Do‘smuradova Yulduz To‘ychi qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz badiiy matnlarida intertekstuallik” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3750.
Ilmiy rahbar: Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01.
Rasmiy opponentlar: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori,professor, Djusupov Nursulton Maxambetovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbek va ingliz badiiy matnlarida intertekstuallikning qo‘llanish xususiyatlari, namoyon bo‘lish mexanizmlari hamda milliy-madaniy o‘ziga xosligini chog‘ishtirma aspektda ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz badiiy matnlarida intertekstuallikni yuzaga keltiruvchi lisoniy vositalar (allyuziya, iqtibos, antonomaziya, reminissensiya, epigraf va sarlavha)ning semantik funksional xususiyatlari ochib berilgan;
freym tahlil usuli orqali badiiy matndagi intertekstuallikning adabiy, mifologik, diniy, madaniy bilim strukturalarini faollashtiruvchi vosita ekanligi isbotlangan;
Tohir Malikning “Shaytanat” va Mario Pyuzoning “The Godfather” romanlari materiallarida intertekstual birliklarning asar syujeti va qahramonlar ruhiyatini ochib berishdagi individual-uslubiy ahamiyati hamda har ikki yozuvchining presedent matnlardan foydalanish mahorati dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi intertekstuallikning lingvomadaniy xususiyatlari chog‘ishtirilib ingliz badiiy matnlarida bibliya va antik mifologik motivlarning, o‘zbek badiiy matnlarida esa diniy-didaktik (Qur’on, Hadis) va tarixiy-badiiy manbalarga asoslangan intertekstual havolalarning ustuvorligi (dominantligi) asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi O‘zbek va ingliz badiiy matnlarida intertekstuallik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz badiiy matnlarida intertekstuallikni yuzaga keltiruvchi lisoniy vositalar (allyuziya, iqtibos, antonomaziya, reminissensiya, epigraf va sarlavha)ning semantik funksional xususiyatlari, intertekstuallik tushunchasi va uning nazariy asoslari, ilmiy termin sifatida qo‘llanilishi, zamonaviy tilshunoslikda intertekstuallikni o‘rganish muammolari, uning turlari va vositalari, intertekstuallik termini tasnifi, badiiy matnlarda intertekstuallikning qo‘llanish xususiyatlari, o‘zbek va ingliz badiiy matnlarida intertekstual birliklarning namoyon bo‘lishiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan PF-201912258 – “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-iyundagi №01/4-2275-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha o‘zbek va ingliz badiiy matnlarida intertekstuallikni yuzaga keltiruvchi lisoniy vositalar (allyuziya, iqtibos, antonomaziya, reminissensiya, epigraf va sarlavha)ning semantik funksional xususiyatlariga oid materiallar bilan boyitilgan;
freym tahlil usuli orqali badiiy matndagi intertekstuallikning adabiy, mifologik, diniy, madaniy bilim strukturalarini faollashtiruvchi vosita ekanligi, intertekstual aloqadorlikda allyuziyalarning o‘rni va funksional vazifalarini topish, badiiy matnlarda qo‘llanilgan antonomaziyaning intertekstual ohang va mazmunni boyitishdagi rolini ochib berish, reminissensiya hodisasi orqali matnlararo badiiy bog‘liqlikni shakllantirish, asar sarlavhalari va epigraflarining intertekstual talqini tadqiqiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-F3-201908172 – “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-iyundagi №01/4-2274-son ma’lumotnomasi). Natijada, korpus platformasi badiiy matnda intertekstual aloqalarni yaratishning lingvistik vositalar, diniy, ijtimoiy-madaniy, adabiy allyuziyalarni ikki til doirasida qiyoslashga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
Tohir Malikning “Shaytanat” va Mario Pyuzoning “The Godfather” romanlari materiallarida intertekstual birliklarning asar syujeti va qahramonlar ruhiyatini ochib berishdagi individual-uslubiy ahamiyati dalillanib, har ikki yozuvchining presedent matnlardan foydalanish mahorati, badiiy asarlarda intertekstual birliklarning muallifga xos talqinini ochib berish, iqtibosning mohiyatini, ularning badiiy matnda qay holatlarda kelishini ko‘rsatib berish, iqtibosning boshqa intertekstual birliklardan farqini topib tahlil qilish, chog‘ishtirilayotgan badiiy asarlarda intertekstuallik qo‘llanilishining o‘xshash va farqli jihatlarini ko‘rib chiqish tadqiqiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan IL-402104209 – “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksioni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-iyundagi №01/4-2273-son ma’lumotnomasi). Natijada Tohir Malikning “Shaytanat” va Mario Pyuzoning “The Godfather” romanlari materiallarida intertekstual birliklarning asar syujeti va qahramonlar ruhiyatini ochib berishdagi individual-uslubiy ahamiyatiga doir materiallar bilan boyitilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi intertekstuallikning lingvomadaniy xususiyatlari chog‘ishtirilib ingliz badiiy matnlarida bibliya va antik mifologik motivlarning, o‘zbek badiiy matnlarida esa diniy-didaktik (Qur’on, Hadis) va tarixiy-badiiy manbalarga asoslangan intertekstual havolalarning ustuvorligi (dominantligi) asoslanganiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-F3-201908172 – “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” nomli loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-iyundagi №01/4-2274-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha o‘zbek badiiy matnlarida diniy-didaktik (Qur’on, Hadis) va tarixiy-badiiy manbalarga asoslangan intertekstual havolalarning ustuvorligiga oid materiallar bilan boyitilgan.