Babadjanova Saidaxon Abdullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagog shaxsi emotsional holatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi 19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya”.  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/356
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/2025.27.12.P.01.18.
Rasmiy opponentlar: Sh.X.Abdullaeva psixologiya fanlari doktori, professor; D.K.Arapbaeva  psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dosent; 
Yetakchi tashkilot: Samarqand  Davlat Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogning emotsional holati ijtimoiy-psixologik determinantlarini aniqlash va o‘z emotsional holatini samarali tartibga solish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Kasbiy refleksiya asosida emotsional intellektni rivojlantirish o‘qituvchilarning psixoemotsional "o‘z-o‘zini idrok etish" dinamikasiga ko‘ra pedagogik faoliyat mahsuldorligiga ta’sir etuvchi obektiv va subektiv omillarga bog‘liq holda shaxs xususiyatlarini differensiatsiyalash bilan bog‘liq holda muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslangan;
Emotsional stress ta’sirida shaxs adaptiv ko‘nikmalarining kompleks namoyon bo‘lishi asosida pedagogik jamoaning moslashuvchanlik qobiliyatini belgilovchi sifatlarni xulq-atvorni boshqarish ko‘nikmalari bilan tenglashtirish o‘qituvchilar emotsional holatining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bilan shartlangan charchoq hissining pasayishiga olib kelishi dalillangan;
O‘qituvchilarda emotsional o‘zini o‘zi boshqarishning ifodalanish darajasiga ko‘ra, o‘qituvchining emotsional sohasi profilida boshqaruvchi jarayonlar yetakchi omil ekanligi aniqlandi, chunki xulq-atvor, modellashtirish, moslashuvchanlik, mustaqillik, rejalashtirish va natijalarni baholashda o‘zini o‘zi boshqarish xususiyatlari emotsional intellektning zaif namoyon bo‘lishiga olib keladi;
O‘qituvchilar emotsional holatining o‘ziga xos jihatlari asosida shaxslararo munosabatlarda emotsional imo-ishoralarni tanib olish va farqlash bilan bog‘liq belgilarni intensiv idrok etishidan kelib chiqib, shaxsiy xavotirlanish darajasi yuqori ekanligi aniqlandi, bu esa faoliyat natijalarining pasayishi bilan bog‘liq.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Pedagog shaxsi emotsional holatlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
pedagogning kasbiy faoliyati jarayonida emotsional holatning beqarorligi emotsional kuyinish fenomenining shakllanishi va rivojlanishiga hamda faoliyat mahsuldorligining pasayishiga sabab bo‘lishi aniqlanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-432-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-432a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada pedagog emotsional holatiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash imkoniyati yaratilgan;
pedagogning kasbiy faoliyati jarayonida emotsional holatning beqarorligi emotsional kuyinish fenomenining shakllanishi va rivojlanishiga hamda faoliyat mahsuldorligining pasayishiga sabab bo‘lishi aniqlanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-432-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-432a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarning ish jarayonida yuzaga keladigan emotsional holatlarga munosabatni aniqlash imkoniyati yaratilgan;
pedagogning emotsional holatini o‘zini-o‘zi boshqarishi tizimi ko‘p darajali ta’lim bo‘lib, bu erda har bir daraja pedagogik mahsuldorligini belgilovchi o‘zini-o‘zi boshqarish metodlari va usullari majmuasiga mos kelishi aniqlanganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-432-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-432a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada emotsional holatlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari determinantlarini empirik tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
pedagogning emotsional holati barqarorligi va faoliyat mahsuldorligini oshiruvchi darsda emotsional holatning ma’lum darajalariga mos keluvchi o‘zini-o‘zi tartibga solish metodlari va usullari majmui yaratilganligiga doir natijalar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-432-sonli buyrug‘i bilan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 23-avgustdagi PM-432a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada pedagoglarni o‘z emotsional holatini samarali tartibga solish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish