Pozilova Shahnoza Xaydaralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilarini malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida kreativ o‘qitish metodikasi”, 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped690.
Ilmiy rahbar: Zakirova Feruza Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mirsolieva Muxabbat To‘xtasinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida informatika, matematika va fizika yo‘nalishi tinglovchilarini kreativ o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasinioshirish kurslari tinglovchilarining kreativligini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion-metodik loyiha, kreativ usullar va dizayn-fikrlash texnologiyasini qo‘shish orqali malaka oshirish jarayonining tashkiliy-pedagogik shartlari taqomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida tinglovchilarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, dizayn-fikrlash texnologiyasiga asoslangan empatiya, fokus, innovatsion g‘oya, prototip, testlash kabi bosqichlarni kiritish orqali kreativ o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini innovatsion faoliyat hususiyatlaridan kelib chiqib, kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadli-motivatsion, kreativ bilim va ko‘nikmalarga egalik hamda innovatsion faoliyatga yo‘naltirilganlik mezonlarini va eshituvchi, foydalanuvchi, yaratuvchi darajalarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasinioshirish kurslari tinglovchilarining kreativligini rivojlanishini ta’minlab beruvchi KWHL (Know? What? How? Learn?), K`yubing, SCAMPER (Substitute, Combine, Adapt, Modify/Magnify, Put to other uses, Eleminate, Rearrange/Reverse) kabi usullar asosida yaratilgan innovatsion-metodik xarakterdagi muammoli vaziyatlar va kreativ amaliy topshiriqlarni ishlab chiqish asosida o‘quv-metodik ta’minoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilari kreativligini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasinioshirish kurslari informatika va axborot texnologiyalari, matematika, fizika yo‘nalishlari tinglovchilarining kreativligini rivojlantirishning bosqichlari, tashkiliy-pedagogik shartlari, innovatsion-metodik loyihalar, kreativ metodlar va dizayn fikrlash texnologiyalari malaka oshirish jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 oktyabrdagi 89-03-3630-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning kasbiy kompetentlik darajasi takomillashtirilgan.
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari «Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik» modulining o‘quv uslubiy majmuasiga «SCAMPER», «KWHL», «K`yubing» kabi kreativ o‘qitish metodlari va dizayn fikrlash texnologiyasi kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 23 oktyabrdagi 89-03-3630-son ma’lumotnomasi). Natijadaoliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari ta’lim jarayonida foydalaniladigan o‘qitish usullari va vositalari takomillashtirilgan.
pedagog kadrlarini kreativligini rivojlantirishga qaratilgan takliflar “5350400 - Axborot kommunikatsiya sohasida kasb ta’limi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun «Kasbiy pedagogik faoliyatga kirish» o‘quv qo‘llanmasida o‘z ifodasini topgan va o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan (ro‘yxatga olish raqami №603-040, 2017y.). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarini kreativligi rivojlantirilgan.