Yunusova Zarnigor Maksadovnaning 
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Differensiallashmagan biriktiruvchi tukima displaziyasi fonida xomiladorlikni olib borish taktikasini optimallashtirish» mavzusidagi 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya, 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4818.
Ilmiy raxbarlar: Xudoyarova Dil`dora Raximovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.17.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shavazi Nargiz Nuralievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Aliaxunova Mavjuda Yusupaxunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqot maqsadi biriktiruvchi to‘qimaning differensiallashmagan displaziyasi bo‘lgan ayollarda homiladorlikni olib borish taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagani displaziyasi mavjud homiladorlarda kasallikning o‘ziga xos klinik belgilar uchrashi xamda akusherlik asoratlari nazorat guruhiga nisbatan sezilarli yuqoriligi (istmiko-servikal etishmovchilik-21,5%, homila tushish xavfi-32,3%, qog‘onoq pardasining muddatidan oldin yorilishi-16,1%, muddatidan oldingi tug‘ruq- 26,9%, tug‘ruq faoliyatining sustligi-19,4% va tug‘ruqdan keyingi qon ketishlar-32,3% (P<0,05) aniklangan;
ilk bor biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagani displaziyasi  bo‘lgan xomiladorlarda makroelementlar tanqisligida katabolik markerlarning (oksiprolin, gialuronidaza) ko‘payishi natijasida o‘z-o‘zidan homila tushishi chastotasining ortishi (r=-0,55+0,70) xamda homila vaznining kamayishi (r=-0,74) orasida korellyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
ilk bor differensiallashmagan biriktiruvchi to‘qima displaziyasi bo‘lgan homilador ayollarda gemostaz tizimidagi sezilarli buzilishlar  kompensator giperfibrinogenemiya fonida gipokoagulyasiya holatini rivojlanishi va III trimestrga kelib giperkoagulyasiyaga o‘tishi aniqlangan; 
biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagan displaziya negizidagi xomiladorlikda  asoratlar sonini kamaytirish maqsadida magniy, Sa va C vitaminini qo‘llash orqali klinik va metabolik samaradorlikka erishilganligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Biriktiruvchi to‘qima displaziyasi mavjud yurak ritmi buzilgan bemorlarda yurak-qon tomir tizimi va endoteliy funksiyasining holati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2026 yil 05 mart 04\14-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagani displaziyasi mavjud homiladorlarda kasallikning o‘ziga xos klinik belgilar uchrashi xamda akusherlik asoratlari nazorat guruhiga nisbatan sezilarli yuqoriligi (istmiko-servikal etishmovchilik-21,5%, homila tushish xavfi-32,3%, qog‘onoq pardasining muddatidan oldin yorilishi-16,1%, muddatidan oldingi tug‘ruq- 26,9%, tug‘ruq faoliyatining sustligi-19,4% va tug‘ruqdan keyingi qon ketishlar-32,3% (P<0,05) aniklangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2025 yil 5 noyabrdagi 3-soni bilan tasdiqlangan “Biriktiruvchi to‘qimaning differensiallashmagan displaziyasi fonida homiladorlikning klinik va metabolik xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shaxar 1son tug‘rik majmuasiga 2026 yil 10 yanvardagi 7-sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali 2026 yil 10 yanvardagi 20-u -sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2026 yil 05 mart 04\14-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagani displaziyasi fonidagi xomiladorlik uchrash chastotasi va kechishining o‘ziga xos klinik xususiyatlar aniqlandi va erta tashxislash mezonlari ishlab chiqildi. Bu chora – tadbirlar ayollarda xomiladorlik natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkonini yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikni erta tashxislash natijasida asoratlar va shifokorga murojaatlar soni kamaytirilganligi xisobida davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagani displaziyasi  bo‘lgan xomiladorlarda makroelementlar tanqisligida katabolik markerlarning (oksiprolin, gialuronidaza) ko‘payishi natijasida o‘z-o‘zidan homila tushishi chastotasining ortishi (r=-0,55+0,70) xamda homila