Qodirjonova Iqbola Bahodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Amerika va o‘zbek bolalar adabiyotida “etim bola” obrazi: davr va ruhiyat (Kristofer Pol Kertis va Xudoyberdi To‘xtaboev asarlari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi (ingliz tili) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3854
Ilmiy rahbar: Umarova Maxliyo Yunusovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/2026.31.01.Fil.45.01.
Rasmiy opponentlar: Lixodzievskiy Anatoliy Stepanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Kasimova Ra’no Rahmatulloevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kristofer Pol Kertis va Xudoyberdi To‘xtaboev asarlarida “etim bola” obrazi tasvirida davr va ruhiyatning badiiy ifodasini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“etim bola” obrazining tadrijiy takomilida G‘arb adabiyotidagi realistik psixologizm paradigmasi, individualizm va ijtimoiy tengsizlikka qarshi ruhiy kurash g‘oyalari hamda Sharq adabiyotiga xos tarbiyaviy-didaktik model, axloqiy komillik konsepti va ijtimoiy mas’uliyatni ulug‘lash an’analari ustuvorligini aniqlash zaminida “etim bola” obrazining shunchaki badiiy-estetik element emas, balki insonning jamiyatdagi mavqei va ma’naviy-axloqiy qiyofasini belgilovchi yaxlit sotsio-psixologik tizim ekanligi qiyosiy, biografik va germenevtik tahlil orqali ochib berilgan;
Kertisga xos afro-amerika og‘zaki hikoyachiligi hamda To‘xtaboev poetikasidagi folklorik kodlarning o‘zaro sintezi oddiy adabiy ta’sir emas, balki an’ana va novatorlik tamoyillari asosida milliy mentalitet hamda umuminsoniy qadriyatlarni interpretatsiya qiluvchi yaxlit badiiy konsepsiya ekanligi qiyosiy-tipologik va poetik tahlil usullari asosida ilmiy isbotlangan;
“etim bola” obrazini talqin qilishda Kertis ijodidagi ijtimoiy determinizm hamda To‘xtaboev asarlaridagi folklorik obrazlilik ustuvorligi, shuningdek, tarixiy davrning estetik refleksiyasi, zamon va makon mutanosibligi va ijtimoiy haqiqatlarning ironiya hamda komizm orqali yoritilishi shunchaki badiiy tasvir vositasi emas, balki ijodkorning ijtimoiy voqelikka munosabatini ifodalovchi badiiy paradigma ekanligi qiyosiy-sotsiologik va biografik tahlil usullari orqali ilmiy asoslangan;
K. P. Kertis va X. To‘xtaboev asarlarida “etim bola” obrazining ruhiy holatlar dinamikasi, emotsional munosabatlar tizimi, ichki konfliktlar, qahramon va jamiyat munosabatlari, ijtimoiy moslashuv jarayonlari va identifikatsiya mexanizmlarining faqat badiiy syujet komponenti emas, balki asarning yetakchi psixologik-badiiy konseptual asosi ekanligi motiv-obraz tahlili, ijtimoiy-madaniy va tipologik qiyoslash metodlari asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amerika va o‘zbek bolalar adabiyotida “etim bola” obrazini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar va xulosalar asosida:
“etim bola” obrazining tadrijiy takomilida G‘arb adabiyotidagi realistik psixologizm paradigmasi, individualizm va ijtimoiy tengsizlikka qarshi ruhiy kurash g‘oyalari hamda Sharq adabiyotiga xos tarbiyaviy-didaktik model, axloqiy komillik konsepti va ijtimoiy mas’uliyatni ulug‘lash an’analari ustuvorligini aniqlash zaminida “etim bola” obrazining shunchaki badiiy-estetik element emas, balki insonning jamiyatdagi mavqei va ma’naviy-axloqiy qiyofasini belgilovchi yaxlit sotsio-psixologik tizim ekanligi qiyosiy, biografik va germenevtik tahlil orqali ochib berilganligiga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Britaniya Kengashi (British Council) bilan hamkorlikda 2020-2022-yillarda amalga oshirilgan “English as a school subject” (1683580) nomli xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihasida samarali foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 8-maydagi 04-04-1/2264-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqaro loyiha doirasida yaratilgan yangi avlod o‘quv adabiyotlari mazmun-mundarijasiga ko‘ra takomillashtirilgan;
Kertisga xos afro-amerika og‘zaki hikoyachiligi hamda To‘xtaboev poetikasidagi folklorik kodlarning o‘zaro sintezi oddiy adabiy ta’sir emas, balki an’ana va novatorlik tamoyillari asosida milliy mentalitet hamda umuminsoniy qadriyatlarni interpretatsiya qiluvchi yaxlit badiiy konsepsiya ekanligi qiyosiy-tipologik va poetik tahlil usullari asosida ilmiy isbotlanganligi borasidagi xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi Toshkent shahri bo‘limi faoliyatida, adabiy kechalarida, ijodkor yoshlar bilan uchrashuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 11-iyuldagi 01-03/908-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalar adabiyotini chuqur o‘rganish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirib, ular o‘rtasidagi kitobxonlikni rag‘batlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni joriy etish, shu bilan birga, Kristofer Pol Kertis va Xudoyberdi To‘xtaboevning obraz yaratish mahorati, ikki xil madaniyatning o‘xshash badiiy qonuniyatlari bo‘yicha bilimlarni oshirishga xizmat qilgan;
“etim bola” obrazini talqin qilishda Kertis ijodidagi ijtimoiy determinizm hamda To‘xtaboev asarlaridagi folklorik obrazlilik ustuvorligi, shuningdek, tarixiy davrning estetik refleksiyasi, zamon va makon mutanosibligi va ijtimoiy haqiqatlarning ironiya hamda komizm orqali yoritilishi shunchaki badiiy tasvir vositasi emas, balki ijodkorning ijtimoiy voqelikka munosabatini ifodalovchi badiiy paradigma ekanligi qiyosiy-sotsiologik va biografik tahlil usullari orqali ilmiy asoslanganligi xususidagi taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-yil sentyabr-dekabr hamda 2025-yil fevral-may oylarida efirga uzatilgan “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 4-avgustdagi 05-09-1272-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning Kristofer Pol Kertis va Xudoyberdi To‘xtaboev ijodiy uslubi, asarlarining ijtimoiy va ma’naviy ahamiyati, obraz yaratish mahoratidagi universallik hamda o‘ziga xoslik bo‘yicha bilimlarini oshirishga erishilgan;
K. P. Kertis va X. To‘xtaboev asarlarida “etim bola” obrazining ruhiy holatlar dinamikasi, emotsional munosabatlar tizimi, ichki konfliktlar, qahramon va jamiyat munosabatlari, ijtimoiy moslashuv jarayonlari va identifikatsiya mexanizmlarining faqat badiiy syujet komponenti emas, balki asarning yetakchi psixologik-badiiy konseptual asosi ekanligi motiv-obraz tahlili, ijtimoiy-madaniy va tipologik qiyoslash metodlari asosida dalillanganiga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2023-2025-yillarda bajarilishi mo‘ljallangan “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 20-fevraldagi 04-04-1/852-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tashkil qilingan, doktorlik dissertatsiyalari asosiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan “Komparativistika” jurnalida “Kristofer Pol Kertis va Xudoyberdi To‘xtaboev asarlarida “etim bola” obrazi poetikasi” nomli maqola chop etilgan.