Rajabov San’atjon Sunatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akademik Bo‘riboy Ahmedov tadqiqotlarining Buxoro tarixini o‘rganishdagi ilmiy-metodologik ahamiyati”, 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tar1362
Ilmiy rahbar: To‘raev Halim Hojievich, tarix fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Tar.08.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rahimov Komiljon Rahmatovich - tarix fanlari doktori (DSc), professor; Madraimov Abdumajid Abduraimovich - tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik B.Ahmedov ilmiy merosida Buxoro tarixi bag‘ishlangan asarlarning o‘rni, tadqiq etilishining o‘ziga xos jihatlari, o‘zbek davlatchiligi tarixida Buxoroning o‘rni hamda tarixiy topografiya masalalarining olim tomonidan o‘rganilishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akademik B.Ahmedov tomonidan Buxoro tarixini o‘rganishda birlamchi manbalar qiyosiy tahlil qilinib, ularning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rsatilgani, birlamchi manbalarning asosiy va muhimlarini tadqiq qilishda olim saralash metodini qo‘llagani, manbalarni original va kompliyativ turlarga ajratgani hamda bunday yondashuv manbani o‘rganayotgan tadqiqotchidan o‘sha manbani boshdan-oyoq, sinchkovlik bilan o‘qib chiqishni taqozo qilishini va B.Ahmedov buni to‘liq uddalagani aniqlandi;
Buxoro tarixiga oid B.Ahmedovning asarlari ilk bor mavzuviy, janriy va xronologik mezonlar asosida tasniflandi. Bu yondashuv uning tadqiqotlaridagi ilmiy yo‘nalishlar evolusiyasini aniqlash imkonini berganligi dalillandi;
B.Ahmedovning o‘zbek davlatchiligi tarixidagi Buxoroning o‘rniga doir qarashlari chuqur tahlil qilinib, uning tarixiy davrlar bo‘yicha metodologik yondashuvi aniqlandi va Buxoro tarixiy geografiyasi masalalariga olimning yondashuvi alohida o‘rganilib, u yaratgan tarixiy-geografik makon konsepsiyasi tarixshunoslik doirasida baholandi;
“Abdullanoma” va adabiy tazkiralar singari tarixiy-adabiy manbalarning B.Ahmedov tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tahriri va sharhlanishi ilk bor alohida tahlilga olindi hamda ularning tarixiy qiymati ko‘rsatildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Akademik B.Ahmedov tadqiqotlarida Buxoro tarixining yoritilishi nazariy metodologik ahamiyati masalalarini tahlil qilish natijasida olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
akademik B.Ahmedov tomonidan Buxoro tarixini o‘rganishda birlamchi manbalar qiyosiy tahlil qilinib, ularning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rsatilgani, birlamchi manbalarning asosiy va muhimlarini tadqiq qilishda olim saralash metodini qo‘llagani, manbalarni original va kompliyativ turlarga ajratgani hamda bunday yondashuv manbani o‘rganayotgan tadqiqotchidan o‘sha manbani boshdan-oyoq, sinchkovlik bilan o‘qib chiqishni taqozo qilishini va B.Ahmedov buni to‘liq uddalagani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Buxoro viloyat teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Assalom Buxoro”, “Buxoro bo‘ylab”, “Moziydan sado” kabi ko‘rsatuvlarni tayyorlashda keng foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro viloyati teleradiokanali” Davlat muassasasining 2025-yil 2-avgustdagi 02-09-son ma’lumotnomasi). Berilgan ma’lumotlar ko‘rsatuvlar tarixiy tafakkurni o‘stirishga, yoshlar ongida milliy qadriyatlarni qadrlash va madaniy merosni asrab-avaylash g‘oyalarini keng targ‘ib etishga xizmat qilgan.
Buxoro tarixiga oid B.Ahmedovning asarlari ilk bor mavzuviy, janriy va xronologik mezonlar asosida tasniflandi. Bu yondashuv uning tadqiqotlaridagi ilmiy yo‘nalishlar evolusiyasini aniqlash imkonini berganligi oid ilmiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan ”Tarix maydoni” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat unitar korxonasining 2025-yil 8-avgustdagi 01-33/606-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuv Buxoro tarixini o‘rganishda akademik B.Ahmedov ilmiy merosining tutgan o‘rni borasidagi teletomoshabinlarning tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.
B.Ahmedovning o‘zbek davlatchiligi tarixidagi Buxoroning o‘rniga doir qarashlari chuqur tahlil qilinib, uning tarixiy davrlar bo‘yicha metodologik yondashuvi aniqlandi va Buxoro tarixiy geografiyasi masalalariga olimning yondashuvi alohida o‘rganilib, u yaratgan tarixiy-geografik makon konsepsiyasi tarixshunoslik doirasida baholangani to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi faoliyatida keng qo‘llanildi  (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2025-yil 28-avgustdagi 04-05/3441-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi muzey fondini Bo‘riboy Ahmedov faoliyati va uning ilmiy merosini borasidagi materiallar bilan boyitishga xizmat qildi.
“Abdullanoma” va adabiy tazkiralar singari tarixiy-adabiy manbalarning B.Ahmedov tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tahriri va sharhlanishi ilk bor alohida tahlilga olindi hamda ularning tarixiy qiymati haqidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda keng foydalanildi (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 11-sentyabrdagi 10/573-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotda qo‘llanishi yoshlarning tarixiy tafakkurini shakllantirish, tarixiy manba va shaxsiyatlarga asoslangan tahliliy yondashuvlarni keng joriy etish, Buxoro tarixini o‘rganishda chuqur ilmiy asoslash hamda yosh avlodni tarixiy bilim va g‘urur ruhida tarbiyalash borasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish