Radjabova Gulchexra Baxodirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yallig‘lanishning immunologik markerlariga asoslangan toksik jigar zararlanishlarini kompleks baholash va differensial diagnostikasi” 14.00.05 – Ichki kasalliklar, 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Tib131.
Ilmiy maslahatchilar: Ganieva Shaxzoda Shavkatovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc) dotsent; Navruzova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Charos Abdujalilovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zurochka Aleksandr Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yosh bemorlarda toksik jigar zararlanishlarini klinik-immunologik baholash va differensial diagnostika usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
toksikologik kasallanish ko‘rsatkichlarining o‘sishi va dori vositalari bilan bog‘liq intoksikatsiyalar ulushining ortishi fonida jigarning toksik zararlanishlarining kompleks klinik-ijtimoiy modeli shakllantirilib, ushbu kasallikda somatik o‘zgarishlar bilan bir qatorda aniq ifodalangan ruhiy-ijtimoiy buzilishlar kechishi, hamda patologiya hudud uchun muhim tibbiy-ijtimoiy muammo ekanligi asoslangan;
alkogolli jigar o‘tkir zararlanishi tizimli klinik-biokimyoviy va immun-yallig‘lanish sindromi shakllanishi bilan kechishi, sitoliz, xolestaz va fibrinoliz jarayonlarining faollashuvi, shuningdek sitokin profili disbalansi (IL-2, IL-8, FGF-2 darajalarining oshishi) bilan tavsiflanishi va jigarda yallig‘lanish-destruktiv o‘zgarishlardan fibrotik remodelyasiya rivojlanishi isbotlangan;
dori vositalariga bog‘liq jigar o‘tkir zararlanishida hatto bir martalik toksik ta’sir ham tizimli klinik-metabolik va immun javob rivojlanishi bilan kechishi, bu holat elastografiya ko‘rsatkichlarida o‘rtacha o‘zgarishlar va psixoemotsional omillarning yaqqol ishtiroki bilan namoyon bo‘lib, mazkur zararlanish turini alkogolli genezdan IL -22 proregenator sitokinining ishonchli darajada keskin oshishi bilan farqlanishi laborator asoslangan;
ilk bor toksik jigar zararlanishida kasallikning nomaqbul kechish xavfini erta bosqichda aniqlashda IL-8, IL-22, FGF-2, MCP-1 va D-dimer kabi immunologik markerlar sitoliz, xolestaz, koagulopatiya va jigar fibrozining darajasi bilan chambarchas bog‘liqligi, ROC-tahlil natijalariga ko‘ra (AUC 0,8–0,9), ular an’anaviy biokimyoviy ko‘rsatkichlarga nisbatan yuqori prognostik ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
jigarning toksik zararlanishlarini klinik-anamnestik, laborator-instrumental va immunologik ko‘rsatkichlar integratsiyasiga asoslangan differensial tashxislashning klinik-immunologik mezonlari konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Immunologik yallig‘lanish markerlarini hisobga olgan holda toksik jigar zararlanishlarini kompleks baholash va differensial diagnostikasida olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: toksikologik kasallanish ko‘rsatkichlarining o‘sishi va dori vositalari bilan bog‘liq intoksikatsiyalar ulushining ortishi fonida jigarning toksik zararlanishlarining kompleks klinik-ijtimoiy modeli shakllantirilib, ushbu kasallikda somatik o‘zgarishlar bilan bir qatorda aniq ifodalangan ruhiy-ijtimoiy buzilishlar kechishi, hamda patologiya hudud uchun muhim tibbiy-ijtimoiy muammo ekanligi asoslanganligi natijasida uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqildi: «Immunologik ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda toksik jigar zararlanishlarining asoratlarini prognoz qilish algoritmi» (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspertlar kengashining 2025 yil 30 apreldagi №25-m/106-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan), «O‘tkir zaharlanishlardan keyin toksik jigar zararlanishlarini immunologik diagnostika qilish usuli» (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspertlar kengashining 2025 yil 30 apreldagi №25-m/108-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan). Uslubiy tavsiyanomalar Qashqadaryo filiali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (2025 yil 10 iyundagi №85-I/Ch buyrug‘i), Samarqand filiali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (2025 yil 6 iyundagi №99-I/Ch buyrug‘i), Navoiy filiali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (2025 yil 6 iyundagi №83-I/Ch buyrug‘i) amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashning 2025 yil 7 iyuldagi №21/84-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: Olingan natijalar davolash samaradorligini oshirish, shuningdek toksik jigar zararlanishlaridan o‘lim holatlari chastotasini kamaytirish imkonini beradi. Erta diagnostika va prognozlash sirroz, jigar komasi va letal tugash kabi og‘ir asoratlarning oldini olishni ta’minlaydi. Bu aholida, ayniqsa mehnatga layoqatli yoshlarda nogironlik darajasining kamayishiga hissa qo‘shadi. Ishlab chiqilgan algoritm xavf guruhlarini ajratish hamda salbiy natija ehtimoli yuqori bo‘lgan bemorlarga e’tiborni qaratish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo, Samarqand va Navoiy filiallarida ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish, toksik jigar zararlanishlari bo‘lgan bemorlarda diagnostika va davolash taktikasini qo‘llash kliniko-immunologik ko‘rsatkichlarni aniqlash va diagnostika markerlaridan foydalanish orqali bir bemorga 1140000 so‘m miqdorida iqtisodiy samaradorlik beradi. Xulosa:Alkogolli va dori vositalaridan toksik jigar zararlanishlari bo‘lgan bemorlarda uchrash chastotasi, tuzilishi, biokimyoviy, sitokin va psixo-sotsial ko‘rsatkichlarni qamrab olgan kompleks kliniko-immunologik tadqiqot o‘tkazilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: Alkogolli jigar o‘tkir zararlanishi tizimli klinik-biokimyoviy va immun-yallig‘lanish sindromi shakllanishi bilan kechishi, sitoliz, xolestaz va fibrinoliz jarayonlarining faollashuvi, shuningdek sitokin profili disbalansi (IL-2, IL-8, FGF-2 darajalarining oshishi) bilan tavsiflanishi va jigarda yallig‘lanish-destruktiv o‘zgarishlardan fibrotik remodelyasiya rivojlanishi isbotlanganligi natijasida «Immunologik ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda toksik jigar zararlanishlarining asoratlarini prognoz qilish algoritmi» (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspertlar kengashining 2025 yil 30 apreldagi №25-m/106-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan), «O‘tkir zaharlanishlardan keyin toksik jigar zararlanishlarini immunologik diagnostika qilish usuli» (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspertlar kengashining 2025 yil 30 apreldagi №25-m/108-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan). Uslubiy tavsiyanomalar Qashqadaryo filiali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (2025 yil 10 iyundagi №85-I/Ch buyrug‘i), Samarqand filiali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (2025 yil 6 iyundagi №99-I/Ch buyrug‘i), Navoiy filiali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (2025 yil 6 iyundagi №83-I/Ch buyrug‘i) amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashning 2025 yil 7 iyuldagi №21/84-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: Olingan natijalar davolash samaradorligini oshirish, shuningdek toksik jigar zararlanishlaridan o‘lim holatlari chastotasini kamaytirish imkonini beradi. Erta diagnostika va prognozlash sirroz, jigar komasi va letal tugash kabi og‘ir asoratlarning oldini olishni ta’minlaydi. Bu aholida, ayniqsa mehnatga layoqatli yoshlarda nogironlik darajasining kamayishiga hissa qo‘shadi. Ishlab chiqilgan algoritm xavf guruhlarini ajratish hamda salbiy natija ehtimoli yuqori bo‘lgan bemorlarga e’tiborni qaratish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo, Samarqand va Navoiy filiallarida ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish, toksik jigar zararlanishlari bo‘lgan bemorlarda diagnostika va davolash taktikasini qo‘llash kliniko-immunologik ko‘rsatkichlarni aniqlash va diagnostika markerlaridan foydalanish orqali bir bemorga 1140000 so‘m miqdorida iqtisodiy samaradorlik beradi. Xulosa: alkogolli jigar zararlanishi bo‘lgan bemorlarda FGF-2 darajasini fibrogenez va fibroz progressiyasi ko‘rsatkichi sifatida nazorat qilish zarurligi asoslangan, hamda FGF-2 darajasi oshganda antifibrotik vositalarni qo‘llash va gepatoprotektor terapiyani kuchaytirish maqsadga muvofiqligi asoslangan.
uchinchi ilmiy yangilik: Dori vositalariga bog‘liq jigar o‘tkir zararlanishida hatto bir martalik toksik ta’sir ham tizimli klinik-metabolik va immun javob rivojlanishi bilan kechishi, bu holat elastografiya ko‘rsatkichlarida o‘rtacha o‘zgarishlar va psixoemotsional omillarning yaqqol ishtiroki bilan namoyon bo‘lib, mazkur zararlanish turini alkogolli genezdan IL-22 proregenator sitokinining ishonchli darajada keskin oshishi bilan farqlanishi laborator asoslanganligi natijasida uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqildi: «Immunologik ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda toksik jigar zararlanishlarining asoratlarini prognoz qilish algoritmi» (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspertlar kengashining 2025 yil 30 apreldagi №25-m/106-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan), «O‘tkir zaharlanishlardan keyin toksik jigar zararlanishlarini immunologik diagnostika qilish usuli» (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspertlar kengashining 2025 yil 30 apreldagi №25-m/108-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan). Uslubiy tavsiyanomalar Qashqadaryo filiali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (2025 yil 10 iyundagi №85-I/Ch buyrug‘i), Samarqand filiali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (2025 yil 6 iyundagi №99-I/Ch buyrug‘i), Navoiy filiali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (2025 yil 6 iyundagi №83-I/Ch buyrug‘i) amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashning 2025 yil 7 iyuldagi №21/84-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: Olingan natijalar davolash samaradorligini oshirish, shuningdek toksik jigar zararlanishlaridan o‘lim holatlari chastotasini kamaytirish imkonini beradi. Erta diagnostika va prognozlash sirroz, jigar komasi va letal tugash kabi og‘ir asoratlarning oldini olishni ta’minlaydi. Bu aholida, ayniqsa mehnatga layoqatli yoshlarda nogironlik darajasining kamayishiga hissa qo‘shadi. Ishlab chiqilgan algoritm xavf guruhlarini ajratish hamda salbiy natija ehtimoli yuqori bo‘lgan bemorlarga e’tiborni qaratish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo, Samarqand va Navoiy filiallarida ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish, toksik jigar zararlanishlari bo‘lgan bemorlarda diagnostika va davolash taktikasini qo‘llash kliniko-immunologik ko‘rsatkichlarni aniqlash va diagnostika markerlaridan foydalanish orqali bir bemorga 1140000 so‘m miqdorida iqtisodiy samaradorlik beradi. Xulosa: dori vositalaridan jigar zararlanishida dezintoksikatsion terapiyadan keyin gospitalizatsiyaning 3-kunida IL-8 va IL-22 darajalarini aniqlash asoslangan, bu esa yallig‘lanish jarayonining og‘irligini ob’ektiv baholash va asoratlarni o‘z vaqtida prognoz qilish, shuningdek o‘tkir jigar etishmovchiligini erta tashxislash aniqligini oshirish imkonini berishi asoslangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor toksik jigar zararlanishida kasallikning nomaqbul kechish xavfini erta bosqichda aniqlashda IL-8, IL-22, FGF-2, MCP-1 va D-dimer kabi immunologik markerlar sitoliz, xolestaz, koagulopatiya va jigar fibrozining darajasi bilan chambarchas bog‘liqligi, ROC-tahlil natijalariga ko‘ra (AUC 0,8–0,9), ular an’anaviy biokimyoviy ko‘rsatkichlarga nisbatan yuqori prognostik ahamiyatga ega ekanligi isbotlanganligi natijasida uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqildi: «Immunologik ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda toksik jigar zararlanishlarining asoratlarini prognoz qilish algoritmi» (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspertlar kengashining 2025 yil 30 apreldagi №25-m/106-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan), «O‘tkir zaharlanishlardan keyin toksik jigar zararlanishlarini immunologik diagnostika qilish usuli» (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspertlar kengashining 2025 yil 30 apreldagi №25-m/108-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan). Uslubiy tavsiyanomalar Qashqadaryo filiali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (2025 yil 10 iyundagi №85-I/Ch buyrug‘i), Samarqand filiali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (2025 yil 6 iyundagi №99-I/Ch buyrug‘i), Navoiy filiali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (2025 yil 6 iyundagi №83-I/Ch buyrug‘i) amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashning 2025 yil 7 iyuldagi №21/84-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: Olingan natijalar davolash samaradorligini oshirish, shuningdek toksik jigar zararlanishlaridan o‘lim holatlari chastotasini kamaytirish imkonini beradi. Erta diagnostika va prognozlash sirroz, jigar komasi va letal tugash kabi og‘ir asoratlarning oldini olishni ta’minlaydi. Bu aholida, ayniqsa mehnatga layoqatli yoshlarda nogironlik darajasining kamayishiga hissa qo‘shadi. Ishlab chiqilgan algoritm xavf guruhlarini ajratish hamda salbiy natija ehtimoli yuqori bo‘lgan bemorlarga e’tiborni qaratish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo, Samarqand va Navoiy filiallarida ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish, toksik jigar zararlanishlari bo‘lgan bemorlarda diagnostika va davolash taktikasini qo‘llash kliniko-immunologik ko‘rsatkichlarni aniqlash va diagnostika markerlaridan foydalanish orqali bir bemorga 1140000 so‘m miqdorida iqtisodiy samaradorlik beradi. Xulosa: Jigarning toksik zararlanishlari bilan og‘rigan bemorlarni kompleks tekshirish standartlariga IL-8, IL-22, MCP-1, FGF-2 va D-dimer darajalarini aniqlashni joriy etish asoslangan, chunki ular yallig‘lanish faolligi va koagulopatiyani aks ettiruvchi yuqori informativ immunologik markerlar hisoblanadi. Nomaqbul oqibat xavfini ko‘rsatuvchi chegara qiymatlar IL-8 > 2,5 pg/ml, IL-22 > 20 pg/ml, MCP-1 > 150 pg/ml, FGF-2 > 70 pg/ml, D-dimer > 550 ng/ml ekanligi asoslangan.
beshinchi ilmiy yangilik: jigarning toksik zararlanishlarini klinik-anamnestik, laborator-instrumental va immunologik ko‘rsatkichlar integratsiyasiga asoslangan differensial tashxislashning klinik-immunologik mezonlari konsepsiyasi ishlab chiqilganligi natijasida uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqildi: «Immunologik ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda toksik jigar zararlanishlarining asoratlarini prognoz qilish algoritmi» (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspertlar kengashining 2025 yil 30 apreldagi №25-m/106-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan), «O‘tkir zaharlanishlardan keyin toksik jigar zararlanishlarini immunologik diagnostika qilish usuli» (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspertlar kengashining 2025 yil 30 apreldagi №25-m/108-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan). Uslubiy tavsiyanomalar Qashqadaryo filiali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (2025 yil 10 iyundagi №85-I/Ch buyrug‘i), Samarqand filiali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (2025 yil 6 iyundagi №99-I/Ch buyrug‘i), Navoiy filiali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (2025 yil 6 iyundagi №83-I/Ch buyrug‘i) amaliyotiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashning 2025 yil 7 iyuldagi №21/84-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: olingan natijalar davolash samaradorligini oshirish, shuningdek toksik jigar zararlanishlaridan o‘lim holatlari chastotasini kamaytirish imkonini beradi. Erta diagnostika va prognozlash sirroz, jigar komasi va letal tugash kabi og‘ir asoratlarning oldini olishni ta’minlaydi. Bu aholida, ayniqsa mehnatga layoqatli yoshlarda nogironlik darajasining kamayishiga hissa qo‘shadi. Ishlab chiqilgan algoritm xavf guruhlarini ajratish hamda salbiy natija ehtimoli yuqori bo‘lgan bemorlarga e’tiborni qaratish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo, Samarqand va Navoiy filiallarida ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish, toksik jigar zararlanishlari bo‘lgan bemorlarda diagnostika va davolash taktikasini qo‘llash kliniko-immunologik ko‘rsatkichlarni aniqlash va diagnostika markerlaridan foydalanish orqali bir bemorga 1140000 so‘m miqdorida iqtisodiy samaradorlik beradi. Xulosa: Alkogol va dori vositalaridan jigarning toksik zararlanishlari bo‘lgan bemorlarda kliniko-immunologik mezonlar konsepsiyasini joriy etish, antisitokin target terapiya va psixoterapiyani qo‘llash tavsiya etilishi asoslangan.