vaznining kamayishi (r=-0,74) orasida korellyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2025 yil 5 noyabrdagi 3-soni bilan tasdiqlangan “Biriktiruvchi to‘qimaning differensiallashmagan displaziyasi fonida homiladorlikning klinik va metabolik xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shaxar 1son tug‘rik majmuasiga 2026 yil 10 yanvardagi 7-sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali 2026 yil 10 yanvardagi 20-u -sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2026 yil 05 mart 04\14-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xomilador ayollarda kasallikni erta tashxislashni takomillashtirish, profilaktik chora-tadbirlarni optimallashtirish orqali ularning hayot sifati yaxshilangan, xomiladorlik asoratlari uchrash chastotasi kamaytirilgan va tibbiy yordam sifatini oshirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: qo‘shimcha tadqiqotlar uchun xarajatlarni xamda boshqa qimmat diagnostika muolajalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish bilan ifodalanadi va ginekologiya va akusherlik bo‘limida har bir bemorning bir kunlik davolanishiga davlat tomonidan sarflangan mablag‘ 180600 so‘m tejalgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor differensiallashmagan biriktiruvchi to‘qima displaziyasi bo‘lgan homilador ayollarda gemostaz tizimidagi sezilarli buzilishlar  kompensator giperfibrinogenemiya fonida gipokoagulyasiya holatini rivojlanishi va III trimestrga kelib, giperkoagulyasiyaga o‘tishi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2025 yil 5 noyabrdagi 3-soni bilan tasdiqlangan “Biriktiruvchi to‘qimaning differensiallashmagan displaziyasi fonida homiladorlikning klinik va metabolik xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shaxar 1son tug‘rik majmuasiga 2026 yil 10 yanvardagi 7-sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali 2026 yil 10 yanvardagi 20-u -sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2026 yil 05 mart 04\14-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagan displaziyasining negizida xomiladorlik bo‘lgan ayollarda gemostaz tizimidagi sezilarli buzilishlar bashoratlash,  klinik-laborator ko‘rsatkichlar orasida bog‘liqlikni belgilash natijasida xomiladorlik rivojlanishi va kechishi boshqarish va asoratlarini oldini olishga, xamda bola tushishi va rivojlanmay qolishini pasaytirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan tekshirish usulni amaliyotga joriy etilishi xomiladorlik kechishini oldindan bashorat etish imkonini beradi va uning oqibati natijasida kelib chikishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytiradi  va shular xisobiga davlat tomonidan sarflangan mablag‘lar iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagan displaziya negizidagi xomiladorlikda  asoratlar sonini kamaytirish maqsadida magniy, Sa va C vitaminini qo‘llash orqali klinik va metabolik samaradorlikka erishilganligi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2025 yil 05 noyabrdagi 3-soni bilan tasdiqlangan “Biriktiruvchi to‘qimaning differensiallashmagan displaziyasi fonida homiladorlikning klinik va metabolik xususiyatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand shaxar 1son tug‘rik majmuasiga 2026 yil 10 yanvardagi 7-sonli buyrug‘i bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyati filiali 2026 yil 10 yanvardagi 20-u -sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2026 yil 5 mart 04\14-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan tashxis va davolash-profilaktika algoritmlaridan foydalanish homiladorlikni boshqarish samaradorligini oshirish, asoratlar chastotasini kamaytirish va differensiallashmagan biriktiruvchi to‘qima displaziyasi (DBTD) belgilari bo‘lgan ayollarda perinatal natijalarni yaxshilash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: noto‘g‘ri tayinlangan terapiyalar sonini va qo‘shimcha diagnostik muolajalarga bo‘lgan ehtiyojlarni kamaytirishga asoslangan xamda kasallikning prognozini yaxshilashga, hayot sifatini oshirishga va akusherlik asoratlarining oldini olishga yordam beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish