To‘raeva Dildora Anvarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda hududiy xoslangan birliklar lingvistik ekspertizasi metodologiyasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.4.DSc/Fil687.
Ilmiy maslahatchi: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor; Yo‘ldoshev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Norbaeva Shukurjon Xayitbaevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda hududiy xoslangan til birliklarini aniqlash metodikasini ishlab chiqish va hududiy belgiga ko‘ra lingvistik profillash ekspertizasining metodologik asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarning qo‘lyozma, elektron, audio-video, polikodli – shakliy turlari hamda e-mail yozishmalar, sharhlar  mazmuniy tekshirilib, lingvistik profillashning sud-lingvistik ekspertiza tizimidagi maqomi, mohiyati, maqsadi va hududiy xoslikka oid vazifalari, shaxsiy yozishmalarni media, lingvopragmatik, lingvostilistik parametrlarda tahlil qilishning ilmiy-nazariy asoslari ochib berilgan; 
o‘zbek adabiy tili me’yorlari, xususan, leksik, fonetik, grammatik-sintaktik tamoyillaridan farqlanuvchi hududiy belgili va belgisiz til birliklarini tasniflash orqali lingvistik profilni aniqlash metodikasi, shuningdek, hududiy xoslangan til birliklari tahlili asosida shaxsiy yozishma muallifining lingvistik profilini aniqlash bo‘yicha sud-lingvistik ekspertizaning o‘zbekcha modeli dalillangan;
hududiy belgili til vositalari tahlili asosida muallif profilini aniqlashga oid umumiy, xususiy, maxsus metodlarni saralash, ulardan samarali foydalanish: yozishmaning lingvistik ekspertizaga muvofiqligi, adabiy va noadabiy birliklarni farqlash, kommunikativ strategik farqlilik va funsionallik tamoyillarini ishlab chiqish, tahlilning metodik: tayyorgarlik, diagnostik, yakuniy baholash bosqichlari shakllantirilishi isbotlangan;
o‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalar lingvistik ekspertizasida muallifning hududiy belgisini aniqlash bo‘yicha lingvistik profilni tuzish metodologik xaritasi yurislingvistika bilan integratsion yondashuvda shakllantirilishi, tayyorgarlik, umumiy va xususiy tahlil, xulosa, yakuniy xulosa tartibidagi ekspertiza jarayonining tashkil etilishi, nominalistik va dialektik yondashuvlar asosida hududiy belgili birliklarni aniqlash mezonlari dalillangan;
o‘zbek tilidagi dialektal-audio materiallar bazasi asosida hududiy belgili leksik, grammatik va fonetik birliklarning elektron lugʻatlari, mualliflikni va lingvistik profilni aniqlash bo‘yicha dialektal korpuslar, subkorpuslarni shakllantirish, ulardan sud-lingvistik ekspertiza bo‘yicha ma’lumotlar bazasi sifatida foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  O‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarda hududiy xoslangan birliklar lingvistik ekspertizasi metodologiyasi tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:   
  o‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalarning qo‘lyozma, elektron, audio-video, polikodli – shakliy hamda obro‘sizlantirish, tahdid, tahqir, kamsitish, tuhmat, haqorat – mazmuniy tasnifi boyitilib, lingvistik profillashning sud-lingvistik ekspertiza tizimidagi maqomi, mohiyati va yosh, kasb, gender, ta’limiy daraja, hududiy xoslikka oid vazifalarining ilmiy-nazariy asoslariga oid ilmiy xulosalardan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti  universitetida 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi IL-402104209 raqamli loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti  universitetining 2025-yil 3-maydagi 01/4-1844-sonli ma’lumotnomasi). Natijada lingvistik profillashning sud-lingvistik ekspertiza tizimidagi maqomi, mohiyati va yosh, kasb, gender, ta’limiy daraja, hududiy xoslikka oid vazifalarining ilmiy-nazariy asoslariga doir nazariy ma’lumotlarga ko‘ra grant loyihasi takomolillashtirilgan;
o‘zbek adabiy tili me’yorlari, xususan, leksik, fonetik, grammatik-sintaktik tamoyillaridan farqlanuvchi hududiy belgili va belgisiz til birliklarini tasniflash orqali lingvistik profilni aniqlash metodikasi, shuningdek, hududiy xoslangan til birliklari tahlili asosida shaxsiy yozishma muallifining lingvistik profilini aniqlash bo‘yicha sud-lingvistik ekspertizaning o‘zbekcha tuzishga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2025-yillarda bajarilgan Erasmus+ International KA107 Creidit mobility Key action 1- Mobility for learners and staff – Higher education student and staff mobility” mavzusidagi loyiha bajarilishida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti  universitetining 2025-yil 16-oktyabrdagi № 04/1-4961-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sotsiolingvistik, dialektologik ma’lumotlar raqamli bazasini shakllantirish hamda ko‘ptillilik va madaniy xilma-xillikni ta’minlashda dissertatsiya ilmiy manba sifatida xizmat qilgan;
bahsli va anonim yozishmalarda profillash amaliyotini tadqiq etish va elektron dasturlar vositasida turli mazmundagi yozishmalarni lingvistik ekspertiza qilish mezonlari, metodikasi, metodologiyasini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, lingvistik ekspertiza uchun hududiy xoslangan leksik, morfologik va sintaktik birliklarning ta’limiy resurs sifatida audio va bosma shakldagi dasturiy ta’minotini shakllantirish haqidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti  universitetining 2025-yil 5-maydagi 01/4-1877-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishtirokchilarida dialektal korpus yaratish, ularni amalda qo‘llashning tizimli metodlari, raqamli tahlil usullarini tatbiq etish borasida ilmiy-amaliy ko‘nikmalar hosil qilingan; 
  hududiy belgili til vositalari tahlili asosida muallif profilini aniqlashga oid umumiy, xususiy, maxsus metodlarni saralash, ulardan samarali foydalanish: yozishmaning lingvistik ekspertizaga muvofiqligi, adabiy va noadabiy birliklarni farqlash, kommunikativ strategik farqlilik va funsionallik tamoyillarini ishlab chiqish, tahlilning metodik: tayyorgarlik, diagnostik, yakuniy baholash bosqichlari shakllantirilishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertiza markazining SLPE bo‘limi tomonidan tayyorlangan “O‘zaro so‘zlashuv va ijtimoiy tarmoqlardagi muloqot jarayonlarida ishlatiladigan haqorat va kamsituvchi so‘zlar hamda ularning oqibatlari” nomli amaliy qo‘llanmasining ilmiy tadqiqot qismida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi 2025-yil 02-iyundagi 29-23-2/2928-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy tarmoqlarda va kundalik muloqotda inson sha’ni, obro‘yi, manfaatlari kabilar lingvistik tahlillarga ko‘ra himoyalanishi mezonlari loyihani boyitishga xizmat qilgan;
          o‘zbek tilidagi shaxsiy yozishmalar lingvistik ekspertizasida muallifning hududiy belgisini aniqlash bo‘yicha lingvistik profilni tuzish metodologik xaritasi yurislingvistika bilan integratsion yondashuvda shakllantirilishi, tayyorgarlik, umumiy va xususiy tahlil, xulosa, yakuniy xulosa tartibidagi ekspertiza jarayonining tashkil etilishi, nominalistik va dialektik yondashuvlar asosida hududiy belgili birliklarni aniqlash mezonlariga oid xulosalardan 2025-yil 12-sentyabr kuni “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Agar...”  ko‘rsatuvida dasturlar ssenariysini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali davlat muassasasining 2025-yil 12-sentyabrdagi 01-20/671-son ma’lumotnomasi). Natijada tahririyat a’zolari hamda ko‘rsatuv mas’ullari yordamida ijtimoiy tarmoqlarda turli mazmundagi bahsli yozishmalarning yuzaga kelishida lingvistik profillashga bo‘lgan ehtiyojning mavjudligi ommalashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish