Serkaeva Adiba Maxmudovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raps moyi asosida boyitilgan omixta o‘simlik moylari olish texnologiyasini ishlab chiqish”, 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T2464.
Ilmiy rahbar: Abdurahimov Ahror Anvarovich , texnika fanlari doktori , professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2025.27.12.T.42.01. 
Rasmiy opponentlar: Dodaev  Qo‘chqor  Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Adashev Bexzod Sheralievich , texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Guliston  davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy raps moyi asosida o‘rni qoplanmaydigan yog‘ kislotalari bilan boyitilgan, tarkibi balanslashtirilgan omixta moylar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mahalliy raps moyida polito‘yinmagan yog‘ kislotalaridan linolenning import analoglarga nisbatan 2-4% yuqori saqlami aniqlanib, paxta:raps, paxta:kungaboqar:raps va kungaboqar:raps omixta moylarining mos ravishdagi 50:50, 40:20:40 va 60:40 maqbul nisbatlari asoslangan;
paxta moyi bilan aralashtirilgan omixtalarning oksidlanishga barqarorligi alohida saqlangan kungaboqar va raps moylariga nisbatan 1,7-2,0 martaga yuqoriligi isbotlangan;
yog‘ kislota tarkibi ma’lum bo‘lgan alohida moylardan tayyorlangan omixtalarda yod sonini hisoblash va tahliliy titrlash o‘rtasidagi xatoliklar 0,4% dan oshmasligi isbotlanib, omixtalarning yog‘ kislota tarkibini prognozlash, shuningdek identifikatsiyalashda foydalanish mumkinligi asoslangan;
nur sindirish ko‘rsatgichi bir-biriga yaqin bo‘lgan paxta:raps moylaridan tayyorlangan omixtalar tarkibidagi yog‘ kislotalarining umumiy spektridagi farqi aniqlanib, raps moyining omixtadagi miqdori 50-90% gacha bo‘lganda, nur sindirish ko‘rsatgichining yog‘ kislotalari to‘yinmaganligiga mos ravishda oshib borish qonuniyatiga bo‘ysunmasligi isbotlangan; 
mahalliy raps moyi asosida ikki va uch komponentli, o‘rni qoplanmaydigan yog‘ kislotalari bilan boyitilgan, tarkibi balanslashtirilgan omixta moylar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raps moyi asosida o‘rni qoplanmaydigan yog‘ kislotalari bilan boyitilgan, tarkibi balanslashtirilgan omixta moylar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raps moyi asosida boyitilgan omixta o‘simlik moylari olish texnologiyasi «O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining “2025-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2025 yil 5 dekabrdagi YoM/3-433-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘yingan:to‘yinmagan yog‘ kislotalari nisbati 1:9 va ꭃ6:ꭃ3 yog‘ kislotalarining 5:1 bo‘lgan, balanslashtirilgan omixta moy ishlab chiqarish imkonini bergan;
tarkibi raps moyining polito‘yinmagan omega-3 yog‘ kislotalari bilan boyitilgan kungaboqar:raps omixta moylari olish texnologiyasi «O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining “2025-2028 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2025 yil 5 dekabrdagi YoM/3-433-son ma’lumotnomasi). Natijada, linolen yog‘ kislotasi bilan boyitilgan omixta moy ishlab chiqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish