Ro‘zimurodova Zarifa G‘afurovnaning 

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
“Tohir malikning “Shaytanat” asari inglizcha tarjimasiga xos xususiyatlar”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2778
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Kasimova Ra’no Raxmatulloevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Turon universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.39.01 
Rasmiy opponentlar: Xalilova Shahlo Jalilovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent., Qarshiboeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Tohir Malikning “Shaytanat” asari inglizcha tarjimasida milliy-madaniy xususiyatlar va muallif uslubining tarjimada qayta yaratilishi bilan bog‘liq jihatlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
badiiy tarjimaning tarixiy-nazariy taraqqiyot bosqichlarini umumlashtirish asosida tarjima jarayonida asliyat matni xususiyatlarini saqlashda substitusiya, transpozisiya va eksplikatsiya kabi transformatsiya shakllarining o‘rni  dalillangan;
tarjima jarayonida “muallif fenomeni”ni saqlash maqsadida Tohir Malik uslubini namoyon etadigan so‘z va jumlalar, sintaktik birliklar, jumladan, epigraf, hikmatli so‘zlar, din va falsafaga oid leksemalarni ingliz tiliga o‘girishning umumiy qonuniyatlari hamda “o‘zbek adibining o‘zbek tarjimonlari” uslubiga xos  individual xususiyatlar qiyosiy tahlillar orqali ochib berilgan; 
“Shaytanat” asaridagi lisoniy va sintaktik birliklarning ingliz tilida berilishi, frazeologik birliklarni o‘girishning konnotativ-pragmatik imkoniyatlari, ularni semantik muqobillari orqali kitobxonga etkazilish mexanizmlari va bunda tarjimonlar jamoasining imkoniyatlari konkret tahlil va misollar, faktlar orqali ilmiy yoritilgan; 
“Shaytanat” asarining o‘zbek tarjimonlari amalga oshirgan inglizcha tarjimasida madaniyatlararo ayirmalarning idrok etilishi, milliy olam manzarasini ifodalaydigan lisoniy elementlar(laqablar, diniy tushunchalar, urf-odatlar, irimlar va h.k.)ning kontekstual darajada berilgani, mazmuniy-ifodaviy jihatdan murakkab badiiy matnni qayta yaratishda tarjimonlarning muallif bilan "teng maqom"ga yaqinlashganliklari, yuksak mahoratga ega ekanliklari  aniq tahlillar, misollar asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tohir Malik “Shaytanat” asari inglizcha tarjimasiga xos xususiyatlarning ifodalanishi bilan bog‘liq jihatlarni ochib berish, ularni manba tildan tarjima tiliga o‘girish masalalarini tahlil qilish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
jahon tarjimashunosligining ilmiy-tarixiy asoslari, tarjimashunoslik maktablarining taraqqiyotiga sabab bo’lgan ijtimoiy-madaniy omillar, tarjimashunoslikning mustaqil fan sifatida rivojlanishi, tarjima transformatsiyalari va ularning spesifikasi, badiiy tarjimaning mazmuni, xususiyati va asosiy jihatlari, badiiy tarjima turlari, jumladan, bevosita badiiy tarjimaning shartlariga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017–2021- yillarda bajarilgan “OT-FI-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7-jild) chop etish” nomli davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan. Natijada tarjima jarayonida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish yo‘llari aniqlangan;
Tohir Malik badiiy ijodiga oid tanqidiy qarashlar va  yozuvchi uslubining tarjimada ifodalanishi, “Shaytanat” asaridagi stilistik vositalarning ingliz tiliga o‘girilish masalalariga oid xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021–2023- yillarda amalga oshirilgan SUZ-800-21GR-381 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro innovatsion loyihada foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 10-oktyabr  № 03/3226-son ma’lumotnomasi). Natijada asar kompozisiyasida laqablarning ahamiyati hamda ularning tarjimada ifodalanish yo‘llarini yoritish imkoniyati yuzaga kelgan;
kompozisiya, konfilikt, badiiy psixoanaliz masalalari, yozuvchining xarakter yaratish mahorati, asar kompozisiyasida laqablarning ahamiyati, ularning tarjimada ifodalanish yo‘llari Tohir Malikning “Shaytanat”asari asliyati va tarjimalari qiyosiga doir xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokanalining “Assalom Buxoro”,” Adabiy muhit” teledasturlarida, “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasi 2025-yil 25- apreldagi №01-09-84-son ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish