Paluanov Iklasbay Daribaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Endemik mintaqada Hanzen(lepra) kasalligining oldini olish, barvaqt aniqlash,davolash va barqaror elminatsiyasiga erishishning tashkiliy muammolariga zamonaviy yondashuv» 14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sog‘lig‘ini saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3.PhD/Tib3932.
Ilmiy rahbar: Xamraev Atadjan Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,  IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.05.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Pakirdinov Adxamjon Begishevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida Xansen kasalligiga qarshi kurash xizmatining holati va lepraga qarshi tashkiliy yondashuvlari samaradorligini baholash asosida kasallikni barvaqt aniqlash, davolash hamda uning barqaror eliminatsiyasiga erishish tizimini takomillashtirilgan  kompleks tashkiliy-funksional modelini ishlab chiqish va uni ilmiy jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
epidemiologik nazorat va tabaqalashtirilgan skriningni uch bosqichli tizimini (yuqori – >500, o‘rtacha – 100-500, past – <100 har 100 ming aholiga) tashkil qilishda hududlarni endemik xavf darajalari bo‘yicha stratifikatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan; 
Xansen kasaliga chalingan bemorlar bilan yaqin oilaviy va turmush sharoitlarida aloqada bo‘lgan kishilar uchun differensial tekshiruv usuli  Xansen kasalligini dastlabki bosqichlarda aniqlash imkonini berib, kasallikning nogironlikka olib keladigan og‘ir turlarining rivojlanish ehtimolini sezilarli darajada pasaytirishi asoslangan;
Xansen kasalligining etnik va ijtimoiy-demografik jihatdan belgilanuvchi xususiyatlari aniqlanib, maqsadli guruhlarning etnik va ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan profilaktika dasturlarini ishlab chiqish zarurati ilmiy asoslangan;
erta aniqlash tizimi, dispanser kuzatuvi muntazamligini oshirishga yo‘naltirilgan elektron monitoring hamda bemorlarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasini qamrab olgan kompleks tashkiliy-funksional dasturning epidemik xavflarni prognoz qilish va moxovga qarshi tadbirlarni optimallashtirishdagi samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida Xansen kasalligi (lepra) bilan kasallangan bemorlarda klinik, epidemiologik tekshiruvlar orqali kasallikning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, prognozlash va diagnostik usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: epidemiologik nazorat va tabaqalashtirilgan skriningni uch bosqichli tizimini (yuqori – >500, o‘rtacha – 100-500, past – <100 har 100 ming aholiga) tashkil qilishda hududlarni endemik xavf darajalari bo‘yicha stratifikatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 5-oktyabr`da 02-10/14 son bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida Lepra kasalligiga qarshi kurashning 2022-2030-yillarga mo‘ljallangan milliy strategik rejasini amalga oshirish chora tadbirlari” nomli uslubiy tavsiyanoma Respublika ixtisoslashtirilgan Dermatovenerologiya va Kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filialining 2023 yil 25 sentyabrdagi 30n/5-sonli buyrug‘i (Nukus sh.) va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati  filialining 2023 yil 28 oktyabrdagi 84-sonli buyrug‘i (Toshkent sh.) bilan amaliyotga joriy etilgan. (SSVi ilmiy- texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi  №21/41-sonli xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar lepraning hududiy tarqalishini, erta aniqlash va oqibatlarini bashorat qilish imkonini bergan, natijada kasallikning yangi holatlari 23,4%ga kamaygan. Iqtisodiy samaradorligi: hududiy xavf omillari diagnostik mezonlariga kiritilishi leprani erta aniqlashga yordam berib, diagnostikasini takomillashtirishga olib keladi, natijada asoratlar soni 18,7%ga kamayadi, shifoxonada davolanish kunlarini qisqarishiga olib keladi va har bir bemorning 30 kunlik shifoxonaga yotqizilishi uchun o‘rtacha 750000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini bergan, 67 bemor uchun 50250000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: leprani erta diagnostika qilish bir nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini 750000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: Xansen kasaliga chalingan bemorlar bilan yaqin oilaviy va turmush sharoitlarida aloqada bo‘lgan kishilar uchun differensial tekshiruv usuli  Xansen kasalligini dastlabki bosqichlarda aniqlash imkonini berib, kasallikning nogironlikka olib keladigan og‘ir turlarining rivojlanish ehtimolini sezilarli darajada pasaytirishi asoslanganligi  Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 5-oktyabr`da 02-10/14 son bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida Lepra kasalligiga qarshi kurashning 2022-2030-yillarga mo‘ljallangan milliy strategik rejasini amalga oshirish chora tadbirlari” nomli uslubiy tavsiyanoma Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filialining 2023 yil 25 sentyabrdagi 30n/5-sonli buyrug‘i (Nukus sh.) va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati  filialining 2023 yil 28 oktyabrdagi 84-sonli buyrug‘i (Toshkent sh.) bilan amaliyotga joriy etilgan. (SSV ilmiy- texnik kengashining 2025-yil 07-iyul`dagi  №21/41-sonli xulosasi) Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar lepraga genetik moyillikni erta tashxislash va oqibatlarini bashorat qilish sifatini 34,8%ga yaxshilaydi, etnik populyatsiyalarda maqsadli skrining o‘tkazish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: genetik xavf omillari diagnostik prognozlash mezonlariga kiritilishi leprani erta aniqlashga yordam berib, maqsadli skriningni tashkil etishga olib keladi, natijada asoratlar soni 28,9%ga kamayadi, genetik skrining xarajatlarini qisqarishiga olib keladi va har bir skrining uchun o‘rtacha 450000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini bergan, 89 kishi uchun 40050000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: genetik skrining bir nafar hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini 450000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: Xansen kasalligining etnik va ijtimoiy-demografik jihatdan belgilanuvchi xususiyatlari aniqlanib, maqsadli guruhlarning etnik va ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan profilaktika dasturlarini ishlab chiqish zarurati ilmiy asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan  dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 5-oktyabr`da 02-10/14 son bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida Lepra kasalligiga qarshi kurashning 2022-2030-yillarga mo‘ljallangan milliy strategik rejasini amalga oshirish chora tadbirlari” nomli uslubiy tavsiyanoma Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filialining 2023 yil 25 sentyabrdagi 30n/5-sonli buyrug‘i (Nukus sh.) va Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati  filialining 2023 yil 28 oktyabrdagi 84-sonli buyrug‘i (Toshkent sh.) bilan amaliyotga joriy etilgan. (SSV ilmiy- texnik kengashining 2025-yil 07-iyul`dagi  №21/41-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar lepraga qarshi profilaktik tadbirlarni optimallashtirish, resurslarni samarali taqsimlash va epidemik holatni nazorat qilish sifatini 41,2%ga yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: xavf guruhlari bo‘yicha differensial yondashuv profilaktika xarajatlarini 31,8%ga kamaytirishga olib keladi, epidemiologik nazorat samaradorligini saqlab qolgan holda har bir hudud uchun o‘rtacha 1200000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini bergan, 14 hudud uchun 16800000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: differensial epidemiologik nazorat bir hudud hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini 1200000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: erta aniqlash tizimi, dispanser kuzatuvi muntazamligini oshirishga yo‘naltirilgan elektron monitoring hamda bemorlarning tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiyasini qamrab olgan kompleks tashkiliy-funksional dasturning epidemik xavflarni prognoz qilish va moxovga qarshi tadbirlarni optimallashtirishdagi samaradorligi isbotlangan. Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 5-oktyabr`da 02-10/14 son bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida Lepra kasalligiga qarshi kurashning 2022-2030-yillarga mo‘ljallangan milliy strategik rejasini amalga oshirish chora tadbirlari” nomli uslubiy tavsiyanoma Respublika ixtisoslashtirilgan Dermatovenerologiya va Kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filialining 2023 yil 25 sentyabrdagi 30n/5-sonli buyrug‘i (Nukus sh.) va Respublika ixtisoslashtirilgan Dermatovenerologiya va Kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati  filialining 2023 yil 28 oktyabrdagi 84-sonli buyrug‘i (Toshkent sh.) bilan amaliyotga joriy etilgan. (SSV ilmiy- texnik kengashining 2025-yil 07-iyul`dagi №21/41-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan ma’lumotlar leprani kompleks boshqarish, bemorlarning hayot sifatini 36,7%ga yaxshilash va kasallik qaytalanish chastotasini 2,6%gacha kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: integrativ boshqaruv tizimi diagnostika vaqtini 0,9±0,5 yilgacha qisqartirib, dispanser kuzatuvi samaradorligini 92,6%ga oshirish orqali kasallik asoratlarini kamaytirishga olib keladi va har bir bemorning uzoq muddatli davolanishi uchun o‘rtacha 2500000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini bergan, 124 bemor uchun 310000000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: leprani kompleks boshqarish bir nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini 2500000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish