Tursunov Anvar Saypullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbekistonning janubiy hududlarida zamonaviy urbanizatsion jarayonlar: tarix va tahlil (1991-2020-yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Tar260.
Ilmiy rahbar: Pardaev Toshkentboy Rajabovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.12.01.
Rasmiy opponentlar Saidov Ilxom Muxiddinovich, tarix fanlari doktori, professor; Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori, professor; Tolipov Fayzulla Saidovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1991-2020 yillarda O‘zbekistonning janubiy hududlarida zamonaviy urbanizatsion jarayonlarni tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston shaharsozligida “urbanizatsiya”, “urbanologiya”, “mikrourbanizm”, “suburbanizatsiya”, “aglomeratsiya”, “konurbatsiya”, “megalopolis”, “metropolis”, “eopolis”, “tiranopolis” kabi tushunchalarning kirib kelganligi, janubiy hududlar shaharlarida “sity”, “etnoshaharcha” kabi yangi urbanizatsion atamalarning qo‘llanilayotganligi aniqlangan;
O‘zbekistonning janubiy hududlaridagi shaharlar sanoat, demografik va ijtimoiy-madaniy omillarni hisobga olgan holda rivojlanganligi, Qarshi va Termiz shaharlarida qurilish mutaxassislari hamda tadbirkorlarining malakasini oshirish uchun innovatsion dasturlar joriy etilganligi, xalqaro tadbirlar mintaqaning tarixiy shaharlarini yuksaltirishda sezilarli hissa qo‘shganligi aniqlangan;
Mustaqillikning ilk yillarida Termiz tumanidagi “Ipak yoʻli” deb nomlangan erkin iqtisodiy hudud loyihasi Afg‘oniston va Tojikistondagi notinch vaziyat tufayli amalga oshmay qolganligi, Yangi O‘zbekiston sharoitida “Termiz xalqaro savdo markazi”ning tashkil etilishi ishlab chiqarish va xalqaro savdoning o‘sishiga imkon berganligi asoslangan;
Kommunal xizmatlar va maishiy xizmatlar sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilganligi, ushbu o‘zgarishlar innovatsion texnologik echimlarni joriy etishni, shuningdek, logistika va qurilishga xorijiy investisiyalarni samarali jalb qilish va ulardan foydalanishni o‘z ichiga olganligi, aloqa va havo transporti tizimlari modernizatsiya qilinishi natijasida ko‘rsatilayotgan xizmatlarning umumiy samaradorligi va sifatini oshirishga yordam berganligi dalillangan;
Janubiy viloyatlarda xalq maorifi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi islohotlar, shuningdek, 2017-2025 yillarda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida innovatsion loyihalarning keng qo‘llanilishi hamda yangi oliy o‘quv yurtlarining tashkil etilishi shaharlarning kengayishi va yangi ish o‘rinlari yaratilishida muhim o‘rin tutayotganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning janubiy hududlarida zamonaviy urbanizatsion jarayonlari tarixi va tahlili (1991-2020 yy.) bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekiston shaharsozligida “urbanizatsiya”, “urbanologiya”, “mikrourbanizm”, “suburbanizatsiya”, “aglomeratsiya”, “konurbatsiya”, “megalopolis”, “metropolis”, “eopolis”, “tiranopolis” kabi tushunchalarning kirib kelganligi, janubiy hududlar shaharlarida “sity”, “etnoshaharcha” kabi yangi urbanizatsion atamalarning qo‘llanilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti davlat muassasasining 2025-yil 27-yanvardagi 60–son ma’lumotnomasi). Natijalar, O‘zbekiston janubiy hududlarida zamonaviy urbanizatsion jarayonlar to‘g‘risidagi bilimlarni boyitishga xizmat qilgan.
O‘zbekistonning janubiy hududlaridagi shaharlar sanoat, demografik va ijtimoiy-madaniy omillarni hisobga olgan holda rivojlanganligi, