Qulabdullaeva Moxira Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Turli tarkibli to‘qimachilik interer buyumlari uchun xomashyo tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1 PhD/T5398.
Ilmiy rahbar: Gulamov Azamat Eshankulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/2025.27.12.T.21.01
Rasmiy opponentlar: Kadirova Dilfuza Neymatovna, texnika fanlari doktori, professor; Sharipov Jurabek Shomil o‘g‘li, texnika fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: interer buyumlari uchun tabiiy ipak va kimyoviy tarkibli eshilgan iplarni tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ipakchilik klaster tizimida “tut ipak qurti–tayyor mahsulot” zanjirida sifatli pilla etishtirish va xom ipak olish uchun hududlarda rayonlashtirilgan 5 ta duragay pillalarini matematik statistik tahlili asosida yuqori samara beruvchi pilla duragaylari tavsiya etilgan va asoslangan;
chuvish jarayonida pillaning suyuqlik muhitida vertikal yo‘nalishda mexanik va gidrodinamik omillarni hisobga olib, matematik modellashtirish orqali tebranish amplitudasi, chastotasi va ularning ip ajralish jarayoniga ta’siri aniqlanib, chuvish jarayonining ratsional texnologik rejimlarini tanlash imkoniyati yaratilgan;
pillaga chuvish jarayonida murakkab traektoriyali harakatini yuzaga keltiruvchi ta’sir etuvchi tashqi kuchlarni inobatga olib, murakkab harakatni modellashtirish orqali ip ajralish jarayoni parametrlarining ratsional qiymatlari aniqlanib, texnologik rejimlar ishlab chiqilgan;
tabiiy ipak va kimyoviy iplarning mexanik kuchlar ta’sirida deformatsion xususiyatlarini o‘zgarishi eksperimental va nazariy jihatdan tadqiq etish natijalariga asoslanib, aralash eshilgan iplarning ratsional tarkibi va tuzilishi aniqlangan, hamda interer mahsulotlari uchun aralash eshilgan iplarning olish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:Turli tarkibli to‘qimachilik interer buyumlari uchun xomashyo tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
turli tarkibli to‘qimachilik interer mahsulotlari ishlab chiqarish uchun xom ipak olishning texnologik rejimlari Surxondaryo viloyatining “SURXONDARYo AGRO-PILLA” MChJ xususiy pillakashlik korxonasida joriy etilgan («O‘zbekipaksanoat » uyushmasining 2025 yil 23 sentyabrdagi 4-211693-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yuqori sifatli xom ipak olish imkoniyati yaratilgan, pillalarni solishtirma sarfi 5 % ga kamayishiga hamda chuvish dastgohining ish unumdorligi 12 % oshishiga erishilgan, uzilishlar soni 9% kamaygan.