Nomozov Samandar Shuxrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kapital bozorida tijorat banklarining faolligini oshirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4456.
Ilmiy rahbar: Shavkatov Navruzbek Shavkatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmatov Xasan O‘tkirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklarining kapital bozoridagi faolligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kapital bozorida tijorat banklarining aktivlar diversifikatsiyasini ta’minlash va foiz daromadlariga yuqori darajada qaramlikni kamaytirish maqsadida bankning o‘z mablag‘lari hisobidan qimmatli qog‘ozlarga kiritiladigan investisiyalar ulushini bosqichma-bosqich o‘n besh foizgacha oshirish taklif etilgan;
korporativ obligatsiyalarning diskont daromadliligini belgilashda “bir kunlik diskont daromad”ni hisoblash orqali qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish asoslangan;
tijorat bankining ESG mezonlariga asoslangan “yashil” investisiyalari hajmini oshirish maqsadida yashil obligatsiyalar chiqarish orqali milliy valyutada moliyaviy resurslar jalb qilishni kengaytirish asoslangan;
banklarning fond bozoridagi ishtiroki, qimmatli qog‘ozlar portfeli hajmi, investision xizmatlar ulushini muntazam e’lon qilish mexanizmiga asoslangan kapital bozoridagi faoliyatini baholovchi reyting tizimi taklif etilga.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kapital bozorida tijorat banklari faolligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
kapital bozorida tijorat banklarining aktivlar diversifikatsiyasini ta’minlash va foiz daromadlariga yuqori darajada qaramlikni kamaytirish maqsadida bankning o‘z mablag‘lari hisobidan qimmatli qog‘ozlarga kiritiladigan investisiyalar ulushini bosqichma-bosqich o‘n besh foizgacha oshirish taklifi tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlarga investisiya limitlarini bosqichma-bosqich kengaytirish, banklarning daromadlar tuzilmasini diversifikatsiya qilish, kapital rentabelligini oshirish va foiz riskini kamaytirish imkonini beradi (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 10-noyabrdagi 02-01-02/180 sonli ma’lumotnomasi). Hisob-kitoblar natijasiga ko‘ra, bu mexanizm joriy etilgan so‘ng sof foyda 29 % ga oshib, ROE 2,4 foiz punktga yaxshilanishi orqali aktivlar diversifikatsiyasi darajasi sezilarli tarzda kengayadi. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni, Markaziy bankning prudensial normalari hamda investision faoliyatni liberallashtirish yo‘nalishlari bilan mos keladi;
korporativ obligatsiyalarning diskont daromadliligini belgilashda “bir kunlik diskont daromad”ni hisoblash orqali qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish taklifi emissiya davrida (bir necha kun/hafta) narx shakllanishi, investorlarning qisqa muddatli talab taklifiga moslashuvi, kunlik bozor stavkalari tebranishini aniqlash maqsadida amaliyotga joriy etilgan. (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 10-noyabrdagi 02-01-02/180 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Mazkur taklif asosida diskont ko‘rinishdagi daromad miqdori har bir kun uchun hisoblanishi orqali emissiya bosqichida bir kundan ortiq talab qilinadigan emissiyaviy jarayonlarda belgilangan yillik diskont daromadni o‘tgan har bir kun uchun bir kunlik diskont daromadga oshirib borish orqali korporativ obligatsiyani real vaqt rejimga to‘g‘ri keladigan daromadi belgilanishiga erishildi;
tijorat bankining ESG mezonlariga asoslangan “yashil” investisiyalari hajmini oshirish maqsadida yashil obligatsiyalar chiqarish orqali milliy valyutada moliyaviy resurslar jalb qilishni kengaytirish taklifi “yashil” kredit va investisiyalar ulushining oshishi, resurs bazasining uzoq muddatli va barqaror manbalar hisobidan kengayishi, ESG reytinglari va bank reputatsiyasining yaxshilanishi, kapital bozorida tijorat banklari ishtirokining faollashishini ta’minlash maqsadida amaliyotga joriy etilgan. (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 10-noyabrdagi 02-01-02/180 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Agrobank ATB emitent sifatida yashil obligatsiyalar emissiyasi orqali 700 milliard so‘mlik yashil obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirgan va ESG standartlariga asoslangan investisiya portfeli ulushi 3,2 foiz punktga ortishiga erishilgan;
banklarning fond bozoridagi ishtiroki, qimmatli qog‘ozlar portfeli hajmi, investision xizmatlar ulushini muntazam e’lon qilish mexanizmiga asoslangan kapital bozoridagi faoliyatini baholovchi reyting tizimini ishlab chiqish orqali banklarda fond bozori operatsiyalari faolligi, qimmatli qog‘ozlar portfeli hajmi, emissiya va anderrayting faoliyati, investision xizmatlar ulushi oshishini ta’minlashgaxizmat qilgan (“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining 2025-yil 10-noyabrdagi 02-01-02/180 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bankning qimmatli qog‘ozlar portfeli 45 foizga, investision xizmatlar daromadi 67 foizga oshadi, ESG aktivlar ulushi 3,8 foizgacha etadi.