Safarov Komiljon Kamolovichning
doktorlik (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Parkinson kasalligida erta namoyon bo‘luvchi klinik, prognostik va biokimyoviy belgilari va davolash usullari” 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Tib1390.
Ilmiy rahbar: Xaydarova Dildora Qodirovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.02.
Rasmiy opponentlar: Jurabekova Aziza Toxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raimova Malika Muxammedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliqulova Nigora Abduqadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Parkinson kasalligining prodromal bosqichlarida klinik, prognostik va biokimyoviy belgilarini erta aniqlash, kombinatsion terapiyani qo‘llash orqali bemorlarni olib borishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Parkinson kasalligining prodromal bosqichida kognitiv buzilish, uyqu buzilishi, hid sezish pasayishi va SCOPA-AUT testlari orqali vegetativ disfunksiyaning ahamiyatli zararlanishi, kasallikning klinik bosqichga o‘tishini oldindan belgilaydigan prognostik belgi sifatida asoslangan;
redoks balans ko‘rsatkichlarining (MDA, SOD, GPx, glutation GSH/GSSG) klinik simptomlar og‘irligi, kognitiv holat, vegetativ disfunksiya va hayot sifati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi, hamda ushbu markyorlar kasallikni prognozlashda yuqori ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan;
Hoehn–Yahr shkalasi bo‘yicha kasallik bosqichi oshgan sari oksidlovchi stress oshishi va antioksidant himoya tizimi susayishi orqali redoks disbalansning progressiyada yetakchiligi isbotlangan;
glutation darajasi va MoCA shkalasi ko‘rsatkichlari o‘rtasida yuqori kuchli korrelyasion bog‘liqlik borligi qayd etilib, kognitiv faoliyatni tiklashda kombinatsion terapiyaning tarkibiy va hal qiluvchi ahamiyati borligini isbotlangan;
klinik, neyropsixologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarni umumlashtirgan integral prognostik indeks ishlab chiqilgan va u asosda bemorlarni xavf darajalariga tabaqalashtirish, hamda individuallashtirilgan terapiyani rejalashtirish tamoyillari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Parkinson kasalligining erta belgilarini klinik-nevrologik, neyrovizual va biokimyoviy tekshiruvlar va ularni erta tashxisot jihatlarini baholash natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik. Parkinson kasalligining prodromal bosqichida kognitiv buzilish, uyqu buzilishi, hid sezish pasayishi va SCOPA-AUT testlari orqali vegetativ disfunksiyaning ahamiyatli zararlanishi, kasallikning klinik bosqichga o‘tishini oldindan prognoz qilish maqsadida “Parkinson kasalligining erta belgilarini klinik va biokimyoviy baholash usullar” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomasi ishlab chikilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2025 yil 26 iyun № 25-m/182-son ma’lumotnomasi) bilan tasdiklangan. Mazkur taklif Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (05.08.2025yil №145-I-son); Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi ( 25.07.2025 yil №156Ich-son); Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (24.07.2025 yil №285-U-son) faoliyatlariga tadbiq etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 02 dekabrdagi 30/52-son xulosasi olingan). Ijtimoiy samaradorligi: bu yangilik kognitiv pasayishning erta profilaktikasi va samarali intervensiyasiga xizmat qiladigan biomarkyor va terapevtik yo‘nalishlarni ishlab chiqishga zamin yaratadi. Aholida aqliy qobiliyatni saqlash, ish faolligini uzaytirish, ijtimoiy adaptatsiyani yaxshilash hamda qarishni sekinlashtirish kabi murakkab vazifalarga echim topishda ushbu natijalar qo‘llanilishi mumkin. Bu esa aholi sog‘lom qarishini ta’minlashda va demensiyani oldini olishda muhim ijtimoiy ustunlik hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorligi: glutation darajasi va kognitiv faoliyat o‘rtasidagi korrelyasiyaga asoslangan antioksidant terapiya asosida amalga oshirilgan kombinatsion yondashuv kognitiv pasayishni erta to‘xtatish orqali bir kunlik davolanish byudjet hisobidan 350000 so‘mni tashkil qilib, ushbu mablag‘larni iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: PK bilan bir kunlik davolanish statsionar harajatlari har bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini sutkasiga 350000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik. redoks balans ko‘rsatkichlarining (MDA, SOD, GPx, glutation GSH/GSSG) klinik simptomlar og‘irligi, kognitiv holat, vegetativ disfunksiya va hayot sifati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi, hamda ushbu markyorlar kasallikni prognozlashda yuqori ahamiyatga ega ekanligi aniqlash maqsadida “Parkinson kasalligida biokimyoviy va neyroprotektiv korreksiya usullari” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan ishlab chikilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2025 yil 26 iyun № 25-m/183-son ma’lumotnomasi) bilan tasdiklangan. Mazkur taklif Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (05.08.2025yil №145-I-son); Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (25.07.2025 yil №156Ich-son); Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (24.07.2025 yil №285-U-son) faoliyatlariga tadbiq etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 02 dekabrdagi 30/52-son xulosasi olingan.). Ijtimoiy samaradorligi: vegetativ tizim faoliyatidagi buzilishlar va oksidlovchi stress darajasi o‘rtasidagi mustahkam patogenetik bog‘lanishning ilmiy asoslanishi vegetativ simptomlarni erta aniqlash, differensial tashxisni takomillashtirish va vegetativ buzilishlarga qaratilgan antioksidant profilaktika yo‘nalishlarini ishlab chiqishga zamin yaratib, nogironlik darajasini kamaytirish va uzoq muddatli ijtimoiy ko‘makka ehtiyojni pasaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: noto‘g‘ri tashxislar va ularga bog‘liq ortiqcha tibbiy xarajatlarning kamayishi, samarali davolash natijasida mehnat qobiliyati tiklangan bemorlar sonining ortishi orqali har bir bemorda byudjet mablag‘lari hisobidan 400000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan, hamda tibbiyot muassasalarida resurslarni optimal taqsimlash orqali tizim samaradorligining oshishi ta’minlandi. Xulosa: vegetativ buzilish va oksidlovchi stress bilan bog‘liq terapevtik yondashuvlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi va 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini sutkasiga 40000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik. Hoehn–Yahr shkalasi bo‘yicha kasallik bosqichi oshgan sari oksidlovchi stress oshishi va antioksidant himoya tizimi susayishi orqali redoks disbalansning progressiyada yetakchiligi baholash maqsadida “Parkinson kasalligining erta belgilarini klinik va biokimyoviy baholash usullar” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomasi ishlab chikilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2025 yil 26 iyun № 25-m/182-son ma’lumotnomasi) bilan tasdiklangan.Mazkur taklif Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq(05.08.2025yil №145-I-son); Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi ( 25.07.2025 yil №156Ich-son); Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (24.07.2025 yil №285-U-son) faoliyatlariga tadbiq etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 02 dekabrdagi 30/52-son xulosasi olingan.). Ijtimoiy samaradorligi: Malondial`degid (MDA) darajasinig ko‘tarilib, Superoksiddismutaza (SOD), Glutationperoksidaza (GPx) va Glutation (tiklangan GSH / oksidlangan GSSG shaklda nisbati) darajasining pasayishi ushbu biomarkerni neyrodegenerativ jarayonlarning ilk va taxminiy belgisi sifatida ilmiy jihatdan asoslash imkonini berdi. Bu natija asosida demensiya va kognitiv pasayishni erta aniqlash, nazorat qilish va maqsadli profilaktik choralarni amalga oshirish imkoniyatlari kengaydi. Bu esa aholida aqliy etishmovchilik va demensiya holatlarining oldini olish, ijtimoiy adaptatsiyani saqlash va faol hayot tarzini uzaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: MDA, SOD, GPx va Glutation darajasini tahlil qilish va uning asosida erta diagnostika hamda antioksidant yo‘nalishdagi terapevtik choralarni amalga oshirish, demensiya rivojlanishining oldini olishga va qimmatbaho psixonevrologik preparatlarga, doimiy patronaj va parvarishga ehtiyojni kamaytirib, har bir bemor uchun bir kunlik xarajatlar hisobidan 350000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: Olingan ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishi biomarkerlar darajasini nazorat qilish va etishmovchilikni bartaraf etish orqali demensiyani kamaytirish, hamda davolash samaradorligini oshirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. Glutation darajasi va MoCA shkalasi ko‘rsatkichlari o‘rtasida yuqori kuchli korrelyasion bog‘liqlik borligi qayd etilib, kognitiv faoliyatni tiklashda kombinatsion terapiyaning tarkibiy va hal qiluvchi ahamiyati borligini aniqlagan holda “Parkinson kasalligida biokimyoviy va neyroprotektiv korreksiya usullari” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan ishlab chikilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2025 yil 26 iyun № 25-m/183-son ma’lumotnomasi) bilan tasdiklangan.Mazkur taklif Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq(05.08.2025yil №145-I/Ch); Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi ( 25.07.2025 yil №156I/Ch); Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (24.07.2025 yil №285-U-son) faoliyatlariga tadbiq etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 02 dekabrdagi 30/52-son xulosasi olingan.). Ijtimoiy samaradorligi: antioksidant himoya tizimi nafaqat biokimyoviy, balki ijtimoiy-funksional holatga ham ta’sir qiluvchi muhim klinik omil ekanini isbotlanishi orqali bemorlarning jamiyatdagi faolligi, mustaqilligi va ijtimoiy adaptatsiya darajasini baholash hamda nazorat qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu esa aholining ish qobiliyatini uzaytirish, nogironlikning oldini olish va sog‘lom faol qarishga ko‘maklashishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning statsionar murojaati 2 martaga kamayadi, hurujlar soni yiliga 40% kamayishi hisobidan har bir nafar bemorga byudjet hisobidan 270400 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: ishlab chiqilgan laborator mezonlar sabali hayot sifati oshishi hisobidan har bir nafar bemordan 270400 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik. klinik, neyropsixologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarni umumlashtirgan integral prognostik indeks ishlab chiqilgan va u asosda bemorlarni xavf darajalariga tabaqalashtirish, hamda individuallashtirilgan terapiyani ishlab chiqish maqsadida “Parkinson kasalligining erta belgilarini klinik va biokimyoviy baholash usullar” deb nomlangan uslubiy tavsiyanomasi ishlab chikilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2025 yil 26 iyun № 25-m/182-son bilan ma’lumotnomasi) bilan tasdiklangan. Mazkur taklif Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (05.08.2025yil №145-I-son); Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (25.07.2025 yil №156Ich-son); Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (24.07.2025 yil №285-U-son) faoliyatlariga tadbiq etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 02 dekabrdagi 30/52-son xulosasi olingan.). Ijtimoiy samaradorligi: kompleks algoritm kasallikning klinik va subklinik bosqichlarini farqlash, individual davo yo‘nalishlarini belgilash va prognozni baholashda keng qo‘llash imkoniyatini yaratib, kognitiv, motor va vegetativ buzilishlar dinamikasini tizimli nazorat qilish, har bir bemor uchun shaxsiylashtirilgan davo shakllarini tanlash imkoni vujudga keladi. Bu aholining hayot sifati va faolligi, shu jumladan, mehnat qobiliyatini saqlash va ijtimoiy adaptatsiyasini ta’minlashga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy samaradorligi: klassik klinik shkalalar va biomarkerlar integratsiyasi asosida yaratilgan algoritm tibbiy tashxis qo‘yish va davo strategiyasini aniqlashda zamonaviy, yuqori aniqlikka ega va arzon usul hisoblanadi. Uning joriy etilishi orqali noto‘g‘ri tashxis va noo‘rin davolash holatlarining oldi olinadi, terapevtik resurslar oqilona taqsimlanadi. Shuningdek, kasallikning og‘ir bosqichiga o‘tishi oldini olinib, reabilitatsiya va nogironlik xarajatlari kamayadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu algoritmni qo‘llash har bir bemor uchun sutkasiga taxminan 520000 so‘m iqtisodiy samara beradi. Xulosa:parkinson kasalligini diagnostiklash va monitoring qilishda klassik shkalalar, biomarkerlar va hayot sifati ko‘rsatkichlarini birlashtiruvchi integral algoritm ishlab chiqildi. Bu yondashuv har bir bemor uchun shaxsiylashtirilgan tibbiy yondoshuvni ta’minlab, kuniga 520000 so‘mgacha byudjet xarajatlarini tejash imkonini yaratdi.