Mo‘minov Ulug‘bek Raximjonovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Lotka-Volterra operatorlarini bigraflarga va viruslarning o‘zaro ta’sir evolyusiyasini tavsiflashda qo‘llash”, 05.01.07– Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.4.PhD/FM1435
Ilmiy rahbar: Eshmamatova Dilfuza Baxromovna, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.10/2025.27.12.FM/T.01.08 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Hayotov Abdulla Raxmonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Azamov Siroj Sobirovich, fizika-matematika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. da aniqlangan blokli kososimmetrik matrisaga mos Lotka–Volterra tipidagi kvadratik operatorlar dinamikasini tahlil qilish hamda olingan nazariy natijalar asosida ikkita matematik model qurishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
blokli kososimmetrik matrisaga ega bo‘lgan kvadratik Lotka-Volterra operatorlari dinamikasi to‘liq tavsiflangan;
simpleksning hamda bigraflar yordami bilan Lotka-Volterra operatorlari asosida mavjud barcha signaturalar aniqlangan;
aniqlangan signaturalarga muvofiq simpleksni ko‘pyoqlarga ajratilgan va ular orasidagi o‘tish marshrutlari aniqlangan;
ikki shtammli viruslarning o‘zaro ta’sir evolyusiyasini aks ettiruvchi hamda emlash va havodagi virus yukini hisobga oluvchi matematik modellari qurilgan;
qurilgan modellar asosida sonli algoritmlar ishlab chiqilib, amaliy sinovdan o‘tkazilgan, natijalar vizualizatsiya qilinib, statistik tahlil asosida qo‘llanish sohalari baholangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Lotka-volterra operatorlarini bigraflarga va viruslarning o‘zaro ta’sir evolyusiyasini tavsiflashda qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
to‘rt o‘lchamli simpleksni aniqlangan signaturalarga mos ko‘pyoqlarga bo‘lish, ular orasidagi marshrutlarni aniqlash, ikki shtammli viruslar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir evolyusiyasi modelini tuzish va ularning dinamikasini simulyasiya qilish kabi natijalardan O‘sh-Ind-374874-2022 sonli amaliy loyihada qo‘llanilgan (O‘sh Davlat Universitetining 2025-yil 30 oktyabrdagi 1497-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ikki shtammli viruslarning o‘zaro ta’sir evolyusiyasini modellashtirish hamda ularning dinamikasini kompyuter simulyasiyasi orqali tahlil qilish imkonini bergan.
blok-kososimmetrik matrisaga mos Lotka-Volterra operatorlarining qo‘zg‘almas nuqtalarining harakteristik natijalari hamda qo‘shni ko‘pyoqlar orqali xosil qilingan slindrsimon grafda traektoriyalar harakati uchun olingan ilmiy natijalardan UZB-Ind-2021-98-sonli “Avtomatrisalarning xizmat muddatini uzaytirish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi innovatsion loyihada qo‘llanilgan (Toshkent davlat transport universitetining 2025-yil 6 noyabrdagi 04-01/8129-sonli ma’lumotnomasi). Natijada avtomatrisa tizimlarining ishlash barqarorligini baholash, texnologik jarayonlarning barqarorligini oshirish hamda ekspluatatsion ko‘rsatkichlarni yaxshilash imkonini bergan.