Umarova Marxamat Xayrullaevnaning pedagogika fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarda altruistik fazilatlarni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped11289
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Ma’suda Abdubannaevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.22.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Namangan davlat universiteti professor, pedagogika fanlari doktori (DSc) Ergashev Boburjon Bahodirovich, Andijon davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetini pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarda altruistik fazilatlarni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish, rivojlantirish samaradorligini oshirishning ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarda altruistik fazilatlarni rivojlantirishning pedagogik tizimi o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlik faoliyatini dars hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ijtimoiy foydali faoliyatni tashkil etish, refleksiv tahlil va axloqiy tanlov vaziyatlarini yaratish orqali insonparvarlik, o‘zaro yordam va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik omillar integratsiya qilingan;
o‘quvchi shaxsini tarbiyalashda altruistik fazilatlar va bag‘rikenglik o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik bir–birini to‘ldiruvchi, ammo mazmunan farqlanuvchi tarbiyaviy hodisalar sifatida differensial yondashuv asosida alohida va integrativ rivojlantirish mexanizmi sifatida optimallashtirilgan;
aksiologik yondashuv asosida o‘quvchilarda altruistik fazilatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik modelning jarayonli komponenti dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda qadriyatlarga yo‘naltirilgan faoliyatni, ijtimoiy vaziyatli topshiriqlar hamda refleksiv muhokamalarni o‘zaro uzviylikda tashkil etishga yo‘naltirilgan pedagogik tizim sifatida aniqlashtirilib, uning o‘quvchilarda altruistik xulq–atvorni shakllantirishga ta’sir etuvchi bosqichlari va mexanizmlari strukturaviy–funksional jihatdan konseptuallashtirildi;
o‘quvchilarda altruistik fazilatlarni rivojlantirish mexanizmi hamkorlikka asoslangan topshiriqlar, ijtimoiy ahamiyatga ega vaziyatlarni modellashtirish va refleksiv faoliyatni integratsiyalash asosida takomillashtirilib, ularning o‘quvchilarda o‘zaro yordamga yo‘naltirilgan faol xulq–atvor, jamoaviy mas’uliyat va ijtimoiy faollikni shakllantirish samaradorligi eksperimentda qo‘llash orqali ilmiy jihatdan verifikatsiya qilindi;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarda altruistik fazilatlarni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari bO‘yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarda altruistik fazilatlarni rivojlantirishning pedagogik tizimi o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlik faoliyatini dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ijtimoiy foydali faoliyatni tashkil etish, refleksiv tahlil va axloqiy tanlov vaziyatlarini yaratish orqali insonparvarlik, o‘zaro yordam va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik omillar bilan integratsiyalashga oid taklif va tavsiyalardan “Tarbiya” fanini o‘qitish konseptisiyasini takomillashtirishda foydalanilgan ( O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgust 316 sonli buyrug‘i № 923900) Natijada, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda insonparvarlik, o‘zaro yordam va ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi pedagogik omillari aniqlashtirilgan;
o‘quvchi shaxsini tarbiyalashda altruistik fazilatlar va bag‘rikenglik o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik bir-birini to‘ldiruvchi, ammo mazmunan farqlanuvchi tarbiyaviy hodisalar sifatida differensial yondashuv asosida alohida va integrativ rivojlantirish mexanizmi sifatida optimallashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil mart va iyul oylaridagi “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot”, dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston – 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 6-sentyabrdagi 05-09-1364-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi shaxsini tarbiyalashda altruistik fazilatlar va bag‘rikenglik o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik determinatlarini ilmiy jihatdan asoslangan;
aksiologik yondashuv asosida o‘quvchilarda altruistik fazilatlarni rivojlantirish pedagogik modelining jarayonli komponenti dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda qadriyatlarga yo‘naltirilgan faoliyat, ijtimoiy vaziyatli topshiriqlar hamda refleksiv muhokamalarni izchil tashkil etish orqali o‘quvchilarda boshqalarga yordam berishga ichki ehtiyoj, hamkorlikka tayyorlik va ijtimoiy mas’uliyatning barqaror namoyon bo‘lishiga erishish (Respublika Ta’lim markazining 2026-yil 19-martdagi 01/11-11-175-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda altruistik fazilatlar va bag‘rikenglik milliy jihatdan asoslangan;
o‘quvchilarda altruistik fazilatlarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarining takomillashganligi hamkorlikka asoslangan topshiriqlar, ijtimoiy ahamiyatga ega vaziyatlarni modellashtirish hamda refleksiv faoliyatni tizimli tashkil etish asosida o‘quvchilarda o‘zaro yordam ko‘rsatishga faol intilish, jamoaviy mas’uliyatni anglash va altruistik xulq-atvorning amaliy namoyon bo‘lishi orqali dalillashga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-sonli “Yoshlar ilmi-ma’naviy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan berilgan 2024-yil 18-oktyabrdagi 04/11-9104-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda o‘zaro yordam ko‘rsatishga faol intilish, jamoaviy mas’uliyatni anglash va altruistik xulq-atvorning amaliy namoyon bo‘lishiga erishilgan.