Axmedjanova Zarrina Iskandarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Evolyusion gibrid qidiruv asosida transport logistikasi axborot tizimi ma’lumotlarning o‘zaro ta’sir modellari va algoritmlari, 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5624.
Ilmiy rahbar: Sulyukova Larisa Faritovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.09/2025.27.12.T.02.01.M.
Rasmiy opponentlar: Tashev Azat Aripovich, texnika fanlari doktori, professor; Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘z-o‘zini moslashtirish mexanizmlariga ega evolyusion gibrid yondashuv asosida transport yo‘nalishlarini belgilash masalalarini hal etish model va algoritmlarini ishlab chiqishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
transport tarmog‘i parametrlarining dinamik o‘zgarishlarini modellashtirish asosida vaqtinchalik qatlam konsepsiyasi ishlab chiqildi;
vaqt murakkabligini saqlagan holda echimlar sifatini 8-12% ga yaxshilashni ta’minlaydigan vaqt qatlamlarini hisobga oluvchi modifikatsiyalangan chumolilar koloniyasi algoritmi ishlab chiqildi;
LIFO tamoyilini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi logistikasining o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirilgan murakkab cheklovlarga ega transport vositalarini marshrutlash masalasining matematik modeli ishlab chiqildi;
differensial evolyusiya, genetik algoritm hamda parametrlarni o‘z-o‘zidan moslashtirish mexanizmiga ega lokal qidiruv asosida gibrid evolyusion algoritm ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Cheklovli marshrutlash masalalarining ishlab chiqilgan matematik modellari va evolyusion gibrid qidiruv algoritmlari asosida:
yuk tashishni boshqarishning axborot tizimi "Samarkand Logistics" MChJning amaliy faoliyatiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimligining 2025-yil 1-dekabrdagi 02-02/8133-son ma’lumotnomasi). Natijada bu esa tashish hajmini saqlab qolgan holda logistika xarajatlarini 8-12% ga kamaytirish, yo‘nalishlarni shakllantirishni 5-7% ga tezlashtirish va transport vositalari sonini 10-15% ga qisqartirish imkonini berdi;
yuk ko‘tarish qobiliyatining murakkab cheklovlari, vaqt oraliqlarini va LIFO tamoyili bo‘yicha operatsiyalar ketma-ketligini hisobga olgan holda yo‘nalishlarni optimallashtirish dasturiy majmuasi "Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan LTD" MChJga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimligining 2025-yil 1-yanvardagi 02-02/8133-sonli ma’lumotnomasi). Bu majmua 25 tagacha transport vositasidan foydalanilganda 200 tagacha buyurtmani avtomatik qayta ishlash, logistika xarajatlarini kamaytirish, ERP tizimi bilan integratsiyalashuvni ta’minlash va 1,4% o‘zgaruvchanlik koeffisienti bilan echimlar barqarorligini ta’minlash imkonini berdi;
parametrlarning o‘z-o‘zini moslashtirish va qidiruv strategiyalarini avtomatik tanlash mexanizmlariga ega adaptiv gibrid evolyusion algoritm asosida yaratilgan dasturiy majmua "Marokand Khumo Services" MChJ amaliy faoliyatiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimligining 2025-yil 1-yanvardagi 02-02/8133-sonli ma’lumotnomasi). Bu majmua yo‘nalishlarni shakllantirish va buyurtmalarni taqsimlashni 5-7% ga tezlashtirish hamda bo‘linmalar o‘rtasidagi samarali muvofiqlashtiruvni ta’minlash imkonini berdi.