Jaloliddinova Mohira Alisher qizining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mulk qiymatini baholashni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt3266
Ilmiy rahbar: Karimqulov Jasur Imomboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidova Faridaxon Abdulkarim qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Mulk qiymatini baholash faoliyatini takomillashtirishni samarali tashkil etish hamda uning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mahalliy va davlat byudjeti daromadlarini oshirish hamda soliq to‘lovchilarning soliq yukini bozor sharoitlariga moslashtirish maqsadida ko‘chmas mulk obektlarini bozor narxiga yaqin qiymatlarda baholash va byudjet daromadlarini 22 foizga oshirish hamda yashirin iqtisodiy aylanmalarni 12 foizga qisqartirish taklif etilgan;
davlat aktivlarini xususiylashtirishda ochiq auksion va birja savdolarini keng qo‘llash taklif etilgan bo‘lib, natijada savdolarda ishtirokchilar sonini 25 foizga oshirish, sotuv narxining boshlang‘ich qiymatga nisbatan o‘sishini esa o‘rtacha 15 foizga ta’minlash taklif etilgan;
mulkdorlarning huquqiy himoyasini mustahkamlash va investisiya muhitini barqarorlashtirishda xususiy mulk daxlsizligini kuchaytirish hamda xususiy mulkdorlarning bozor aktividagi ulushini 25 foizga oshirish taklif etilgan;
xususiy mulk daxlsizligini kuchaytirish, undan faqat mulkdorning roziligi va bozor qiymatiga mos haq to‘lash sharti bilan foydalanish hamda tadbirkorlik subektlarining huquqiy ishonch darajasini 35 foizga oshirish, uzoq muddatli investisiyalar hajmini esa 20 foizga ko‘paytirish imkoniyati ilmiy jihatdan asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mulk qiymatini baholashni  takomillashtirish masalalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘chmas mulk obektlarining bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlashning zamonaviy usullari va mexanizmlarini joriy etish va keng qo‘llash, aholi va tadbirkorlarning iqtisodiy aktivlari o‘sib borishi uchun qulay shart-sharoit yaratish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 5-martdagi PF-43-son “Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash tizimini joriy etish to‘gʼrisida”gi farmonining ishlab chiqilishida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasining 2025 yil 20 maydagi № 05/40-7-6580-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘chmas mulk obektlarining bozor narxiga yaqin baholash tizimining joriy etilishi va amaliyotda keng qo‘llanilishi orqali soliq bazasining aniq, shaffof va adolatli shakllanishi ta’minlanadi. Bu esa mahalliy va davlat byudjetlarining daromadlarini  oshirishga imkon beradi, soliq to‘lovchilarning soliq yukini bozor sharoitlariga moslashtirish orqali iqtisodiy faollik va tadbirkorlik subektlarining rivojlanishi rag‘batlantirilgan.
davlat mulkini xususiylashtirishda auksion va birja savdolaridan foydalanish haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevraldagi O‘RQ-907-son “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘gʼrisida”gi qonuni ishlab chiqilishida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasining 2025 yil 20 maydagi № 05/40-7-6580-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida auksion va birja savdolaridan foydalanish orqali sotuvlarning oshkoraligi va raqobatbardoshligi ta’minlanadi. Bu esa mulkning bozor qiymatiga yaqin narxlarda sotilishini kafolatlab, davlat byudjetiga tushumlarning  sezilarli darajada oshishiga olib kelgan.
 xususiy mulk daxlsizligini kuchaytirish hamda uning bozor aktividagi ulushini oshirishni yanada kengaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2022 yil 24-avgustdagi dagi PF-198-son “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasining 2025 yil 20-maydagi № 05/40-7-6580-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xususiy mulk daxlsizligini kuchaytirish va uning bozor aktividagi ulushini oshirish bo‘yicha takliflarning amalga oshirilishi mulkdorlarning huquqiy himoyasini mustahkamlab, mulk daxlsizligini kuchaytirish va investisiya muhitining barqarorligini ta’minlagan.
xususiy mol-mulkdan mulkdorning roziligisiz va tegishli haq to‘lamasdan foydalanishga nisbatan choralar ko‘rilishi haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24-avgustdagi PF-198-son “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasining 2025 yil 20-maydagi № 05/40-7-6580-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xususiy mol-mulkdan mulkdorning roziligisiz va tegishli haq to‘lamasdan foydalanishga nisbatan qat’iy qonuniy choralar joriy etilishi mulk egalari huquqlarining samarali himoyasini taʼminlaydi. Bu holatlar kamayib, mulk daxlsizligi mustahkamlanadi va mulkdorlar o‘z mulkidan erkin foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish