Nabieva Sevara Sultanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Noravshan mantiqqa asoslangan tibbiy tashxislash modeli va algoritmlari (bolalarda surunkali tonzilit kasalligi misolida), 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5285.
Ilmiy rahbar: Primova Xolida Anarbaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.09/2025.27.12.T.02.01.M.
Rasmiy opponentlar: Rustamov Nasim Tulegenovich, texnika fanlari doktori, professor; Iskandarova Sayyora, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Nukus Davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi noravshan mantiqqa asoslangan tibbiy tashxislash modelini yaratish va bolalardagi surunkali tonzillit kasalligini aniqlashda model va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bioinformatsion tahlil usullaridan foydalanib bolalarda surunkali tonzillitni tashxislash va davolashning matematik modeli takomillashtirilgan;
T-norma va T-konorma asosida tibbiy tashxislash va qarorlarini qabul qilish algoritimi ishlab chiqilgan.;
Pifagor noravshan to‘plamlar va vaznli geometrik amallarni birlashtirish asosida ko‘p mezonli guruh qarorlarini qabul qilish yondoshuvi taklif etilgan;
Z-son Sugenoni qo‘llash orqali bolalarda surunkali tonzillit kasalligi darajasini aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yaratilgan tadqiqot usullari va algoritmlari boʼyicha olingan natijalar asosida:
noravshan mantiq asosida tibbiy tashxislash va qarorlarini qabul qilishning mavjud hamda taklif etilgan yondashuv, model, usul va algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmuani “Egamov medical service” MChJda muvaffaqiyatli joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2025-yil 3-dekabrdagi 02-28/29472-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan noravshan mantiqqa asoslangan tibbiy tashxislash modeli va algoritmlari bolalarda surunkali tonzillit kasalligi darajasini aniqlashda 4-7 %ga oshgan;
noravshan mantiqqa asoslangan Sugeno usulidagi qoidalar bazasi va algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmuani “Samarqand shahar 13-son oilaviy poliklinika” da joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 3-dekabrdagi 02-28/29472-sonli ma’lumotnomasi). Joriy qilingan dastur 3 turdagi asoratlarini o‘z vaqtida ogohlantiradi hamda kasallikning asoratlarini oldini olish samaradorligini 5-10 %ga oshirgan. Natijada, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kasallikning asoratlarini oldini olish samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan.