdalievich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti, DSc.05/2025.28.11.T.02.01.
Rasmiy opponentlar: Boltaev Otabek Tashmuxammatovich – texnika fanlari doktori (DSc), dotsent. Izzatillaev Jo‘rabek Olimjonovich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uzoq muddat ekspluatatsiya sharoitidagi quvvati
25 kVAdan 2500 kVAgacha bo‘lgan moyli kuch transformatorlarining energiya isroflarini baholash usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moyli kuch transformatorlarining salt ishlash rejimidagi energiya isroflarini aniqlash imkonini beruvchi matematik model magnit o‘zak, chulg‘am va izolyasiyaning degradatsiya koeffisientlarini qo‘shimcha kiruvchi parametrlar sifatida qabul qilish hisobiga takomillashtirilgan;
moyli kuch transformatorlarining umumiy energiya isrofini hisoblash imkonini beruvchi algoritm va dastur uzoq muddatli ekspluatatsiya (25 yildan ko‘p) va mukammal ta’mirlash jarayonlarini inobatga olib ishlab chiqilgan;
25 kVA, 40 kVA va 63 kVA quvvatli moyli kuch transformatorlarining salt ishlash va qisqa tutashuv energiya isroflari ko‘rsatkichlarining qiymatlari har bir sinflari bo‘yicha regression usul asosida aniqlangan;
noaniq mantiq usuli va π, L, γ – mansublik funksiyalari asosida quvvati 25 kVAdan 2500 kVAgacha bo‘lgan uzoq muddat ekspluatatsiya sharoitidagi moyli kuch transformatorlarining energiya isroflari ko‘rsatkichlarining qiymatlarini har bir sinflari bo‘yicha salt ishlash va qisqa tutashuv rejimlarida alohida va umumiy tarzda aniqlash imkonini beruvchi imitatsion model ishlab chiqilgan;
quvvati 25 kVAdan 2500 kVAgacha bo‘lgan moyli kuch transformatorlarining energiya isroflarini 5 ta lingvistik sinf ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash imkonini beruvchi usul uzoq muddatli ekspluatatsiya jarayonlarini inobatga olib ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ekspluatatsiya sharoitidagi
(TM turdagi) moyli kuch transformatorlarining energiya isroflarini baholash usuli bo’yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
TM turidagi moyli kuch transformatorlarining energiya isrofini hisoblash algoritmi va dasturi “Texenergoremmash” korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 20-oktyabrdagi 04-13-5790-son ma’lumotnomasi). Natijada quvvati 25 kVAdan 2500 kVAgacha bo‘lgan moyli kuch transformatorlarining umumiy energiya isroflarini ekspluatatsiya muddatini inobatga olib aniqlash imkoni yaratilgan.
TM turidagi moyli kush transformatorlarining energiya isroflarini baholash usuli “Texenergoremmash” korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 20-oktyabrdagi 04-13-5790-son ma’lumotnomasi). Natijada quvvati 25 kVA dan 2500 kVA gacha bo‘lgan moyli kush transformatorlarining energiya isroflarini kamaytirish hisobiga yiliga 20,5 mln iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.