Azimov Sanjar Samadovichning pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (pedagogika fanlari): “Raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi ” 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Ped1051
Ilmiy maslahatchi: Qahhorov Siddiq Qahhorovich pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti,
PhD. 03/2025.27.12.Ped.08.04
Rasmiy opponentlar: Yodgorov Nodir Djalolovich, pedagogika fanlari doktori(DSc), professor; Kamolov Iftixor Baxtiyorovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor;Mamarajabov Mirsalim Elmirzaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor;
Yetakchi tashkilot:Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning strategik tuzilmasi komponentlari “motivatsion-qadriyatli”, “kognitiv-operatsion”, “raqamli-ijodiy” va “refleksiv-prognostik” raqamli san’at sintezi paradigmasiga asoslangan andragogik va aksiologik yondashuvlar hamda sun’iy intellekt texnologiyasining integratsiyasi imkoniyatlarini belgilash orqali aniqlashtirilgan;
talabalarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning didaktik ta’minoti mazmuni o‘quv jarayonidagi “raqamli ijodiy laboratoriya” muhitida akademik mahorat va vizual-raqamli texnologiyalarni qo‘llashda ularning “yashirin imkoniyatlari”ni yuzaga chiqaruvchi strategik resurslarni belgilash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi "Evristik loyihalash" va "Intellektual monitoring" paradigmalarini talabalarning ijodiy-loyihaviy faoliyati (rejalashtirish, kreativlik, mas’uliyat) muammoli vaziyatlarni kouching-texnologiyalari vositasida transformatsiya qilish hamda keys-stadi metodi orqali badiiy echimlarni algoritmlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning struktur-funksional modeli mutaxassislik fanlari bo‘yicha "innovatsion-kreativ mahsulot" yaratishga yo‘naltirilgan maqsadli-strategik, metodologik-integrativ va natijaviy-prognostik bloklarning o‘zaro determinantligiga ko‘ra talaba kreativligini baholovchi sinergetik samaradorlikni ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini baholashning ko‘p qirrali (multifaktorli) diagnostik tizimi talabaning shaxsiy-kasbiy traektoriyasini monitoring qilish imkonini beruvchi raqamli indikatorlar, motivatsion-qamrovli, kognitiv-analitik, integrativ-dinamik va kreativ-prognostik mezonlarning (adaptiv-boshlang‘ich, funksional-o‘rta, professional-rivojlangan va akmeologik-yuqori) sinergetik zanjirini transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. oliy ta’lim muassasalarida raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yisha olingan natijalar asosida:
talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning strategik tuzilmasi komponentlari “motivatsion-qadriyatli”, “kognitiv-operatsion”, “raqamli-ijodiy” va “refleksiv-prognostik” raqamli san’at sintezi paradigmasiga asoslangan andragogik va aksiologik yondashuvlar hamda sun’iy intellekt texnologiyasining integratsiyasi imkoniyatlarini belgilash orqali aniqlashga oid tavsiyalari “Akademik rangtasvir” va “Chizmatasvir” nomli o‘quv qo‘llanmalari mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-sonli buyrug‘i, Guvohnoma raqami 491496 va 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i, Guvohnoma raqami 398177). Natijada, mazkur yondashuvlar asosida “Akademik rangtasvir” va “Chizmatasvir” fanlarini o‘qitish jarayoniga raqamli san’at elementlari, sun’iy intellekt texnologiyalari va innovatsion pedagogik metodlarni integratsiya qilish orqali ta’lim samaradorligi sezilarli darajada oshirilgan;
talabalarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning didaktik ta’minoti mazmuni o‘quv jarayonidagi “raqamli ijodiy laboratoriya” muhitida akademik mahorat va vizual-raqamli texnologiyalarni qo‘llashda ularning “yashirin imkoniyatlari”ni yuzaga chiqaruvchi strategik resurslarni belgilash asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar asosida “Rangshunoslik va kompozisiya asoslari” o‘quv qo‘llanmasi tayyorlangan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-sonli buyrug‘i, Guvohnoma raqami 491497). Natijada, talabalarning akademik mahorati va vizual-raqamli texnologiyalardan foydalanish kompetensiyalari, ijodiy salohiyati, mustaqil fikrlash qobiliyati hamda badiiy tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik mexanizmlar samarali joriy etilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi "Evristik loyihalash" va "Intellektual monitoring" paradigmalarini talabalarning ijodiy-loyihaviy faoliyati (rejalashtirish, kreativlik, mas’uliyat) muammoli vaziyatlarni kouching-texnologiyalari vositasida transformatsiya qilish hamda keys-stadi metodi orqali badiiy echimlarni algoritmlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Muhandislik kompyuter grafikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i, 438230 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning mustaqil va tahliliy fikrlashini kuchaytirish, raqamli grafika vositalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoni muayyan darajada oshgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning struktur-funksional modeli mutaxassislik fanlari bo‘yicha "innovatsion-kreativ mahsulot" yaratishga yo‘naltirilgan maqsadli-strategik, metodologik-integrativ va natijaviy-prognostik bloklarning o‘zaro determinantligiga ko‘ra talaba kreativligini baholovchi sinergetik samaradorlikni ta’minlash orqali takomillashtirishga oid takliflar asosida “Rangshunoslik va kompozisiya asoslari”nomli darslik yaratilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-sonli buyrug‘i, 485-021 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasi, kreativ fikrlash qobiliyati va raqobatbardoshligi sezilarli darajada oshirilib, ularni zamonaviy ta’lim muhitida samarali faoliyat yuritishga tayyorlash ta’minlangan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini baholashning ko‘p qirrali (multifaktorli) diagnostik tizimi talabaning shaxsiy-kasbiy traektoriyasini monitoring qilish imkonini beruvchi raqamli indikatorlar, motivatsion-qamrovli, kognitiv-analitik, integrativ-dinamik va kreativ-prognostik mezonlarning (adaptiv-boshlang‘ich, funksional-o‘rta, professional-rivojlangan va akmeologik-yuqori) sinergetik zanjirini transformatsiyalash asosida takomillashtirilga oid ilmiy tavsiya va takliflar asosida “60110500-Tasviriy san’yat va muhandislik grafikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazing 2026-yil 26-martdagi 02/01-01-194-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning mustaqil faoliyatini rag‘batlantirish, individual rivojlanish yo‘nalishini aniqlash hamda zamonaviy raqamli va interaktiv texnologiyalardan samarali foydalanishga imkon beruvchi metodika mazmunini takomillashtirishga erishilgan.