Ibrogimov Muhammadrasul  Abdimumin o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Talabalar sotsial iqtidorining psixologik prediktorlari” mavzusidagi 19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/P432.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/2025.27.12.P.01.18.
Rasmiy opponentlar: Sh.X.Abdullaeva psixologiya fanlari doktori, professor; S.N.Jo‘raeva psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sotsial iqtidorli talabalar shaxsining yetakchi psixologik omillari va  ijtimoiy-psixologik prediktorlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar sotsial iqtidorining shakllanishida shaxsning o‘zini qabul qilishi, moslashuvchanligi, empatiyasi va ichki nazorati kabi omillar o‘zaro bog‘liqligi asosida ularni kompleks holda sotsial iqtidorni aniqlash va baholashda ijtimoiy-psixologik tizimi ilmiy asoslangan;
sotsial iqtidorni aniqlash va baholash uchun to‘rt yo‘nalishli kompleks ekspert baholash shkalasi ilk bor tizimli ravishda tatbiq etilib,  talabalarda sotsial iqtidorni belgilovchi muomala va shaxslararo munosabat (samimiylik, hamdardlik, iltifotlilik, xushmuomalalik va kirishimlilik),  xulq-atvor (sabr-toqatlilik va bir so‘zlilik, barqarorlik va mas’uliyat),  faoliyat (tirishqoqlik, izchillik va tashabbuskorlik) va his-tuyg‘u  (sezgirlik va xushchaqchaqlik) bilan bog‘liq xususiyati mavjudligi dalillangan;
tadqiqot natijalariga ko‘ra, talabalarning sotsial iqtidorini aniqlovchi ettidan ortiq asosiy faktorlar aniqlanib, ular asosida ijtimoiy-psixologik prediktorlarni integrallashtirgan model ishlab chiqilib, bu model talabalarning shaxsiy, emotsional, kommunikativ, ijtimoiy va liderlik qobiliyatlarini empirik asosda o‘lchash imkoni  tizimlashtirilgan;
talabalarning sotsial iqtidorini shakllantiruvchi fazilatlar — muomala, xulq-atvor, faoliyat va emotsional kechinmalar — turli ijtimoiy guruhlar tomonidan farqli baholash asosila  ijtimoiy pozisiyaga xos psixologik prediktorlar mujassamlashgan bo‘lib, sotsial iqtidorni bir xil mezon bilan baholanadigan qat’iy xususiyat emas, balki ijtimoiy kontekstga qarab dinamik tarzda namoyon bo‘ladigan, ijtimoiy perseptiv shakllanuvchan psixologik tizim sifatida qarash isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Talabalar sotsial iqtidorining psixologik prediktorlari yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
talabalar sotsial iqtidorining shakllanishida shaxsning o‘zini qabul qilishi, moslashuvchanligi, empatiyasi va ichki nazorati kabi omillar o‘zaro bog‘liqligi asosida ularni kompleks holda sotsial iqtidorni aniqlash va baholashda ijtimoiy-psixologik tizimi ilmiy asoslangan oid takliflar  O‘zbekiston Milliy Pedagogik  universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 23 avgustdagi 454-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogik  universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 20 avgustdagi 454-a-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologlarning amaliy jihatdan talabalar sotsial iqtidorini  ijtimoiy-psixologik jihatdan shakllanganlik darajasini tahlil qilish bilan bog‘liq kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga erishilgan;
sotsial iqtidorni aniqlash va baholash uchun to‘rt yo‘nalishli kompleks ekspert baholash shkalasi ilk bor tizimli ravishda tatbiq etilib,  talabalarda sotsial iqtidorni belgilovchi muomala va shaxslararo munosabat (samimiylik, hamdardlik, iltifotlilik, xushmuomalalik va kirishimlilik),  xulq-atvor (sabr-toqatlilik va bir so‘zlilik, barqarorlik va mas’uliyat),  faoliyat (tirishqoqlik, izchillik va tashabbuskorlik) va his-tuyg‘u  (sezgirlik va xushchaqchaqlik) bilan bog‘liq xususiyati mavjudligi dalillangan oid ilmiy natijalar O‘zbekiston milliy pedagogik  universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 23 avgustdagi PM-454-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogik  universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 20 avgustdagi gi PM-454a-son ma’lumotnomasi). Natijada kurs tinglovchilarining sotsial iqtidorining baholash mezonlarini  amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga erishilgan;
tadqiqot natijalariga ko‘ra, talabalarning sotsial iqtidorini aniqlovchi ettidan ortiq asosiy faktorlar aniqlanib, ular asosida ijtimoiy-psixologik prediktorlarni integrallashtirgan model ishlab chiqilib, bu model talabalarning shaxsiy, emotsional, kommunikativ, ijtimoiy va liderlik qobiliyatlarini empirik asosda o‘lchash imkoni  tizimlashtirilganligi yuzasidan tavsiyalar O‘zbekiston milliy pedagogik  universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 23 avgustdagi 454-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogik  universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 20 avgustdagi 454a-son ma’lumotnomasi). Natijada markaz tinglovchilarining sotsial iqtidorli talabalarni ijtimoiy-psixologik jihatdan diagnostika qilish imkoniyatlarini boyitishga erishilgan;
talabalarning sotsial iqtidorini shakllantiruvchi fazilatlar — muomala, xulq-atvor, faoliyat va emotsional kechinmalar — turli ijtimoiy guruhlar tomonidan farqli baholash asosila  ijtimoiy pozisiyaga xos psixologik prediktorlar mujassamlashgan bo‘lib, sotsial iqtidorni bir xil mezon bilan baholanadigan qat’iy xususiyat emas, balki ijtimoiy kontekstga qarab dinamik tarzda namoyon bo‘ladigan, ijtimoiy perseptiv shakllanuvchan psixologik tizim sifatida qarash isbotlanganligiga doir taklif va tavsiyalar O‘zbekiston milliy pedagogik  universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 23 avgustdagi 454-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiyasi» moduliga kiritilgan (O‘zbekiston milliy pedagogik  universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2025 yil 20 avgustdagi 454a-son ma’lumotnomasi). Natijada markaz tinglovchilarining sotsial iqtidorli talabalarning ijtimoiy-psixologik jihatdan tahlillash ko‘nikmalari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish