To‘ychiev Otabek Dilshod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nelicobacter pylori assotsiirlangan qizilo‘ngach saratonini tashxislash o‘ziga xosliklari va davolash natijalari» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4593.
Ilmiy rahbar: Yusupbekov Abrorjon Axmedjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.15.01.
Rasmiy opponentlar: Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimov Mirvosit Mirvosiqovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston Respublikasi Milliy onkologiya ilmiy markazi (Qozog‘iston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: H.Pylori assotsiirlangan qizilo‘ngach saratoni bilan bemorlarni jarroxlikdan keyingi davrda davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
CagA geni musbat bo‘lgan Helicobacter pylori shtammlari qizilo‘ngach saratoni bemorlarida jarrohlikdan keyin yuqori virulentlik va antibiotiklarga yuqori chidamlilik sababli gastrotransplantat mikrobiotsenozini buzuvchi va bemorlarni xayot sifatini pasaytiruvchi asosiy omil ekanligi isbotlangan;
Helicobacter pylori bilan bog‘liq qizilo‘ngach saratoni bemorlarida jarrohlikdan keyin eradikatsion davoni qo‘llash infeksiyani eliminatsiya qilish va yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirish hisobiga hayot sifatiga salbiy ta’sir qiluvchi to‘sh ortidagi og‘riq, anoreksiya va gastrostazni kamaytirishi isbotlangan;
Helicobacter pylori antibiotiklarga rezistent shtammlarini erta identifikatsiya qilish va qizilo‘ngach saratoni bemorlarini davolash taktikasini maqsadli tanlash hisobiga samarasiz antibiotiklarni qo‘llashning oldi olinishi asoslangan;
ishlab chiqilgan Helicobacter pylori assotsirlangan qizilo‘ngach saratonini tashxislash va davolash algoritmini qo‘llash jarroxlikdan keyingi davrda bemorlar hayot sifatini yaxshilashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 – yil 15 – fevraldagi 12/26-son qaroriga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: qizilo‘ngach saratoni bo‘lgan bemorlarda jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda yuqori virulentlik va antibiotiklarga yuqori chidamlilik sababli gastrotransplantat mikrobiotsenozini buzuvchi va bemorlarning xayot sifatini tushiruvchi asosiy omil bu CagA geni musbat bo‘lgan Helicobacter pylori shtammlari ekani aniqlandi va ayni shtammlarni erta aniqlash va ularga qarshi personallashtirilgan davo choralari 2024 yil 25 martdagi №16i buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologi va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali va 2024 yil 14 martdagi №40 buyruq bilan ushbu markazning Buxoro filiali klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: H.pylori bilan assotsirlangan qizilo‘ngach saratonini erta tashxislash algoritmini joriy etish kasallik bosqichini aniqroq belgilash, davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash va asossiz jarrohlik aralashuvlarining oldini olish imkonini berdi, bu esa bemorlarning hayot sifati yaxshilanishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: qizilo‘ngach saratonida ishlab chiqilgan tashxislash va davolash algoritmini qo‘llash, infeksiyaning ayni patogen shtammlariga qarshi kurash natijasida davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash va asossiz jarrohlik amaliyotlarini oldini olish hisobiga byudjet mablag‘larini 14,7% gacha tejash imkoni yaratildi. Xulosa: CagA geni musbat bo‘lgan Helicobacter pylori shtammlari qizilo‘ngach saratoni bo‘lgan bemorlarda jarrohlikdan keyingi davrda bemorlarni xayot sifatini tushiruvchi asosiy omil ekanligi isbotlanib, ayni virulent shtammlarni selektiv davolash choralarini ko‘rish zarurati asoslandi. Tashxislash va davolash algoritmidan foydalanish davo samaradorligini oshiradi, ayniqsa jarrohlik aralashuvlaridan keyin hayot sifatini yaxshilaydi hamda g‘azna mablag‘larini 14,7% gacha tejash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: Helicobacter pylori bilan bog‘liq qizilo‘ngach saratoni bo‘lgan bemorlarda jarrohlikdan keyingi davrda eradikatsion terapiyani qo‘llash infeksiyani eliminatsiya qilish va yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirish hisobiga hayot sifatiga salbiy ta’sir qiluvchi to‘sh ortidagi og‘riq, anoreksiya va gastrostazni 40%ga kamaytirishi isbotlanganligi 2024 yil 25 martdagi №16i buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologi va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali va 2024 yil 14 martdagi №40 buyruq bilan ushbu markazning Buxoro filiali klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: H.pylori bilan assotsirlangan qizilo‘ngach saratoni bo‘lgan bemorlarda jarroxlikdan keyingi davrda eradikatsion terapiyani qo‘llash hayot sifatini pasaytiradigan simptomlar chastotasini 40% ga kamaytirdi, shuningdek og‘ir jarrohlik aralashuvlaridan keyin reabilitatsiya va mehnat faoliyatini erta tiklanish ko‘rsatkichlarini yaxshiladi. Iqtisodiy samaradorligi: eradikatsion davo faqat H.pylori bilan assotsirlangan qizilo‘ngach saratoni mavjud bemorlarga selektiv tarzda tayinlash kontaminatsiyalanmagan bemorlarda antibiotiklar va gastroprotektorlarni asossiz qo‘llashning oldini oldi. Shuningdek, hayot sifati yaxshilanishi hisobiga bemorlarning ijtimoiy faolligi ertaroq tiklanib, mahalliy hokimiyat g‘azna mablag‘larini tejash imkoniyati yaratildi. Xulosa: klaritromisin qo‘llangan eradikatsion terapiyaning jarroxlikdan keyingi reabilitatsiya davrida bemorlar hayot sifatini oshirishdagi samaradorligi isbotlandi. Ushbu usul simptomlar chastotasini 40% ga kamaytirish, erta reabilitatsiyani yaxshilash hamda davlat xarajatlarini 12,5% ga qisqartirish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: Helicobacter pylori infeksiyasining antibiotiklarga rezistent shtammlarini erta identifikatsiya qilish va davolash taktikasini maqsadli tanlash hisobiga 19,5% hollarda samarasiz antibiotiklarni qo‘llashning oldi olinishi 2024 yil 25 martdagi №16i buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologi va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali va 2024 yil 14 martdagi №40 buyruq bilan ushbu markazning Buxoro filiali klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: davolashdan oldin shtammlar rezistentligini aniqlash 19,5% bemorda samarasiz antibiotiklarni qo‘llashning oldini oldi. Shu tariqa, har beshinchi bemorda klaritromisinga rezistent shtamm mavjud ekani aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi: H.pylori shtammlarining sezgirligini aniqlash usuli har beshinchi bemorda nooqilona antibiotikoterapiyadan qochish imkonini berdi va 19,5% holatda takroriy eradikatsion terapiya o‘tkazish zaruratini bartaraf etdi. Bu dori vositalariga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirib, bemorlarning hayot sifatini yaxshiladi. Xulosa: H.pylori shtammlarining antibiotiklarga sezgirligini aniqlash eradikatsion davo natijalarini 19,5% bemorda yaxshilab, rezistent shtammlarga mos davolashni tayinlash, hayot sifatini oshirish va jarroxlikdan keyingi reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan algoritmni Helicobacter pylori infeksiyasini tashxislash va eliminatsiyasiga erishish orqali tashxis samaradorligini 77,2%dan 96,5%gacha va davolash natijalarini 83,2%dan 97,7%gacha oshirishi va buni natijasida jarroxlikdan keyingi reabilitatsiya davrini qisqartirishi isbotlanganligi 2024 yil 25 martdagi №16i buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologi va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali va 2024 yil 14 martdagi №40 buyruq bilan ushbu markazning Buxoro filiali klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan algoritm qo‘llanilishi natijasida tashxisot aniqligi 77,2% dan 96,5% gacha, davolash usulini to‘g‘ri tanlash esa 83,2% dan 97,7% gacha oshdi. H.pylori infeksiyasi bilan kontaminatsiyani o‘z vaqtida aniqlash jarroxlikdan keyingi reabilitatsiya dasturini munosib rejalashtirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: tashxisot, nutritiv holatni baholash va davolash algoritmini qo‘llash har bir asossiz davolangan holat bo‘yicha davlat g‘aznasi hisobidan o‘rtacha 5,23 million so‘m tejash imkonini yaratdi. Xulosa: ushbu algoritm tashxisot xatolari chastotasini 22,8% dan 3,5% gacha kamaytirish, H.pylori bilan assotsirlangan qizilo‘ngach saratoni bo‘lgan bemorlarda davolash natijalarini yaxshilash, asossiz jarrohlik aralashuvlari va ximioterapiyalarni qisqartirish samaradorligini isbotladi. Natijada bemorlar hayot sifati yaxshilanib, har bir asossiz davolangan bemor hisobiga 5,23 million so‘m mablag‘i tejaldi.