Kalbaev Muratbay Aytbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Agrar soha korxonalarida aylanma mablag‘lar va ulardan samarali foydalanish yo‘llari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4657.
Ilmiy rahbar: Mirzanov Berdak Joldasbaevich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.1.04.12.
Rasmiy opponentlar: Salaev San’atbek Kamilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Shovqi Djuraevich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi tashkilotlarida aylanma mablag‘larni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish orqali ularning faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan nazariy-uslubiy yondashuvlar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qishloq xo‘jaligi korxonalarining aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi darajasini baholash aylanma mablag‘larning aktivlardagi ulushini “juda qoniqarsiz” (AUay.mab.<0,3), “qoniqarsiz” (AUay.mab.=0,3–0,4), “qabul qilinadigan darajada” (AUay.mab. = 0,4 – 0,5), “yaxshi” (AUay.mab. = 0,5 – 0,6), “a’lo” (AUay.mab. > 0,6) ga ko‘ra guruhlash (klasterlash) mezonlari asosida takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi korxonalarining aylanma mablag‘laridan samarali foydalanishda zaxiralar ulushining ortiqcha bo‘lishining samaradorlikni pasaytirishga ta’sirini aniqlash asosida yuqori samaradorlikni ta’minlovchi zaxiralar ulushining 
(50% ≤ ZUay.mab .≤ 70%) eng maqbul diapazoni asoslangan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ilmiy yondashuv va innovatsion boshqaruv uslublarini joriy etish asosida mablag‘lar aylanishini Pareto tamoyilidan foydalangan holda, ABC tahlil, logistika va raqamli monitoring tizimlariga ko‘ra boshqarish orqali aylanish koeffisientini (20% ≤ AK ≤ 25%) oshirishning miqdoriy chegaralari asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi agrar soha korxonalarining aylanma mablag‘laridan samarali foydalanishni ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarining ARIMA modellari asosidagi 2030 yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida aylanma mablag‘larni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
qishloq xo‘jaligi korxonalarining aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi darajasini baholash aylanma mablag‘larning aktivlardagi ulushini “juda qoniqarsiz” (AUay.mab. < 0,3), “qoniqarsiz” (AUay.mab. = 0,3 – 0,4), “qabul qilinadigan darajada” (AUay.mab. = 0,4 – 0,5), “yaxshi” (AUay.mab. = 0,5 – 0,6), “a’lo” (AUay.mab. > 0,6) ga ko‘ra guruhlash (klasterlash) mezonlari asosida takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 25 noyabrdagi 04/06-4569-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi korxonalarida klassifikatsion modelni joriy etish natijasida aylanish tezligi o‘rtacha 8-12%ga oshishi, aylanma mablag‘larning qaytish muddati 6-9 kunga qisqarishi, zaxiralarda “muzlab qolgan” mablag‘lar ulushi 15-20%ga kamayishi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi korxonalarining aylanma mablag‘laridan samarali foydalanishda zaxiralar ulushining ortiqcha bo‘lishining samaradorlikni pasaytirishga ta’sirini aniqlash asosida yuqori samaradorlikni ta’minlovchi zaxiralar ulushining (50%≤ZUay.mab.≤70%) eng maqbul diapazonini asoslash taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 25 noyabrdagi 04/06-4569-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida zaxiralar ortiqcha saqlanishini 12-18%, xom ashyo etishmovchiligi sababli ishlab chiqarish to‘xtash holatlarini 25-30%, ombor xarajatlari (saqlash, ko‘chirish, xizmat ko‘rsatish)ni 
8-12% ga kamaytirish, ta’minot–ishlab chiqarish–sotuv zanjirida logistika xarajatlarini 10–15 % ga optimallashtirish imkoni yaratilgan;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga ilmiy yondashuv va innovatsion boshqaruv uslublarini joriy etish asosida mablag‘lar aylanishini Pareto tamoyilidan foydalangan holda, ABC tahlil, logistika va raqamli monitoring tizimlariga ko‘ra boshqarish orqali aylanish koeffisientini (20% ≤ AK ≤ 25%) oshirishning miqdoriy chegaralarini qo‘llash taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 25 noyabrdagi 04/06-4569-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligida yuqori samarali korxonalar soni 1 yil davomida 22–28%ga ko‘payishi, past samarali korxonalar ulushi 
30-35%dan 18-20%gacha kamayishi, donchilik va sutchilik xo‘jaliklarida ishlab chiqarish tannarxi 5-8%ga pasayishi, aylanma mablag‘lar rentabelligi 10-14%ga oshishi imkoni asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi agrar soha korxonalarining aylanma mablag‘laridan samarali foydalanishni ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarining ARIMA modellari asosidagi 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 25 noyabrdagi 04/06-4569-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligi korxonalari yalpi moliyaviy samaradorligi 5 yilda 18-25%ga oshirish, aylanma mablag‘lardan foydalanish koeffisientini 0,68 dan 0,80-0,83 darajasigacha ko‘tarish, foyda marjasini 7-10%ga oshirish, aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik darajasini 12-16%ga yaxshilash, sotuv aylanmasi (oborot) yillik o‘sish sur’atini 2,5-3,5%ga oshirish imkoni aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish