To‘xtaeva Mehrigul Ashurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mitral teshik stenozi bo‘lgan homilador ayollarda homiladorlik va tug‘ruqni olib borishning zamonaviy jihatlari” 14.00.01 — Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.RhD/Tib3700.
Ilmiy rahbar: Tuksanova Dilbar Ismatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Nilufar Nabijonovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gaffarova Feruza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
 Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mitral teshik stenozi bo‘lgan homilador ayollarda miokard funksiyasining moslashish qobiliyatini bashorat qilish orqali homiladorlik va tug‘ruqni olib borishni  optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatik genezli  mitral stenoz mavjud homiladorda I trimestridan boshlab revmatik omillar va S-reaktiv oqsil biomarkyorining statistik ishonchli oshishi va markaziy gemodinamika (hajm fraksiyasining kamayishi, umumiy periferik tomir qarshiligining oshishi) va platsentar perfuziyaning pasayishi miokardning moslashuvchanlik qobiliyati buzilishlarini erta markyorlari ekanligi isbotlangan;  
kardiogemodinamikadagi o‘zgarishlar (oxirgi diastolik hajm va fraksion hajmning kamayishi, oxirgi sistolik hajmning oshishi), bachadon va kindik arteriyalarida sistolik-diastolik nisbat, rezistentlik indeksi, shuningdek, S-reaktiv oqsil miqdorining ortishi bilan birga yurak zarb indeksining pasayishi xomiladorlik va tug‘ruq davrida qon aylanishining buzilishi kabi asoratlarning rivojlanishi uchun muhim prediktorlar ekanligi ilmiy asoslangan;
mitral stenoz mavjud homiladorlarda yallig‘lanish oldi IL-1β, IL-8 ning statistik ishonchli oshishi va yallig‘lanishga qarshi IL-4, IL-10 ning pasayishi aniqlanib, revmatik omillar va kardiogemodinamik ko‘rsatkichlar (oxirgi diastolik xajm va hajm fraksiyasi) orasidagi korrelyasiyalar mavjudligi isbotlangan; 
miokard moslashuvchanlik funksiyasi buzilishini erta tashxislashning biokimyoviy va immunologik, instrumental tadqiqotlar ma’lumotlarining  majmuaviy bosqichli mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mitral teshik stenozi bo‘lgan homiladorlarda homiladorlik va tug‘ruqni olib borishning zamonaviy jihatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 07.10.2025 yil 26-sondagi xulosasiga ko‘ra):
birinchi ilmiy yangilik: revmatik genezli  mitral stenoz mavjud homiladorda I trimestridan boshlab revmatik omillar va S-reaktiv oqsil biomarkyorining statistik ishonchli oshishi va markaziy gemodinamika (hajm fraksiyasining kamayishi, umumiy periferik tomir qarshiligining oshishi) va platsentar perfuziyaning pasayishi miokardning moslashuvchanlik qobiliyati buzilishlarini erta markyorlari ekanligini aniqlash Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmasining 01.08.2025 yildagi 102-son va Buxoro shahar tug‘ruq majmuasining 01.08.2025 yildagi 68-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: homiladorlik paytidagi yurak patologiyalarida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilganiga qaramay, ularning homiladorlik jarayoniga ta’siri va tug‘ruqni olib borish taktikasi, qon aylanishi buzilishining subklinik shakllari rivojlanishini bashoratlash, davolash imkoniyatini ko‘rsatadi, bu esa akusherlik taktikasini to‘g‘ri tanlash uchun juda muhimdir. Iqtisodiy samaradorligi: erta bosqichda boshlangan profilaktik davolash bunday kasalxonaga yotqizishlar sonini 30-45% ga kamaytirish imkonini beradi. Xulosa. Homiladorlik paytidagi yurak patologiyalari, ayniqsa mitral teshik stenozini aniqlash  akusherlik va ginekologiya sohasida salbiy asorat va oqibatlarni oldini olishga imkoniyat yaratadi. 
