Alimova Dilafro‘z Tohir qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarga investisiyalarni jalb qilishni rivojlantirish masalalari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4057. 
Ilmiy rahbar: Karimqulov Jasur Imomboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshpo‘latov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Hududlarga investisiyalarni jalb qilishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hududlarda barpo etilgan sanoat zonalarini investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun 75 foiz darajada infratuzilma bilan taʼminlash maqsadida mablagʼ ajratish va zarur hollarda infratuzilmaviy investisiya loyihalarini amalga oshirish orqali investisiya loyihalarini ishga tushirish samaradorligini 35 foizga oshirish imkoniyati asoslab berilgan;
hududiy investisiyaviy salohiyatni oshirish maqsadida Sayxunobod tumani “Farovon” mahallasidagi 20 gektar foydalanilmayotgan er maydonlari hisobidan kichik sanoat zonalarini barpo etish, er resurslaridan foydalanish samaradorligini 30 foizga oshirish hamda mahalliy byudjet daromadlarini 22 foizga koʼpaytirish taklif etilgan;
    xizmatlar sohasiga yo‘naltirilayotgan investisiyalarni rag‘batlantirish maqsadida investisiya hajmiga proporsional ravishda subsidiyalar ajratish va investisiyalarning qaytuv darajasini 15 foizga oshirish, soliq tushumlarini esa o‘rta muddatda 20 foizga ko‘paytirish zarurligi asoslangan;
    hududlar iqtisodiyotiga xorijiy investisiyalar jalb qilish amaliyotini takomillashtirishda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish asosida  investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun er uchastkalaridan foydalanishda ijara haqi va er solig‘i uchun to‘lovlarni muvofiqlashtirgan  yagona to‘lov tizimini qo‘llash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarga investisiyalarni jalb qilishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
    hududlarda barpo etilgan sanoat zonalarini investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun 75 foiz darajada infratuzilma bilan taʼminlash maqsadida mablagʼ ajratish va zarur hollarda infratuzilmaviy investisiya loyihalarini amalga oshirish orqali investisiya loyihalarini ishga tushirish samaradorligini 35 foizga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida PF-158-son Farmonini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 3-noyabrdagi 05-05-01224-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy qiymati 150 mlrd. dollarlik 500 dan ziyod strategik ahamiyatiga ega bo‘lgan texnologik va infratuzilmaviy loyihalar amalga oshirilgan hamda 2030-yil yakunlariga ko‘ra o‘zlashtiriladigan investisiyalar hajmini 250 mlrd. dollarga yetkazish vazifa etib belgilangan; 
hududiy investisiyaviy salohiyatni oshirish maqsadida Sayxunobod tumani “Farovon” mahallasidagi 20 gektar foydalanilmayotgan er maydonlari hisobidan kichik sanoat zonalarini barpo etish, er resurslaridan foydalanish samaradorligini 30 foizga oshirish hamda mahalliy byudjet daromadlarini 22 foizga koʼpaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-iyundagi “Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 364-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 
2025-yil 3-noyabrdagi 05-05-01224-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Sayxunobod tumani “Farovon” mahallasidagi 31,5 gektar yaylov toifasidagi er maydonlari toifasini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan erlar toifasiga o‘zgartirish hisobidan kichik sanoat zonasini tashkil etish hamda ushbu kichik sanoat zonasida kamida 100 million dollarlik sanoat loyihalarini shakllantirish vazifa etib belgilangan.
xizmatlar sohasiga yo‘naltirilayotgan investisiyalarni rag‘batlantirish maqsadida investisiya hajmiga proporsional ravishda subsidiyalar ajratish va investisiyalarning qaytuv darajasini 15 foizga oshirish, soliq tushumlarini esa o‘rta muddatda 20 foizga ko‘paytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi  “2024 – 2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-394-son qarorida aks etgan bo‘lib (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 3-noyabrdagi 05-05-01224-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2025-yil ikkinchi chorak yakunlariga ko‘ra 1,3 barobar o‘sishga erishilgan hamda kelgusida ushbu amaliyot Xorazm viloyatidan tashqari Sirdaryo viloyatining Yangier shahrida va Respublikamizning boshqa hududlarida joriy etilishi belgilab qo‘yilgan.
    hududlar iqtisodiyotiga xorijiy investisiyalar jalb qilish amaliyotini takomillashtirishda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish asosida  investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun er uchastkalaridan foydalanishda ijara haqi va er solig‘i uchun to‘lovlarni muvofiqlashtirgan  yagona to‘lov tizimini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30-dekabrdagi ““Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida quvvati 1573 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish” investisiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-464-sonli qarorining ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 3-noyabrdagi 05-05-01224-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmi 2022-yilda 5642 mlrd. so‘mdan, 2023-yil yakunlariga ko‘ra 6597,9 mlrd. so‘mga oshishiga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish