Pulatov Baxodir Abduraupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Yoshlar tafakkurida harbiy qahramonlik idealini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlari” 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal991
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.F.10.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Saidov Ixtiyor Mizrabovich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Xolmirzaev Nodirjon Nizomjonovich falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Sobirov Ne’mat Sobirovich falsafa fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlar tafakkurida harbiy qahramonlik ideallarini shakllantirishning falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“qahramonlik”, “harbiy qahramonlik”, “ideallik”, “harbiy qahramonlik ideali”ning falsafiy-axloqiy, ijtimoiy-ma’naviy mohiyatiga doir konseptual qarashlar asosida harbiy qahramonlik idealini mustahkamlovchi va aksincha uni emiruvchi “deviantlik”, “marginallashuv”, “lyupenlashuv”, “kosmopolitik” kabi tushunchalarning ijtimoiy-falsafiy mohiyati ochib berilgangan;
“harbiy qahramonlik ideali” fenomeni hamda yoshlar tafakkurida harbiy qahramonlik idealini shakllantirish, harbiy qahramonlarning vatanpavarligi, sadoqati, fidoyiligi va namuna bo‘lish sifatlarini yoshlarga singdirishning gnoseologik va aksiologik xususiyatlari qiyosiy tahlil yordamida asoslangan;
“harbiy qahramonlik ideali”ni shakllantirishning falsafiy-axloqiy, ijtimoiy-ma’naviy ta’sir mexanizmlarini ishlab chiqish, qahramonlik ideali portretini yaratish asosida tarixiy ideallik qiyofasini yaratish, shu asosida ijtimoiy barqarorlikni shakllantirish omillari klassifikatsiya qilingan;
o‘zbek xalqining tarixiy va harbiy qahramonlik merosi, qahramon shaxslarning jasoorati, qahramonlik namunalari, tarixiy jarayonlardagi harbiy qahramonlarning shaxsiyatininamoyon bo‘lishini falsafiy tahlil qilish asosida yoshlar tafakkrida harbiy qahramonlik ideallarini rivojlantiruvchi ijtimoiy mexanizmlarni takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar tafakkurida harbiy qahramonlik idealini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan falsafiy-axloqiy takliflar asosida:
“qahramonlik”, “harbiy qahramonlik”, “ideallik”, “harbiy qahramonlik ideali”ning falsafiy-axloqiy, ijtimoiy-ma’naviy mohiyatiga doir konseptual qarashlar asosida harbiy qahramonlik idealini mustahkamlovchi (ratsional, pragmatik) va aksincha uni emiruvchi (deviantlik, marginallashuv, lyupenlashuv, kosmopolitik) omil va yondashuvlar asoslanganligiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-542-raqamli “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish, ularning xotirasini abadiylashtirish va ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalarining ta’lim va tarbiyadagi ahamiyati yoritilgan elektron platforma va multimediali kompleksini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 14-iyuldagi 04/11-9142-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi yoshlar tafakkurida harbiy qahramonlik idealini shakllantirishning ishontirish, namunaviylik, maqsadlilik, rag‘batlantirish yondashuvlarining ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.
“harbiy qahramonlik ideali” fenomeni hamda yoshlar tafakkurida harbiy qahramonlik idealini shakllantirish, harbiy qahramonlarning vatanpavarligi, sadoqati, fidoyiligi va namuna bo‘lish sifatlarini yoshlarga singdirishning gnoseologik va aksiologik xususiyatlari tizimli-funksional tamoyil asosida ochib berilganligiga doir ilmiy yangiliklardan “O‘zbekiston teleradiokanalai” DMda 2023-2024 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston-24 ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 24-oktyabrdagi 05-09-1673-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi “harbiy qahramonlik ideali” fenomeni hamda yoshlar tafakkurida harbiy qahramonlik idealini shakllantirish, harbiy qahramonlarning vatanpavarligi, sadoqati va fidoyiligi, namuna bo‘lish sifatlarini yoshlarga singdirishning gnoseologik va aksiologik xususiyatlarini tizimli-funksional tamoyil asosida ochib berishga xizmat qilgan;
“harbiy qahramonlik ideali”ni shakllantirishning falsafiy-axloqiy, ijtimoiy-ma’naviy ta’sir mexanizmlarini ishlab chiqish, qahramonlik ideali portretini yaratish asosida tarixiy ideallik qiyofasini yaratish, shu asosida ijtimoiy barqarorlikni shakllantirish omillari ochib berilganligiga doir ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-542-raqamli “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish, ularning xotirasini abadiylashtirish va ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalarining ta’lim va tarbiyadagi ahamiyati yoritilgan elektron platforma va multimediali kompleksini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 14-iyuldagi 04/11-9142-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi yoshlar tafakkurida harbiy qahramonlik idealini shakllantirishning ishontirish, namunaviylik, maqsadlilik, rag‘batlantirish yondashuvlarining ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
o‘zbek xalqining tarixiy va harbiy qahramonlik merosi, qahramon shaxslarning jasoorati, qahramonlik namunalari, tarixiy jarayonlardagi harbiy qahramonlarning shaxsiyatininamoyon bo‘lishini falsafiy tahlil qilish asosida yoshlar tafakkrida harbiy qahramonlik ideallarini shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy mexanizm ochib berilganligiga doir ilmiy yangiliklardan “O‘zbekiston teleradiokanalai” DMda 2023-2024 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston-24 ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 24-oktyabrdagi 05-09-1673-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi “harbiy qahramonlik ideali” fenomeni hamda yoshlar tafakkurida harbiy qahramonlik idealini shakllantirish, harbiy qahramonlarning vatanpavarligi, sadoqati va fidoyiligi, namuna bo‘lish sifatlarini yoshlarga singdirishning gnoseologik va aksiologik xususiyatlarini tizimli-funksional tamoyil asosida ochib berishga xizmat qilgan.