Qurbanov Davron Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Orol bo‘yi hududidan  olingan kaolin materialining  tarkibini  nazariy  va  eksperimental o‘rganish” mavzusidagi 01.04.10-Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.4.PhD/FM1428 
Ilmiy rahbar: Karajanov Smagul Jangabergenovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Ilmiy maslahatchi: Yakubov Komiljon Ruzmetovich, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12. FM.06.03 Raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Rasulov Rustam Yavkachovich   Fizika-matematika fanlari doktori, professor, Kamalov Amangeldi  Bazarbaevich, Fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Dissertatsiya ishining maqsadi: Orolbo‘yi hududining mahalliy kaolin xomashyosi hamda u asosida ajratib olingan oksid materiallarning fazaviy-tuzilmaviy va elektron xossalarini zamonaviy eksperimental va nazariy hisoblash usullari yordamida kompleks tadqiq etish orqali, ulardan zamonaviy sensor va mikroelektronika qurilmalari uchun arzon hamda muqobil yarimo‘tkazgich material sifatida foydalanishning ilmiy-amaliy asoslarini yaratishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Orolbo‘yi hududi kaolini va metakaolinining fazaviy-tuzilmaviy xususiyatlari asosida ularning qatlamli morfologiyasi hamda kristall panjarasidagi Al–O–Si, Si–O va Al–OH kovalent-ion bog‘lanishlarining modda sirtidagi fizik-kimyoviy jarayonlarga ta’sir mexanizmi ochib berilgan; 
ilk bor SEM morfologik tahlillari asosida kaolin namunasining tartiblangan qatlamli tuzilishga ega ekanligi hamda metakaolinda plastinkasimon tuzilmaviy xususiyatlar mavjudligi aniqlangan;
ilk bor o‘tish metallari (Fe, Zn, Cu, Cr) kiritilgan kaolin, SiO2, Al2O3 va TiO2 materiallarida taqiqlangan zonaning o‘zgarishi hamda qo‘shimcha yarimo‘tkazgich xususiyatli energetik sathlar shakllanishining fizik mexanizmlari  asoslangan;
ilk bor Si, Al2O3, TiO2 va SiO2 materiallaridan tashkil topgan geterostruktura chegaralarida Si–O–Si, Si–O–Ti hamda Si–O–Al interfeys bog‘lanishlarining hosil bo‘lish qonuniyatlari va interfeys hududidagi kislorod atomlari bo‘ylab zaryadlar (Bader zaryadlari) taqsimlanishining ko‘chish mexanizmlari aniqlangan;
ilk bor geterostrukturali sirtlarda gaz molekulalarining o‘zaro ta’sirlashuv modellari asosida Si va SiO2 sirtlarining NO2 hamda SO2 gazlariga nisbatan yuqori adsorbsion faollik va selektivlik xususiyatlarini namoyon etishi isbotlangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Orol bo‘yi hududidan olingan kaolin materialining tarkibini  nazariy  va  eksperimental o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
  Titan oksid sirtining H2O va SO2 gazlar bilan o‘zaro ta’siridagi mos ravishda 0.8eV hamda 0.27eV adsorbsiya energiyasining shakllanishiga oid natijalar Buyuk Britaniyaning Ekseter universiteti tomonidan 2023–2025 yillarda amalga oshirilgan 101087367-sonli “Antibakterial aqlli qoplamalar” xalqaro tadqiqot loyihasiga joriy qilingan(Ekseter universitetining 2025-yil 26-noyabrdagi 10-12-00-son ma’lumotnomasi). Natijada, titan oksid sirtlarida  H2O va  SO2 gaz molekulalarining yuqori adsorbsiyalanish xususiyatidan foydalanib, antibakterial qoplamalarda zararli gazlarni samarali ushlab qolish va ularning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishga erishilgan.
    Metakaolinning spektroskopik  tahlillari asosida Si2p spektrida   103.28 eV energiyali Si-O kimyoviy bog‘lanishlarga oid natijlar  Xitoyning  Sichuan universiteti va sanoat korxonalari hamkorligida bajarilgan 23H0521-raqamli “Materialshunoslikda kompozit materiallar nuqsonlarini xarakterlash va yuza nuqsonlarini modellashtirish”  xalqaro tadqiqot loyihasida amaliyotga qo‘llanilgan (Sichuan universitetining 2025-yil 10-noyabrdagi 2025-11-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompozit materiallarning chegara sohasida hosil bo‘ladigan nuqsonlarni shakllantiruvchi elementlarni modellashtirish aniqligini hamda sirt yuza jarayonlarini bashorat qilish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
    SiO2 ga rux (Zn) atomlarini kiritish orqali taqiqlangan zonani qisqartirish va 0.839 eV energiyaga ega infraqizil sohada sezgir energetik sath hosil qilish texnologiyasi Toshkent davlat texnika universitetida bajarilgan FL-8824063221-sonli “Getterlovchi kirishma atomlari bilan legirlangan kremniyli fotoelektrik quyosh energiyasi o‘zgartirgichlarining radiatsiyaga bardoshliligini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental loyihaga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 16-dekabrdagi 04-22-2097-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilmalarning infraqizil nurlanish sharoitidagi ish ko‘rsatkichlarini hamda fotoelektrik o‘zgartirgichlarning radiatsiyaga bardoshlilik samaradorligini sezilarli darajada oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish