Mirzaev Olim Saforovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Proektiv metodikalar shaxs psixologik qiyofasini tuzishning diagnostik vositasi sifatida” mavzusidagi 19.00.01 – Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/P3.
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdimumin Ibragimovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/2025.27.12.P.01.18.
Rasmiy opponentlar: U.D.Qodirov psixologiya fanlari doktori, professor; M.X.Axmedova psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi proektiv metodikalarning shaxs psixologik qiyofasini tuzishdagi diagnostik imkoniyatini aniqlash hamda ularni qo‘llashdagi  o‘ziga xosliklarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
proektiv metodikalar bilan shaxs so‘rovnomalari o‘rtasida konvergent validlikning empirik asoslanishi  bu baholash vositalarining kognitiv, emotsional va ijtimoiy yo‘nalganlik bilan bog‘liq ichki psixologik konstruktlarni aniqlashdagi imkoniyatlarini tasdiqlashga xizmat qilib, proektiv metodikalar shaxs so‘rovnomalari bilan bir xil psixologik tuzilmalarni (emotsional barqarorlik, dominantlik, ijtimoiy faollik) o‘lchash qobiliyatiga ega ekanligi aniqlangan;
proektiv testlar asosida shaxsning psixologik portreti ko‘pblokli psixologik model orqali shakllantirilib, uni tashkil etuvchi latent emotsional-hissiy (C, O, Q4), ijtimoiy–motivatsion (A, F, E, G) va kognitiv – ijodkorlik (B, M, Q1, Q2) bloklari aniqlangan hamda ularning “Uy, Daraxt, Odam” va “Avtoportret” testlaridagi vizual mezonlar bilan mos ravishda namoyon bo‘lishi empirik jihatdan isbotlangan;
vizual-proektiv mezonlar asosida shaxsning ichki “Men-konsepsiyasi”ni aniqlash tartibi ishlab chiqilib, u Avtoportret va Uy.Daraxt.Odam testlaridagi “o‘zini idrok etish”, “emotsional holat”, “ishonch va xavfsizlik ehtiyoji” ko‘rsatkichlarining R.B. Kettell shkalalari (N, Q3, C, O) bilan yuqori darajadagi muvofiqligi hamda “Men-obrazi”ning “Uy.Daraxt.Odam” metodikasida kompozision (markaziy joylashish, simmetriya, kontur aniqligi), Avtoportretda esa, tashqi qiyofa, avtoidentifikatsiya va ekspressiya orqali namoyon bo‘lishi empirik jihatdan dalillangan;
proektiv diagnostikada ekspert baholashning psixometrik ishonchlilik  baholash modeli qo‘llash orqali proektiv metodikalar yordamida shaxsning psixologik portretini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslarini yaratib, ularning so‘rovnoma usullari bilan uyg‘unlik darajasini empirik jihatdan asoslagan va  shaxs psixologiyasini tizimli, integratsiyalangan va vizual-proektiv asosda tahlil qilishning yangi ilmiy yo‘nalishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Proektiv metodikalarning shaxs psixologik qiyofasini tuzishdagi diagnostik vositasi sifatida tadqiqot ishi boʻyisha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
proektiv metodikalar bilan shaxs so‘rovnomalari o‘rtasida konvergent validlikning empirik asoslanishi  bu baholash vositalarining kognitiv, emotsional va ijtimoiy yo‘nalganlik bilan bog‘liq ichki psixologik konstruktlarni aniqlashdagi imkoniyatlarini tasdiqlashga xizmat qilib, proektiv metodikalar shaxs so‘rovnomalari bilan bir xil psixologik tuzilmalarni (emotsional barqarorlik, dominantlik, ijtimoiy faollik) o‘lchash qobiliyatiga ega ekanligi aniqlanganligiga doir natijalar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-452 sonli buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-452 son ma’lumotnomasi). Natijada, proektiv metodikalarni takomillashtirishning individual-psixologik xususiyatlari rivojlanishiga erishilgan; 
proektiv testlar asosida shaxsning psixologik portreti ko‘pblokli psixologik model orqali shakllantirilib, uni tashkil etuvchi latent emotsional–hissiy (C, O, Q4), ijtimoiy–motivatsion (A, F, E, G) va kognitiv – ijodkorlik (B, M, Q1, Q2) bloklari aniqlangan hamda ularning “Uy, Daraxt, Odam” va “Avtoportret” testlaridagi vizual mezonlar bilan mos ravishda namoyon bo‘lishi empirik jihatdan isbotlanganligiga doir natijalar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-452 sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-452 son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxsda proektiv metodikalar orqali diagnostik vositasiga ta’sir etuvchi psixologik sifatlar takomillashtirilgan;
vizual-proektiv mezonlar asosida shaxsning ichki “Men-konsepsiyasi”ni aniqlash tartibi ishlab chiqilib, u Avtoportret va Uy.Daraxt.Odam testlaridagi “o‘zini idrok etish”, “emotsional holat”, “ishonch va xavfsizlik ehtiyoji” ko‘rsatkichlarining R.B. Kettell shkalalari (N, Q3, C, O) bilan yuqori darajadagi muvofiqligi hamda “Men-obrazi”ning “Uy.Daraxt.Odam” metodikasida kompozision (markaziy joylashish, simmetriya, kontur aniqligi), Avtoportretda esa, tashqi qiyofa, avtoidentifikatsiya va ekspressiya orqali namoyon bo‘lishi empirik jihatdan dalillanganligiga doir takliflar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20- avgustdagi PM-452-sonli buyrug‘i bilan «Umumiy psixologiya» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-452 son ma’lumotnomasi). Natijada, proektiv metodikalarning shaxs psixologik qiyofasini tuzishdagi diagnostik vositasi samaradorligiga erishilgan;
proektiv diagnostikada ekspert baholashning psixometrik ishonchlilik  baholash modeli qo‘llash orqali proektiv metodikalar yordamida shaxsning psixologik portretini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslarini yaratib, ularning so‘rovnoma usullari bilan uyg‘unlik darajasini empirik jihatdan asoslagan va  shaxs psixologiyasini tizimli, integratsiyalangan va vizual-proektiv asosda tahlil qilishning yangi ilmiy yo‘nalishi aniqlanganligiga doir takliflar O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025-yil 20-avgustdagi PM-452 sonli buyrug‘i bilan «Psixologik xizmat» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2025-yil 20-avgustdagi 452-son ma’lumotnomasi). Natijada, markaz laboratoriyalarining ilmiy-metodik ta’minotining boyishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish