Abduraxmonova Gulasal Ravshanovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ona tili  darslarida o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirish  metodikasi (4-sinflar misolida)” 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.1.PhD/Ped3081
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Lutfetdinova Ra’no Xusnetdinovna,  pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.08.01
Rasmiy opponentlar: Hakimov Muhammad Xo‘jaxonovich Farg‘ona davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori (DSc); Mutalov Saidakbar Xamidullo o‘g‘li pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: ona tili darslarida o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini  o‘stirishning dolzarb muammolari tahlili hamda bog‘lanishli nutq malakalarini rivojlantirishdan  iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
zamonaviy ta’lim  muhiti sharoitida o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari, fikrlash, tushunish, tahlil va xulosa bosqichlarida ongli mushohada modellaridan nutqiy, lingvistik, pragmatik kompetensiyalarni  funksional aloqadorligini konsentrli  tizimlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
ona tili darslarida o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishning amaliy komponenti mantiqiy, innovatsion va tanqidiy fikrlashni o‘rgatishga doir innovatsion  mexanizmlarini  xalqaro o‘qitish tizimi bilan milliy o‘qitish tizimining o‘zaro uyg‘unligining kooperativ darajaviyligini bevosita belgilash asosida takomillashtirilgan;
ona tili darslarida o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishning metodik ta’minoti  refleksiv kommunikatsiya muhitida differensial obrazli tushunishdan mantiqiy fikrlashga motivatsiyalovchi dialoglarni qulay    kommunikatsiya jarayonida o‘zaro tahlilini transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
    o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ona tili darslarida  ijodiy va analitik fikrlashni shakllantirishga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi dialogli faoliyat jarayonida o‘zidagi kuchli akmeologik jihatlarini namoyon qilish dinamikasini belgilash orqali aniqlashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ona tili darslarida o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
 zamonaviy ta’lim  muhiti sharoitida o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari, fikrlash, tushunish, tahlil va xulosa bosqichlarida ongli mushohada modellaridan nutqiy, lingvistik, pragmatik kompetensiyalarni  funksional aloqadorligini konsentrli  tizimlashtirish asosida aniqlashtirishgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 16-dekabrdagi 01/11-1-855-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning fikrni mantiqiy, izchil va asosli bayon etish ko‘nikmalari rivojlanib, ularning kommunikativ faolligi hamda mustaqil mushohada yuritish qobiliyati sezilarli darajada oshdi;  
ona tili darslarida o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishning amaliy komponenti mantiqiy, innovatsion va tanqidiy fikrlashni o‘rgatishga doir innovatsion  mexanizmlarini  xalqaro o‘qitish tizimi bilan milliy o‘qitish tizimining o‘zaro uyg‘unigining kooperativ darajaviyligini bevosita belgilash asosida (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim  markazining 2025-yil 16-dekabrdagi 01/11-1-855-son ma’lumotnomasi), natijada, ta’lim  jarayonida o‘quvchilarni bog‘lanishli nutqini rivojlantirish  metodikasini  takomillashtirishga  erishilgan. Natijada o‘quvchilarning fikrni izchil, mantiqiy va asosli bayon etish ko‘nikmalari rivojlanib, bog‘lanishli nutqni shakllantirish metodikasi yanada takomillashtirildi;
o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari ona tili darslarida ijodiy va analitik fikrlashni shakllantirishga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi dialogli faoliyat jarayonida o‘zidagi kuchli akmeologik jihatlarini namoyon qilish dinamikasini belgilash orqali aniqlashtirishga doir takliflar (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan ma’naviy-ma’rifiy ruhdagi ko‘rsatuv va eshittirishlarda o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga doir seminar-trening, uchrashuvlar va o‘quv tadbirlarini rejalashtirish hamda o‘tkazishda dissertatsiya natijalaridan, taklif-tavsiyalar, xulosalar va ilmiy yangiliklaridan foydalangan holda, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Ta’lim  va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”, “Raqamli dunyo” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda (2023-2025 yillar) foydalanilgan). Natijada ta’limiy ko‘rsatuvlarning mazmuni boyitilib, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, kommunikativ faolligi hamda bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodik imkoniyatlar kengaydi;
ona tili darslarida o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishning metodik ta’minoti  refleksiv kommunikatsiya muhitida differensial obrazli tushunishdan mantiqiy fikrlashga motivatsiyalovchi dialoglarni qulay    kommunikatsiya jarayonida o‘zaro tahlilini transformatsiyalash asosida (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim , Fan va Innovatsiyalar Vazirligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2022-2024-yillar davomida bajarilgan REP-25112021/113-raqamli “UzUDT: O‘zbek tilida adabiiy tilni qayta ishlash uchun universal bog‘liqlik daraxti korpusi va uning semantik tahlili” mavzusidagi ilmiy loyiha doirasi)da belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan. Natijada o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirish jarayoni mantiqiy fikrlash, tahlil va o‘zaro muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish orqali yanada takomillashdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish