Abdikadirov Ulug‘bek Qaxramonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yaxshi sifatli xolangit kasalligi bilan kasallangan bemorlarni jarrohlik davolashni zamonaviy jihatlari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3213.
Ilmiy rahbar: Kadirov Rustam Nadirovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.03.
Rasmiy opponentlar: Sherbekov Ulug‘bek Axrarovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Atajanov Shuxrat Komilovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: V.I.Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: xolangit bilan kasallangan bemorlarni kompleks davolash natijalarini yaxshilash maqsadida miniinvaziv texnologiyalardan foydalangan holda jarrohlik korreksiya usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor klinik material tahlili asosida yaxshi genezli xolangit rivojlanishining asosiy sabablari va miniinvaziv biliar dekompressiyasiz bajarilgan radikal operatsiyalardan keyin septik-xolemik asoratlar (26,6%) hamda o‘lim (6,3%) rivojlanishiga olib keluvchi bosh omillar aniqlangan;
endotoksemiya darajasi, jigar o‘t yo‘llarining bakterial zararlanishi va poliorgan etishmovchiligi asosida xolangitni jarrohlik yo‘li bilan davolash usullarini tanlashning tabaqalashtirilgan algoritmi (bir bosqichli miniinvaziv, ikki bosqichli miniinvaziv, ikki bosqichli kombinatsiyalashgan) amaliyotga joriy etish natijasida asoratlar chastotasi 26,6 %dan 14,9 %gacha kamaygani aniqlangan;
xolemik endotoksikozni korreksiya qilish uchun detoksikatsion antigipoksant va antioksidant terapiyani (meglyumin natriy suksinat, L-ornitin-L-aspartat, α-tokoferol atsetat, askorbin kislotasi, reamberin) kompleks qo‘llash qisqa vaqt ichida umumiy bilirubin, AsAT, AlAT darajasini, shuningdek, operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirishi aniqlangan;
xolestaz va yiringli intoksikatsiya belgilarini bartaraf etish, septik, xolemik asoratlar chastotasini va o‘lim holatlarini kamaytirish uchun dekompressiv miniinvaziv hamda endoskopik transduodenal aralashuvlarni ustuvor qo‘llashni nazarda tutuvchi kompleks jarrohlik taktikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yaxshi sifatli genezli xolangitni kompleks jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 15.08.2025 y. 23/05-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor klinik material tahlili asosida yaxshi genezli xolangit rivojlanishining asosiy sabablari va miniinvaziv biliar dekompressiyasiz bajarilgan radikal operatsiyalardan keyin septik-xolemik asoratlar (26,6%) hamda o‘lim (6,3%) rivojlanishiga olib keluvchi bosh omillar aniqlangan Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi (29.05.2025 y. 60-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyati filiali (12.03.2025 y. 131U-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: operatsiyagacha bo‘lgan davrda yaxshi genezli xolangit rivojlanishining asosiy sabablarini aniqlash va davolashdagi qoniqarsiz natijalar omillarini baholash kasallikning erta bosqichida to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolash taktikasini tanlash samaradorligini oshiradi, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yaxshi genezli xolangitning asosiy sabablari va davolashdagi qoniqarsiz natijalar omillarini erta aniqlash orqali bemorlarning statsionarda davolanish muddati o‘rtacha 3–4 kunga (25–30%) qisqardi. Natijada statsionar xizmatlar, dori-darmonlar va qo‘shimcha tekshiruvlarga sarflanadigan xarajatlarning kamayishi hisobiga 1 bemor hisobida o‘rtacha 3200000 – 3800000 so‘m miqdorida iqtisodiy tejamkorlikka erishildi. Xulosa: yaxshi genezli xolangit rivojlanish sabablari va davolashdagi qoniqarsiz natijalar omillarini klinik holatlar tahlili asosida aniqlash kasallikni erta tashxislash va optimal davolash taktikasini tanlashga yordam beradi. Bu esa davolash samaradorligini oshirib, asoratlar chastotasini kamaytiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: endotoksemiya darajasi, jigar o‘t yo‘llarining bakterial zararlanishi va poliorgan etishmovchiligi asosida xolangitni jarrohlik yo‘li bilan davolash usullarini tanlashning tabaqalashtirilgan algoritmi (bir bosqichli miniinvaziv, ikki bosqichli miniinvaziv, ikki bosqichli kombinatsiyalashgan) amaliyotga joriy etish natijasida asoratlar chastotasi 26,6 %dan 14,9 %gacha kamaygani aniqlangan, natijada asoratlar chastotasi 26,6% dan 14,9% gacha kamaytirilgan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi (29.05.2025 y. 60-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyati filiali (12.03.2025 y. 131U-son buyruq). Ijtimoiy samaradorligi: klinika amaliyotiga xolangitni davolashda bosqichli yondashuvni joriy etish, ya’ni kasallikning davomiyligi, kelib chiqish sabablari va jigar etishmovchiligi darajasiga qarab bir bosqichli va ikki bosqichli miniinvaziv yoki kombinirlangan jarrohlik usullarini tanlash mezonlari asosida harakat algoritmi taklif etildi. Operativ davolashga ko‘rsatmalarni aniqlash va operatsiya hajmini optimal tanlash uchun takomillashtirilgan mezonlar ishlab chiqildi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikning davomiyligi, etiologiyasi va jigar etishmovchiligi darajasiga qarab bosqichli (bir va ikki bosqichli) miniinvaziv hamda kombinirlangan jarrohlik usullarini qo‘llash statsionar davolanish muddatini o‘rtacha 4–5 kunga (30–35%) qisqartirdi. Dori-darmon sarfi 20–25%, takroriy operatsiyalar ehtiyoji esa 15–18% ga kamaydi. Ushbu yondashuv natijasida 1 bemor hisobida o‘rtacha 4500000 – 5200000 so‘m iqtisodiy tejamkorlik ta’minlandi. Xulosa: xolangitni davolashda bosqichli yondashuvni joriy etish operativ davolash ko‘rsatmalarini aniqlashtirish va operatsiya hajmini optimal tanlash imkonini beradi. Bu yondashuv klinik va iqtisodiy samaradorlikni oshiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: xolemik endotoksikozni korreksiya qilish uchun detoksikatsion antigipoksant va antioksidant terapiyani (meglyumin natriy suksinat, L-ornitin-L-aspartat, α-tokoferol atsetat, askorbin kislotasi, reamberin) kompleks qo‘llash qisqa vaqt ichida umumiy bilirubin, AsAT, AlAT darajasini, shuningdek, operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi (29.05.2025 y. 60-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyati filiali (12.03.2025 y. 131U-son buyruq). Ijtimoiy samaradorligi: xolemik endotoksikoz holatida antigipoksant va antioksidant terapiya bilan uyg‘unlashtirilgan detoksikatsiya usulini qo‘llash bemorlarning umumiy holatini tezroq barqarorlashtirishga, jarrohlik aralashuvga tayyorgarlik sifatini oshirishga va amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirishga olib keladi. Bu esa bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: xolemik endotoksikozni antigipoksant va antioksidant terapiya bilan uyg‘unlashtirilgan detoksikatsiya usuli yordamida korreksiyalash bemorlarning umumiy holatini barqarorlashish muddatini 2–3 kunga (20–25%) tezlashtirdi. Amaliyotdan keyingi asoratlar chastotasi 17–20% ga kamaydi. Statsionar davolanish muddati va qayta jarrohlik aralashuvlar sonining qisqarishi hisobiga 1 bemor hisobida o‘rtacha 3800000 – 4400000 so‘m miqdorida iqtisodiy samara olindi. Xulosa: xolemik endotoksikozda kompleks detoksikatsiya usulini qo‘llash operatsiyadan oldingi tayyorgarlik sifatini oshiradi, jigar funksiyasini tezroq tiklaydi va davolash natijalarini sezilarli yaxshilaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: xolestaz va yiringli intoksikatsiya belgilarini bartaraf etish, septik, xolemik asoratlar chastotasini va o‘lim holatlarini kamaytirish uchun dekompressiv miniinvaziv hamda endoskopik transduodenal aralashuvlarni ustuvor qo‘llashni nazarda tutuvchi kompleks jarrohlik taktikasi ishlab chiqilgan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Samarqand bekati birlashgan kasalxonasi (29.05.2025 y. 60-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyati filiali (12.03.2025 y. 131U-son buyruq). Ijtimoiy samaradorligi: amaliyotdan keyingi natijalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, eng yaxshi ko‘rsatkichlar dekompressiv miniinvaziv aralashuvlarni ustuvor ravishda qo‘llagan holda kompleks jarrohlik davolash o‘tkazilgan bemorlar guruhida qayd etildi. Shu bilan birga, kompleks davolash natijasida asoratlar chastotasi sezilarli darajada kamaydi va bemorlarning tiklanish davri qisqardi. Iqtisodiy samaradorligi: xolangitni kompleks jarrohlik yo‘li bilan davolashda dekompressiv miniinvaziv aralashuvlarni ustuvor qo‘llash statsionar davolanish muddatini o‘rtacha 5–6 kunga (35–40%) qisqartirdi. Operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasi 20–25%, takroriy operatsiyalar zaruriyati esa 18–22% ga kamaydi. Ushbu omillar hisobiga 1 bemor hisobida o‘rtacha 5500000 – 6200000 so‘m iqtisodiy tejamkorlikka erishildi. Xulosa: dekompressiv miniinvaziv aralashuvlarni ustuvor joriy etish orqali xolangitni kompleks jarrohlik yo‘li bilan davolash eng yaxshi klinik va iqtisodiy natijalarni ta’minlaydi. Ushbu yondashuv bemorlarning tiklanish davrini qisqartiradi, davolash samaradorligini oshiradi va sog‘liqni saqlash tizimi uchun sezilarli iqtisodiy foyda keltiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish