Mamatkulova Sabriniso Shavkatovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida 

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Internetda rus va o‘zbek nasri tipologiyasi: o‘ziga xoslik va tendensiyalar”. 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2955.
Ilmiy rahbar: Boboxonov Mavlon Raxmatillaevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.09.07
Rasmiy opponentlar: Bakirov Poyon Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xudjaeva Ra’noxon Mutalibjonovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy rus va o‘zbek onlayn nasrining tipologik modelini ishlab chiqish, uni an’anaviy bosma nasr bilan solishtirib, o‘xshash va farqli jihatlarini aniqlash hamda rivojlanish tendensiyalari va mexanizmlarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qiyosiy adabiyotshunoslik doirasida ilk bor raqamli muhitda auditoriyaning badiiy matnga ta’sir etish mexanizmlari aniqlanib, rus va o‘zbek internet-nasrining qiyosiy tipologiyasi ishlab chiqilgan;
zamonaviy rus va o‘zbek onlayn nasrining tuzilishi, tabiati va poetik xususiyatlari tizimli qiyosiy tahlil qilinib, raqamli kommunikatsiya sharoitida adabiy an’analarning transformatsiyasi hamda madaniy kontekstlarning o‘zaro ta’siri nazariy jihatdan ochib berilgan;
internet nasrining evolyusiyasi kompleks o‘rganilib, rus va o‘zbek internet makonida postmodernistik tendensiyalarning kuchayishi ilmiy jihatdan isbotlangan;
raqamli texnologiyalar rivoji sharoitida onlayn nasr epik tur doirasida mustaqil adabiy tizim sifatida shakllangani, uning o‘ziga xos poetikasi, tuzilishi va kommunikativ modeli mavjudligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Internetdagi rus va o‘zbek nasri tipologiyasini o‘rganish hamda ularning o‘zaro ta’sir xususiyatlari va tendensiyalarini tahlil qilish asosida quyidagi ilmiy natijalar qo‘llanildi:
onlayn muhitda adabiy matnga auditoriya ta’sirining o‘ziga xos shakllari aniqlanib, qiyosiy adabiyotshunoslik doirasida ilk marta rus va o‘zbek internet nasrining chog‘ishtirma tipologiyasi ishlab chiqildi va ilmiy jihatdan asoslangan ilmiy xulosalardan 2017-2020-yillarda amalga oshirilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixi tadqiqoti” loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 11-noyabrdagi 3455/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasidagi tadqiqotlarda onlayn badiiy matnlarning xususiyatlari va tendensiyalarini ilmiy asoslash darajasini oshirishga xizmat qilgan;
internetdagi rus va o‘zbek zamonaviy nasrining strukturaviy va poetik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinib, onlayn makonda adabiy an’analar yangilanishi va madaniy kontekstlarning o‘zaro ta’siri nazariy jihatdan ochib berilgan ilmiy xulosalardan Evropaning ERASMUS+ dasturi doirasida 2016-2018-yillarda o‘tkazilgan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SPERASMUS+ CBHE IMEP “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya va internatsionalizatsiya qilish” innovatsion loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 25-noyabrdagi 1148/02-sonli ma’lumotnomasi). Natijada internet muhitida badiiy matnlarning o‘quvchilarga ta’sir qilish shakllari va zamonaviy nasrning rivojlanishiga oid o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqilgan;
internet nasri evolyusiyasi tizimli tahlil etilib, rus va o‘zbek tillaridagi internet segmentlarida janrlar taraqqiyotida postmodern tendensiyalar faol namoyon bo‘layotganligi aniqlangan hamda zamonaviy adabiy jarayon bilan bog‘liq holda ilmiy dalillangan nazariy xulosalardan “Adabiyot va hayot” dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (O‘zMTRK) Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 16-dekabrdagi 01-07/406-sonli  ma’lumotnomasi. Natijada dastur sifati ortgan va estetik bilimlarning chuqurroq tushunilishiga xizmat qilgan.
raqamli texnologiyalar jadal rivoji natijasida onlayn nasr epik tur doirasida o‘ziga xos tuzilmaga ega bo‘lgan mustaqil adabiy tizim sifatida shakllangani isbotlangan natijalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Sadoqat” to‘garagi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 17-iyundagi 01-03/271-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ilmiy asoslangan xulosalar yosh ijodkorlarning adabiy mahoratini oshirishga hamda axborot texnologiyalari yordamida o‘quvchilar auditoriyasi bilan o‘zaro hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish