Jo‘raeva Gulshodaxon Ibroximjon qizining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
“Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy erudisiyani shakllantirish texnologiyalari (pedagogika nazariyasi va tarixi fani misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped9820
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Abdusamiev Dilmurod Abdug‘ani o‘g‘li.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rstayotgan muassasa nomi, IKraqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD 01/2025.27.12.Ped.05.01 .
Rasmiy opponentlar: Halimova Mashraboy Vahidovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Alijonova Maxbuba Rustamjonovna, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti O‘zbek tili, pedagogika va jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri pedagogika fanlari doktori (DSc) dotsent. Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy erudisiyani “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fanini o‘qitish asosida shakllantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy erudisiyani shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari talabalarda kasbiy-psixologik pozisiyani barqarorlashtiruvchi perseptiv qobiliyatni refleksiv jarayonda mini qo‘sh ta’lim ustuvorligida rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy erudisiyani shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari talabalarni kasbiy amaliyotga intensiv tayyorlovchi polistruktural jarayonni muntazamlilik va intensiv-kreativlik barqarorligida modellashtirish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarda kasbiy erudisiyani shakllantirishning texnologik modeli pedagogik jarayonning diagnostik, amaliy, reflektiv funksiyalarini ta’lim oluvchilar uchun mustaqil topshiriqlar bilan didaktik optimallashuvini ta’minlovchi shaxsiy rivojlanish dasturini differensial muhitda qo‘llash yordamida ochib berilgan;
talabalarda kasbiy erudisiyani shakllantirishning W5 texnologiyalari yumshoq (soft skills) va qattiq (hard skills) ko‘nikmalarni egallash intervalini qisqartiruvchi akademik-organayzerlarni akmeologik-motivatsiya elementlari bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy erudisiyani shakllantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy erudisiyani shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari talabalarda kasbiy-psixologik pozisiyani barqarorlashtiruvchi perseptiv qobiliyatni refleksiv jarayonda mini qo‘sh ta’lim ustuvorligida rivojlantirish asosida olingan materiallardan “Pedagogika tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligini 2022 yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida berilgan №233-0313 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy erudisiyani shakllantirishning konseptual asoslari, pedagogik shart-sharoitlari va metodik imkoniyatlarini amaliyotda qo‘llashga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy erudisiyani shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari talabalarni kasbiy amaliyotga intensiv tayyorlovchi polistruktural jarayonni muntazamlilik va intensiv-kreativlik barqarorligida modellashtirish asosida aniqlashtirilga oid tavsiyalardan “Pedagogika tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligini 2022 yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida berilgan №233-0313 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy erudisiyasini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari talabalarni kasbiy amaliyotga intensiv tayyorlash imkoniyatlari nazariy asoslangan.
bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy erudisiyani shakllantirishning texnologik modeli pedagogik jarayonning diagnostik, amaliy, reflektiv funksiyalarini talabalar uchun mustaqil topshiriqlar bilan didaktik optimallashuvini ta’minlovchi shaxsiy rivojlanish dasturini differensial muhitda qo‘llash asosida takomillashtirilga oid tavsiyalardan “Pedagogika tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligini 2022 yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida berilgan №233-0313 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, kasbiy erudisiyani shakllantirishning didaktik shart-sharoitlari aniqlashtirilgan.
talabalarda kasbiy erudisiyani shakllantirishning W5 texnologiyalari yumshoq va qattiq ko‘nikmalarni egallash intervalini qisqartiruvchi akademik-organayzerlarni akmeologik-motivatsiya elementlari bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilga doir tavsiyalardan 2022-2023-yillarda bajarilgan I-203-4 raqamli O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar nomoddiy milliy merosini rivojlantirish sho‘basi tomonidan o‘zbek xalqining boy milliy til an’analari, nomoddiy madaniy merosi, ijtimoiy qadriyatlarimizning millatlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va aloqalarni mustahkamlash borasida tuzilgan “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish” nomli fundamental loyiha doirasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 4-fevraldagi №02-14-06-867 son ma’lumotnomasi). Natijada, kasbiy erudisiyani shakllantirishning yangicha pedagogik texnologiyalari talabalarning imkoniyatlaridan kelib chiqib qayta moslashtirishga oid nazariy asoslari ishlab chiqilgan.