Jumaniyazova Maxliyo Xushnud qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Ipakchilik sanoati chiqindisi-ipak qurti g‘umbagi (Silkworm pupae) moyini olish va ishqoriy rafinatsiyalash texnologiyasini ishlab chiqish”, 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2025.3.PhD/T5856.
Ilmiy rahbar: Ro‘zmetova Dildora To‘libaevna, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2025.27.12.T.42.01.
Rasmiy opponentlar: Serkaev Qamar Pardaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Hamidov Baxodir Tadjiddinov, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ipakchilik sanoati chiqindisi - tut ipak qurti g‘umbagidan moy ajratish, uni gidratatsiyalash va ishqoriy rafinatsiyalashning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ipakchilik sanoati chiqindisi - tut ipak qurti g‘umbagini 55 ℃ haroratda ekstraksiyalashda maqbul erituvchi benzin ekanligi aniqlanib, 3 soat davomida kislota soni 9,05 mg KOH/g, rangi 5 qizil birlikkacha bo‘lgan 30 % moy ajratish mumkinligi asoslangan;
ipak qurti g‘umbagini to‘lqin quvvati 240 w/m2 bo‘lgan mikroto‘lqinli ekstraksiyalash bilan moy ajratish jarayon davomiyligini 9 marta qisqarishi isbotlangan;
mikroto‘lqinli ekstraksiyalash bilan ajratilgan g‘umbak moyiga 50 ℃ haroratda 3 % suv sarflab (moy massasiga nisbatan) 15 min davomida ishlov berish bilan gidratlangan moy chiqishini 85,2 % ga oshishi asoslangan;
gidratlangan moyni solishtirma og‘irligi 1,26 g/sm3 bo‘lgan natriy ishqori yordamida 15 min davomida 45 ℃ haroratda neytrallash bilan kislota soni 0,19 mg KOH/g, rangi 2 qizil birlik bo‘lgan 85,7 % rafinatsiyalangan moy olinishi isbotlangan.
ipakchilik sanoati chiqindisi - tut ipak qurti g‘umbagidan moy ajratish, uni gidratatsiyalash va ishqoriy rafinatsiyalashning samarali texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ipak qurti g‘umbagidan moy ajratish, hamda uni gidratatsiyalash va ishqoriy rafinatsiyalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ipak qurti g‘umbagidan mikroto‘lqinli usulda ekstraksiyalash orqali moy ishlab chiqarish texnologiyasi «O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining “2023-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2025 yil 29 avgustdagi KS/3-298-son ma’lumotnomasi). Natijada, ipak qurti g‘umbagidan ω-3 yog‘ kislotlariga boy bo‘lgan 26,4% xom moy olish imkonini bergan;
ipak qurti g‘umbagi moyini gidratatsiyalash va ishqoriy rafinatsiyalash texnologiyasi «O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining “2023-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2025 yil 29 avgustdagi KS/3-298-son ma’lumotnomasi). Natijada, ipak qurti g‘umbagidan tarkibida ko‘p miqdorda al’fa-linolein yog kislotasini tutgan, 85,7% yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega rafinatsiyalangan g‘umbak moyi olish imkonini bergan.