Zuxurov Suxrob Elmurotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Katta va keksa yoshdagi bemorlarda qorin devorining qaytalangan churralari uchun laparoskopik operatsiyalar natijalarini optimallashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib6091.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.03.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Mamur Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kurbaniyazov Zafar Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
keksa va qari yoshli bemorlarda qorin old devorining qaytalanuvchi churralarida laparoskopik operatsiyalar natijalarini takroriy qaytalanish xavfini stratifikatsiyalashga asoslangan individuallashtirilgan taktika algoritmini ishlab chiqish va joriy qilish orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qorin old devorining churralari bilan keksa va qari yoshli bemorlarda qaytalanish xavfini sezilarli darajada oshiruvchi yaqqol ifodalangan anatomik-morfologik omillar: aponevrozning ingichkalashuvi, qorin to‘g‘ri mushaklarining diastazi, qorin old devorining ptozi, shuningdek, churra nuqsonining yirik o‘lchamlari va og‘ir bitishmali jarayonligi aniqlanib, ularni mustaqil morfologik markyorlar sifatida ko‘rib chiqilishi mumkinligi isbotlangan;
keksa va qari yoshli bemorlarda gernioplastikalarning muvaffaqiyatsizliklari asosan anatomik-funksional profilni va klinik fonni hisobga olmaslik bilan sezilarli darajada bog‘liqligi aniqlanib, takroriy residiv birlamchi jarrohlik paytida texnik xatolar, yaqqol ifodalangan to‘qimaviy etishmovchilik va somatik yuklama, xususan Charlson indeksi ≥5 bo‘lishi bilan bog‘liqligi hamda ushbu parametrlar bashoratli ahamiyatga ega va takroriy aralashuvni rejalashtirishda hisobga olinishi lozimligi isbotlangan;
ilk bor klinik-anatomik, morfometrik va somatik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan takroriy qaytalanish xavfini stratifikatsiyalash uchun balli model ishlab chiqilgan bo‘lib, bu noxush natijalar ehtimolini bashoratlash (AUC=0,842) va bemorni past, o‘rta yoki yuqori xavf toifasiga kiritish imkonini berishi asoslangan;
bashoratlash modelini churrani laparoskopik davolash usulini tanlash algoritmiga integratsiyalash, takroriy residivlar chastotasining pasayishi, operatsiyadan keyingi asoratlarning va funksional tiklanish muddatlarining qisqarishiga imkon berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tadbig‘i bo‘yicha 2025 yil 17 dekabrdagi 31/44 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: qorin old devorining churralari bilan keksa va qari yoshli bemorlarda qaytalanish xavfini sezilarli darajada oshiruvchi yaqqol ifodalangan anatomik-morfologik omillar: aponevrozning ingichkalashuvi, qorin to‘g‘ri mushaklarining diastazi, qorin old devorining ptozi, shuningdek, churra nuqsonining yirik o‘lchamlari va og‘ir bitishmali jarayonligi aniqlanib, ularni mustaqil morfologik markyorlar sifatida ko‘rib chiqilishi mumkinligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: aponevrozning ingichkalashuvi, qorin to‘g‘ri mushaklarining diastazi, qorin old devorining ptozi, shuningdek, churra nuqsonining yirik o‘lchamlari va og‘ir bitishmali jarayon churra qaytalanishining mustaqil morfologik markyorlari sifatida ko‘rib chiqish. o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (10.11.2025 y.; № 241-son) hamda Navoiy shahar ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (10.12.2025 y.; №109-son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: aponevrozning ingichkalashuvi, qorin to‘g‘ri mushaklarining diastazi, qorin old devorining ptozi, shuningdek, churra nuqsonining yirik o‘lchamlari va og‘ir bitishmali jarayon churra qaytalanishining mustaqil morfologik markyorlari sifatida foydalanish kasallik asoratlarini kamaytirgan. Iqtisodiy samaradorligi: aponevrozning ingichkalashuvi, qorin to‘g‘ri mushaklarining diastazi, qorin old devorining ptozi, shuningdek, churra nuqsonining yirik o‘lchamlari va og‘ir bitishmali jarayon churra qaytalanishining mustaqil morfologik markyorlari sifatida inobatga olinishi, o‘z navbatida asoratlar rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkonini yaratgan bo‘lib: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3,0 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 840000 so‘mga kamaytirgan (Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 280000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 105000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: qorin old devorining qaytalanuvchi churralari bilan keksa va qari yoshli bemorlarda qayta residivlanish xavfini sezilarli darajada oshiruvchi yaqqol ifodalangan anatomik-morfologik xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan, bu o‘z navbatida asoratlar rivojlanishini oldini olish usullaridan foydalanish uchun imkonini yaratgan bo‘lib, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlar va o‘limni kamaytirish imkonini beradi;
ikkinchi ilmiy yangilik: keksa va qari yoshli bemorlarda gernioplastikalarning muvaffaqiyatsizliklari asosan anatomik-funksional profilni va klinik fonni hisobga olmaslik bilan sezilarli darajada bog‘liqligi aniqlanib, takroriy residiv birlamchi jarrohlik paytida texnik xatolar, yaqqol ifodalangan to‘qimaviy etishmovchilik va somatik yuklama, xususan Charlson indeksi ≥5 bo‘lishi bilan bog‘liqligi hamda ushbu parametrlar bashoratli ahamiyatga ega va takroriy aralashuvni rejalashtirishda hisobga olinishi lozimligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: keksa va qari yoshli bemorlarda oldingi gernioplastikalarning muvaffaqiyatsizliklari asosan anatomik-funksional profilni va klinik fonni hisobga olmaslik bilan sezilarli darajada bog‘liqligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar : olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (10.11.2025 y.; № 241-son) hamda Navoiy shahar ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (10.12.2025 y.; №109-son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: keksa va qari yoshli bemorlarda oldingi gernioplastikalarning muvaffaqiyatsizliklari asosan anatomik-funksional profilni va klinik fonni hisobga olmaslik bilan sezilarli darajada bog‘liqligi aniqlanganligidan foydalanish, rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: keksa va qari yoshli bemorlarda oldingi gernioplastikalarning muvaffaqiyatsizliklari asosan anatomik-funksional profilni va klinik fonni hisobga olmaslik bilan sezilarli darajada bog‘liqligi aniqlanganligidan foydalanish: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 840000 so‘mga kamaytirgan (Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 280000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 105000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: keksa va qari yoshli bemorlarda oldingi gernioplastikalarning muvaffaqiyatsizliklari asosan anatomik-funksional profilni va klinik fonni hisobga olmaslik bilan sezilarli darajada bog‘liqligi aniqlanganligidan foydalanish, davolanish samarasini oshirishga, davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor klinik-anatomik, morfometrik va somatik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan takroriy qaytalanish xavfini stratifikatsiyalash uchun balli model ishlab chiqilgan bo‘lib, bu noxush natijalar ehtimolini bashoratlash (AUC=0,842) va bemorni past, o‘rta yoki yuqori xavf toifasiga kiritish imkonini berishi asoslangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: klinik-anatomik, morfometrik va somatik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan takroriy residivlanish xavfini stratifikatsiyalash uchun balli model ishlab chiqilganligi bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda, davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar, o‘limni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: : olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (10.11.2025 y.; № 241-son) hamda Navoiy shahar ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (10.12.2025 y.; №109-son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: klinik-anatomik, morfometrik va somatik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan takroriy residivlanish xavfini stratifikatsiyalash uchun balli model ishlab chiqilganl bo‘lib, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda foydalanish imkon berib, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: klinik-anatomik, morfometrik va somatik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan takroriy residivlanish xavfini stratifikatsiyalash uchun balli model ishlab chiqilgan, bu o‘z bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarni sarflanadigan xarajatlarini 840000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: klinik-anatomik, morfometrik va somatik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan takroriy residivlanish xavfini stratifikatsiyalash uchun balli model ishlab chiqilgan bo‘lib, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 840000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 325000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bashoratlash modelini churrani laparoskopik davolash usulini tanlash algoritmiga integratsiyalash, takroriy residivlar chastotasining pasayishi, operatsiyadan keyingi asoratlarning va funksional tiklanish muddatlarining qisqarishiga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: prognostik modelning churrani laparoskopik davolash usulini tanlash algoritmiga integratsiyalash bemorning anatomik va funksional holatiga moslashtirilgan shaxsiylashtirilgan jarrohlik aralashuv taktikasini taqdim etilgan bo‘lib, shifo jarayonini tezlashtirib asoratlar va o‘limni kamaytirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: : olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (10.11.2025 y.; № 241-son) hamda Navoiy shahar ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (10.12.2025 y.; №109-son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: prognostik modelning churrani laparoskopik davolash usulini tanlash algoritmiga integratsiyalash bemorning anatomik va funksional holatiga moslashtirilgan shaxsiylashtirilgan jarrohlik aralashuv taktikasini taqdim etilishi, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar sonini keskin kamayishi imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: prognostik modelning churrani laparoskopik davolash usulini tanlash algoritmiga integratsiyalash bemorning anatomik va funksional holatiga moslashtirilgan shaxsiylashtirilgan jarrohlik aralashuv taktikasini taqdim etilishi, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar sonini keskin kamayishi imkonini berishi hisobiga bemorning shifoxonada davolanish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 840000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 315000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: prognostik modelning churrani laparoskopik davolash usulini tanlash algoritmiga integratsiyalash bemorning anatomik va funksional holatiga moslashtirilgan shaxsiylashtirilgan jarrohlik aralashuv taktikasini amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 840000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 315000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.