Sayidiraximova Nasiba Sayidmaxamadovnaning 
fan doktori (DSc)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida sintaktik sinonim, antonim va omonimlar hosil bo‘lishining lingvokognitiv asoslari”, 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Fil1044.
Ilmiy maslahatchi: Lutfullaeva Durdona Esanovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01. 
Rasmiy opponentlar: Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor; Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yuldashev Akmal Gulamjanovich, filologiya fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tilida sintaktik sinonim, antonim va omonimlar hosil bo‘lishining kognitiv xususiyatlarini aniqlash, ularning tashqi olam haqidagi inson bilim va tasavvurlari bilan bog‘lanishini ilmiy asoslash; mazkur birliklarning struktur-semantik, kognitiv-diskursiv  imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sintaktik sinonim, antonim va omonimlarning shakllanishi ko‘p bosqichli kognitiv jarayon ekanligi asoslangan, mazkur sintaktik birliklar hosil bo‘lishi jarayonida til egalarining tashqi olam haqidagi bilim va tasavvurlari muhim o‘rin tutishi ilmiy dalillangan; 
o‘zbek tilidagi sintaktik sinonim, antonim va omonimlarning hosil bo‘lishi va tilda voqelanish qonuniyatlari ilk bor lingvokognitiv yondashuv asosida kompleks tadqiq etilib, ular antropotsentrik paradigma doirasida inson tafakkuridagi olamning lisoniy manzarasi va kognitiv-sintaktik modellashtirish mexanizmlari bilan uzviy bog‘liqlikda tizimli ravishda nazariy asoslangan;
nutqda faol qo‘llanuvchi  sinonim, antonim va omonim gaplar ajratilib, ularning til egalari lisoniy ongidan o‘rin olgan kognitiv-sintaktik modellari  ishlab chiqilgan hamda tilda voqelanish mexanizmlari ochib berilgan;
ushbu hodisalarning til egalari ongida o‘rnashgan konseptual modellari aniqlangan, ularnimg tilda voqelanishida ko‘prik vazifasini bajaruvchi kognitiv-sintaktik modellari ishlab chiqilib, nutqda ularga mos tarzda inson tomonidan til birliklari tanlovi amal oshirilishi ilmiy jihatdan  asoslangan;
o‘zbek tilidagi sintaktik sinonim, antonim va omonimlarning nutqda qo‘llanganda namoyon bo‘ladigan kognitiv-diskursiv xususiyatlari aniqlangan, ularning matnning semantik-sintaktik jihatdan shakllanishidagi roli ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida sintaktik sinonim, antonim va omonimlar hosil bo‘lishining lingvokognitiv xususiyatlari tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
sintaktik sinonim, antonim va omonimlarning shakllanishi ko‘p bosqichli kognitiv jarayon ekanligi asoslangan, mazkur sintaktik birliklar hosil bo‘lishi jarayonida til egalarining tashqi olam haqidagi bilim va tasavvurlari muhim o‘rin tutishi ilmiy dalillanganligi bo‘yicha e’lon qilingan maqolalar xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” (2019-2022) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 19-iyundagi №04/1-1227-son ma’lumotnomasi). Natijada nomlash jarayonlarida sintaktik sinonimiya, antonimiya va omonimiya hodisalarining ahamiyatga egaligi asoslangan; 
o‘zbek tilidagi sintaktik sinonim, antonim va omonimlarning hosil bo‘lishi va tilda voqelanish qonuniyatlari ilk bor antropotsentrik paradigma doirasida inson tafakkuridagi olamning lisoniy manzarasi va kognitiv modellashtirish mexanizmlari bilan uzviy bog‘liqligi haqidagi xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika tadqiqot institutida bajarilgan FZ-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alifbo va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika tadqiqot institutining 2023-yil 20-noyabrdagi №577-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpoq tilidagi yangi alifbo asosida darslik va o‘quv qo‘llanmalarni qayta ishlashda sintaktik omonimlarga oid nazariy bilimlar mukammallashgan;
nutqda faol qo‘llanuvchi  sintaktik sinonim, antonim va omonimlar ajratilib, ularning til egalari lisoniy ongidan o‘rin olgan kognitiv modellari  ishlab chiqilgan hamda tilda voqelanish mexanizmlari ochib berilganligi aks etgan xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” (2020-2023) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti 2026-yil 6-yanvardagi 04/1-37-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda ishlab chiqilgan sintaktik sinonim, antonim va omonimlarning kognitiv modellariga oid ilmiy xulosalar o‘zbek tilining ta’limiy korpusini shakllantirishda sintaktik birliklarni lingvokognitiv asosda tizimlashtirish va ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llash imkonini bergan;
ushbu hodisalarning til egalari ongida o‘rnashgan konseptual modellari aniqlangan, ularning tilda voqelanishida ko‘prik vazifasini bajaruvchi kognitiv-sintaktik modellari ishlab chiqilganligi haqidagi xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika tadqiqot institutida bajarilgan FZ-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alifbo va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika tadqiqot institutining 2023-yil 20-noyabrdagi №577-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili va adabiyotini o‘qitishda matn yaratish va nutqiy kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan;
o‘zbek tilidagi sintaktik sinonim, antonim va omonimlarning nutqda qo‘llanganda namoyon bo‘ladigan kognitiv-diskursiv xususiyatlari aniqlangan hamda ularning matnning semantik-sintaktik jihatdan shakllanishidagi roli ochib berilganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi DMning “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Vaqt mashinasi” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi DMning “O‘zbekiston tarixi” telekanali 2026-yil 2-martdagi №01-33/139-son ma’lumotnomasi). Natijada “Vaqt mashinasi” ko‘rsatuvining ssenariy – matni semantik-sintaktik jihatdan takomillashib, tarixiy voqelikni izchil, mantiqan yaxlit va ta’sirchan tarzda yoritish imkoniyati kengaygan.    

Yangiliklarga obuna bo‘lish