Zarekeev Ajiniyaz Abatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzumchilikda mahsulot etishtirish samaradorligini oshirish istiqbollari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4000.
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.04.12.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaev Kayrulla, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Farmanov Jonibek Ziyadullaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: uzumchilikda agroiqtisodiy resurslardan samarali foydalanish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali mahsulot etishtirishda samaradorlikni oshirish yo‘llarini aniqlash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzumchilik xo‘jaliklarida kooperativ xarajatlarni kamaytirishda mayda uzumchilik fermerlarini kooperatsiyalash orqali o‘g‘it, kimyoviy vosita, qadoq materiallari va servis xizmatlarini jamoaviy xarid (JX) hamda autsorsing (A) asosida tashkil etish bo‘yicha maqbul nisbat (JX = 0,67; A = 0,33)ni ta’minlash taklifi ishlab chiqilgan;
uzumchilik xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligini kompleks baholash uzumchilik mahsulotlari bozori shakllanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, tashkiliy va texnologik omillarni tizimli ravishda guruhlashtirish hamda uzumchilik xo‘jaliklari uchun tomchilab sug‘orishni joriy etish samaradorligini “1 m³ suvga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat” va “1 kVt·soat energiyaga to‘g‘ri keladigan hosil” ko‘rsatkichlari orqali takomillashtirilgan;
uzum mahsulotini sotishda narx tebranishlari va sotuv xavfini kamaytirish maqsadida fermer-qayta ishlovchi (xaridor) o‘rtasidagi kontrakt tizimi oldindan kelishilgan hajm, sifat standarti, narx shakllantirish tartibini joriy etish orqali daromad barqarorligini ta’minlaydigan “xavfni taqsimlash” jarayonlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida uzumchilik tarmog‘ining tabiiy-iqlimiy sharoitlari, resurs ta’minoti va bozor ehtiyojlarini hisobga olgan holda tarmoqni 2030-yilgacha barqaror rivojlantirishga qaratilgan hududiy prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uzumchilikda mahsulot etishtirish samaradorligini rivojlantirish yuzasidan olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
Uzumchilik xo‘jaliklarida kooperativ xarajatlarni kamaytirishda mayda uzumchilik fermerlarini kooperatsiyalash orqali o‘g‘it, kimyoviy vosita, qadoq materiallari va servis xizmatlarini jamoaviy xarid (JX) hamda autsorsing (A) asosida tashkil etish bo‘yicha maqbul nisbat (JX = 0,67; A = 0,33)ni ta’minlash taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotda foydalangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 6 noyabrdagi 04/010-4307-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uzumchilik xo‘jaliklarida materiallar va xizmatlarni jamoaviy xarid hamda autsorsing maqbul nisbati asosida tashkil etish kooperatsiya xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan;
Uzumchilik xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligini kompleks baholash uzumchilik mahsulotlari bozori shakllanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, tashkiliy va texnologik omillarni tizimli ravishda guruhlashtirish hamda uzumchilik xo‘jaliklari uchun tomchilatib sug‘orishni joriy etish samaradorligini “1 m³ suvga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat” va “1 kVt·soat energiyaga to‘g‘ri keladigan hosil” ko‘rsatkichlari orqali takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotda foydalangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 6 noyabrdagi 04/010-4307-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uzumchilik xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligini kompleks baholash takomillashib, suv va energiyani tejashga undovchi ishlab chiqarishni rag‘batlantirish imkoniyati yaratilgan;
Uzum mahsulotini sotishda narx tebranishlari va sotuv xavfini kamaytirish maqsadida fermer-qayta ishlovchi (xaridor) o‘rtasidagi kontrakt tizimi oldindan kelishilgan hajm, sifat standarti, narx shakllantirish tartibini joriy etish orqali daromad barqarorligini ta’minlaydigan “xavfni taqsimlash” jarayonlarini kiritish orqali takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotda foydalangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 6 noyabrdagi 04/010-4307-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uzum mahsulotini sotishda narx tebranishlari va sotuv xavfining kamayishi uzum mahsulotlari sotish hajmini oshirish hamda daromad barqarorligini ta’minlash imkonini yaratgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida uzumchilik tarmog‘ining tabiiy-iqlimiy sharoitlari, resurs ta’minoti va bozor ehtiyojlarini hisobga olgan holda tarmoqni 2030 yilgacha barqaror rivojlantirishga qaratilgan hududiy prognoz qiymatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan strategik hujjatlarni ishlab chiqishda foydalangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 6 noyabrdagi 04/010-4307-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududda uzumchilik klasterlarini shakllantirish, qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish, eksport salohiyatini ikki barobar oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash imkoniyati aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish