Ismoilov Ibroximjon Keldiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Moyli kuch transformatorlarining texnik holatini ekspress diagnostika qilish usullarini takomillashtirish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4229.
Ilmiy rahbar: Yusupov Dilmurod Turdalievich - texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti, DSc.05/2025.28.11.T.02.01.
Rasmiy opponentlar:Xamidov Shuxrat Vaxidovich - texnika fanlari doktori, professor.Turaev Akramjon Ikromjonovich - texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekspluatatsiyadagi moyli kuch transformatorlarining texnik holatini issiqlik va vibroakustik parametrlari orqali ekspress diagnostikalash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moyli kuch transformatori magnit o‘zagi (Y_1), chulg‘ami (Y_2) va sovutish tizimi (Y_3) ning nosozlik qiymatlarini aniqlash imkonini beruvchi matematik model salt ishlash holatidagi aktiv quvvat isrofi (ΔP_"xx" ), magnit o‘zak, chulg‘am, moy va o‘rab turuvchi muhitining ichki qismini issiqlik qarshiliklari (R_1,R_2 〖,R〗_3,R_4), yuklama koeffisientining diskret qiymati(K ̅_"n.doim" ), moy harorati (T_3), tashqi muhit harorati (T_5) va bak harorati (T_4) ni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
moyli kuch transformatorining asosiy va qo‘shimcha elementlarida hosil bo‘lgan xos chastotani aniqlash imkonini beruvchi matematik model moyning inersiya akustikasi (M_f), moy akustik tizimining dinamikasi (C_f), tovush to‘lqinlarining bosim va deformatsiyalar o‘rtasidagi bog‘lanishi (K_f), to‘lqinlarning yuzalardan akslanishi (R^T ) va tashqi akustik ta’sir (F_f ) larini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
moyli kuch transformatorlarining texnik holatini issiqlik ekspress diagnostikalash usuli noaniq mantiqdan foydalanib bakda hosil bo‘lgan haroratlar orqali ifodalanuvchi nosozlik qiymatlari asosida baholash va elementlarida shakllanayotgan nosozliklar turini aniqlash imkoniyatlarini yaratish hisobiga takomillashtirilgan;
moyli kuch transformatorlarning texnik holatini vibroakustik ekspress diagnostikalash usuli noaniq mantiqdan foydalanib bakda hosil bo‘lgan vibroakustik parametrlar orqali ifodalanuvchi nosozlik qiymatlari asosida baholash va elementlarida shakllanayotgan nosozliklar turini aniqlash imkoniyatlarini yaratish hisobiga takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: moyli kuch transformatorlarining texnik holatini ekspress diagnostikalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moyli kuch transformatori issiqlik jarayonlaridagi harorati va vibroakustik parametrlari asosida texnik holatini express diagnostikalash imkonini beruvchi imitatsion modeli Marg‘ilon shahar elektr ta’minoti korxonasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 5-may 02-28-785-son ma’lumotnomasi). Natijada moyli kuch transformatoridagi issiqlik jarayonlari harorati va vibroakustik parametrlari asosida texnik holatini express diagnostikalashga erishilgan.
moyli kuch transformatorlarini texnik holatini ekspress diagnostikalash orqali baholash usullari Marg‘ilon shahar elektr ta’minoti korxonasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 5-may 02-28-785-son ma’lumotnomasi). Natijada Marg‘ilon shahar elektr ta’minoti korxonasida mavjud moyli kuch transformatorlarni texnik holatini espress diagnostikalash usuli yordamida tekshirish natijasida yiliga jami 114 mln (bir yuz o‘n to‘rt million) so‘mni iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.