Qo‘zibolaeva Dilnoza To‘xtasinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston sharoitida transport vositalaridan chiqayotgan zaharli gazlarning miqdorini kamaytirish” mavzusida 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5746
Ilmiy rahbar: Xudoyarov Anvar Nazirjonovich - texnika fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat texnika instituti, PhD.03/2025.27.12.T.18.01 
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Ismatov Jumaniez Fayzullaevich, texnika fanlari nomzodi, professor Almataev Tojiboy Orziqulovich.                                                           
Yetakchi tashkilot: “Farg‘ona davlat texnika universiteti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Avtotransport vositalarining dvigatelidan  chiqadigan ishlangan gazlar tarkibidagi uglerod oksidi (CO) va chala yongan uglevodorodlarni (Ch) dvigatelning chiqarish tizimida qayta yondirish evaziga kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobil dvigateli silindrlaridan chiqadigan va chiqarish tizimida qayta yondiriladigan ishlangan gazlarning tarkibi hamda miqdori aniqlangan; 
dvigatelning chiqarish tizimiga o‘rnatiladigan o‘t oldirish svechalari  yordamida ishlangan gazlarni qayta yondirish usuli va moslamasi ishlab chiqilgan;
dvigatelning chiqarish tizimiga o‘t oldirish svechasini o‘rnatib ishlatilishida yonmagan uglevodorodlar (Ch) va uglerod oksidining (CO) miqdorlarini aniqlash modellari yaratilgan;
dvigatelning chiqarish tizimiga o‘rnatiladigan o‘t oldirish svechasining maqbullashtirilgan turi, soni va o‘rnatish chegaralari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston sharoitida transport vositalaridan chiqayotgan zaharli gazlarning miqdorini chiqarish tizimiga o‘t oldirish svechalarining o‘rnatishi evaziga kamaytirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
avtomobil dvigatellarining takomillashtirilgan chiqarish tizimi konstruksiyasi hamda o‘t oldirish svechalarining turi, soni va o‘rnatish chegaralari bo‘yicha ishlab chiqilgan texnik echimlar «O‘zavtosanoat» AJ tarkibidagi «Avtotexxizmat» MChJ va «Mukammal avto servis» MChJlarning amaliy faoliyatiga joriy etilgan («O‘zavtosanoat» AJning 2025 yil 19 sentyabrdagi 17/07-25-1604-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Cobalt» va «Onix» avtomobillari chiqarish tizimiga ikkita uch elektrodli o‘t oldirish svechalarini o‘rnatish hisobiga benzin sarfini o‘rtacha 3,95 foizga kamaytirish hamda avtomobillarning ekspluatatsion samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
dvigatel chiqarish quvurida yonmagan yonilg‘i qoldiqlarini qayta yonishini ta’minlash orqali zaharli gazlar miqdorini kamaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Andijon viloyati boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (2025 yil 26 sentyabrdagi 03-03/1-03/3-9672-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlangan gazlar tarkibidagi uglerod oksidi (CO) miqdorini 1,40 foizga, yonilmagan uglevodorodlarni (Ch) 11,65 foizga va azot oksidlarini (NOx) 0,37 foizga kamaytirish hamda atmosferaga chiqarilayotgan zaharli birikmalarning umumiy miqdorini ikki martagacha qisqartirish imkoni berilgan..

Yangiliklarga obuna bo‘lish