Abdullaev Yashin Baxramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori navli paxtani samarali tozalashda vertikal agregatning ishchi qismlarini takomillashtirish” 05.02.03 - “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnila tizimlari” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5924.
Ilmiy rahbar: Usmanov Xayrulla Saydullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/2025.27.12.T.21.01.
Rasmiy opponentlar: Baxadirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Ibragimov Farxod Xayrulloevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yuqori navli paxtani samarali tozalashda vertikal agregatning ishchi qismlarini takomillashtirish va ularning ratsional qiymatlarini aniqlash asosida agregatning tozalash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tozalash samaradorligini oshirish imkonini beruvchi, vertikal agregatning mayda iflosliklardan tozalash seksiya konstruksiyasi yangi qoziqchali-plankali baraban va to‘rli yuzani ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
qoziqchali-plankali barabanning ta’sir doirasida paxtani qisilishiga ta’sir qiladigan kuchlarni hisobga olgan xolda takomillashtirilgan qoziqchali-plankali baraban parametrlarining qiymatlari aniqlangan;
paxtani mayda iflosliklardan tozalash samaradorligiga takomillashtirilgan qoziqchali-plankali barabanning uzaytirilgan qoziqchalar ta’siring bog‘lanishlari ishlab chiqilgan;
qoziqchali-plankali baraban va to‘rli yuzaning asosiy ko‘rsatkichlari hamda takomillashtirilgan tozalagichning sifat ko‘rsatkichlarining regression modeli kichik kvadratlar usuli yordamida qurilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Paxta xom ashyosini vertikal tozalash usuliga ega bo‘lgan takomillashtirilgan qoziqchali plankali baraban va to‘rli yuzani vertikal agregatga o‘rnatish asosida:
takomillashtirilgan pahta tozalash uskunasi Buxoro viloyati “Buxoro Agroklaster” MChJ ga qarashli “Kogon paxta tozalash” korxonasi va “Zarxal teks” MChJ korxonasining, paxta tozalash bo‘limida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 12-noyabr`dagi № 02/06-2681-sonli ma’lumotnomasi). Natijada vertikal usulda ishlovchi takomillashgan paxta tozadagich ishlab chiqarish sharoitida Buxoro-10, I nav, 1 va 2-sinf paxtani tozalash ko‘rsatkichi 7,3% va 6,5% ga oshishiga, tozlangan paxtada chigitning shikastlanish miqdori 0,2% va 0,25% ga kamayishiga va iflosliklardagi tolali chiqindilarning oshish miqdori mos ravishda 0,02% va 0,03 % kamayishiga erishilgan.