Tadjibaev Eldar Eshkulovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kreativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlari”. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped11282
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.10.03
Rasmiy opponentlar: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) Xodjaev Begzod Xudoyberdievich; Farg‘ona davlat universiteti dotsenti, pedagogika fanlari doktori (DSc) Narkabilova Gulnoza Pulatovna.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kreativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari kreativ ta’limning konseptual asoslari va ergonopedagogik xususiyatlariga muvofiq tarzda mazkur jarayon tuzlimasiga xos motivatsion, kognitiv va regulyativ komponentlarni funksional bog‘liqlikda kiritish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning tizimli-funksional modelining mazmunli-jarayonli komponenti kreativ ta’limning didaktogen imkoniyatlarini kelejak pedagogi imijiga xos “universal” va “maxsus” kompetensiyalar bo‘yicha kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning texnologik mexanizmi ijodiy-pedagogik tafakkurga xos dialektik va sinergetik jarayonlarning birligi va shartlanganligini ta’minlashga qaratilgan kreativ o‘quv muhitining pozision ta’sirini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi shartlari kasb standartiga muvofiq ravishda jarayonni diagnostik, formativ va summativ baholashga doir diagnostik vositalarning validligi va maqbullik darajasi korrelyasiyasini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kreativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini kreativ ta’limning konseptual asoslari va ergonopedagogik xususiyatlariga muvofiq tarzda mazkur jarayon tuzlimasiga xos motivatsion, kognitiv va regulyativ komponentlarni funksional bog‘liqlikda kiritish orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan pedagogika va boshlang‘ich ta’lim yoʻnalishlari uchun “Pedagogik mahorat” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 2026-yil 3-fevralda berilgan 5271-9769-a529-bb4a-ebc8-6723-4199-raqamli ma’lumotnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir o‘quv materiallarini tizimlashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning tizimli-funksional modelining mazmunli-jarayonli komponentini kreativ ta’limning didaktogen imkoniyatlarini kelejak pedagogi imijiga xos “universal” va “maxsus” kompetensiyalar bo‘yicha kengaytirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Andijon davlat pedagogika institutida bajarilgan “Yangi avlod darsliklari asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash metodikasini ishlab chiqish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 19-martdagi 11-05-1584/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy-amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishning innovatsion modellarini loyihalashga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning texnologik mexanizmini ijodiy-pedagogik tafakkurga xos dialektik va sinergetik jarayonlarning birligi va shartlanganligini ta’minlashga qaratilgan kreativ o‘quv muhitining pozision ta’sirini hisobga olish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan pedagogika va boshlang‘ich ta’lim yoʻnalishlari uchun “Pedagogik mahorat” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 2026-yil 3-fevralda berilgan 5271-9769-a529-bb4a-ebc8-6723-4199-raqamli ma’lumotnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning texnika va usullarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi shartlarini kasb standartiga muvofiq ravishda jarayonni diagnostik, formativ va summativ baholashga doir diagnostik vositalarning validligi va maqbullik darajasi korrelyasiyasini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2026-yil 19-martdagi 11-05-1584/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning diagnostik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.