ikkinchi ilmiy yangilik Kardiogemodinamikadagi o‘zgarishlar (oxirgi diastolik hajm va fraksion hajmning kamayishi, oxirgi sistolik hajmning oshishi), bachadon va kindik arteriyalarida sistolik-diastolik nisbat, rezistentlik indeksi, shuningdek, S-reaktiv oqsil miqdorining ortishi bilan birga yurak zarb indeksining pasayishi xomiladorlik va tug‘ruq davrida qon aylanishining buzilishi kabi asoratlarning rivojlanishi uchun muhim prediktorlar ekanligini aniqlash Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmasining 01.08.2025 yildagi 102-son va Buxoro shahar tug‘ruq majmuasining 01.08.2025 yildagi 68-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: mitral stenoz  bulgan xomiladorlaoda taklif etilgan tekshirish usullari yurak miokard moslashuvchanlik funksiyasini  baholovchi ishonchli va tezkor ma’lumot beruvchi klinik-laborator markyorlar bo‘lib, ularni qo‘llash amaliy tibbiyot uchun juda qulay va asoratlarni erta aniqlash imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: shundaki exokardiografiya va biokimyoviy tahlillar majmuasining narxi homiladorlikning asoratli kechishi va yurak funksiyasi dekompensatsiyasini davolashga qaraganda ancha past, bu esa ushbu usulni qo‘llashning yuqori iqtisodiy maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi. Statsionar davo kunlari qisqarishi natijasida har bir bemor hisobidan byudjetdan tashqari mablag‘lardan 651500 so‘m, byudjet mablag‘laridan 242050 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa. Mitral stenozi bo‘lgan homilador ayollarda erta laboratoriya monitoringini joriy etish og‘ir perinatal va akusherlik asoratlarining oldini olish, kasalxonada bo‘lish muddatini qisqartirish, shuningdek, ona va chaqaloqni davolash xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Mitral stenoz bulgan bemorlarda asoratlarni erta aniqlash asosida har bir bemor hisobiga 893550 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik — mitral stenoz mavjud homiladorlarda yallig‘lanish oldi IL-1β, IL-8 ning statistik ishonchli oshishi va yallig‘lanishga qarshi IL-4, IL-10 ning pasayishi aniqlanib, revmatik omillar va kardiogemodinamik ko‘rsatkichlar (oxirgi diastolik xajm va hajm fraksiyasi) orasida to‘g‘ri musbat korrelyasiya borligi va bu ko‘rsatkichlar ishonchli markyor  sifatida Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmasining 01.08.2025 yildagi 102-son va Buxoro shahar tug‘ruq majmuasining 01.08.2025 yildagi 68-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan Ijtimoiy samaradorligi mitral stenozi bo‘lgan homiladorlarda yurak faoliyatini baholovchi ishonchlilik va informativligi yuqori bo‘lgan immunologik markyorlarni qo‘llash amaliy tibbiyot uchun juda qulay bo‘lib, asoratlarni erta aniqlash imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi  bu  miokard funksiyasini  immunologik testlar yordamida tekshirish va yurak faoliyatini tiklash ushbu bemorlarda yurak etishmovchilinini davolashga qaratilgan sarf xarajatlarni qisqartirish natijasida har bir bemor uchun bir yil davomida byudjet hisobidan 74595 sumga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa. Homiladorlik paytidagi yurak patologiyalari, ayniqsa mitral teshik stenozini aniqlash  akusherlik va ginekologiya sohasida salbiy asorat va oqibatlarni oldini olishga imkoniyat yaratadi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik —yurak miokard moslashuvchanlik funksiyasi buzilishini erta tashxislashning bosqichli mezonlari asosida, biokimyoviy va immunologik, instrumental tadqiqotlar ma’lumotlarini birlashtirilib, patogenetik jihatdan asoslangan davoni o‘z vaqtida o‘tkazish homiladorlik va tug‘ruq asoratlari chastotasini kamaytirish imkonini bergan va Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmasining 01.08.2025 yildagi 102-son va Buxoro shahar tug‘ruq majmuasining 01.08.2025 yildagi 68-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan Ijtimoiy samaradorligi mitral stenoz bulgan homiladorlarda asoratlarni rivojlanishini erta aniqlash, adekvat akusherlik taktikasini qo‘llash orqali tug‘ruqni qoniqarli kechishiga erishilgan Iqtisodiy samaradorligi: III trimestrda kardiologik yoki akusherlik yo‘nalishidagi shifoxonada bir marta yotqizishning o‘rtacha narxi dori-darmon va monitoring ta’minotini hisobga olgan holda 950000 so‘mdan dan 2000000 so‘mgacha. Erta bosqichda boshlangan profilaktik davolash bunday kasalxonaga yotqizishlar sonini 30-45% ga kamaytirish imkonini beradi. Xulosa. Maxsus biokimyoviy va immunologik markerlarni aniqlash, ona va homila gemodinamikasini dopplerometrik baholash, exokardiografiyani o‘z ichiga olgan tekshiruv algoritmi asoratlarining yuqori xavfini o‘z vaqtida aniqlash va optimal akusherlik taktikasini belgilash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish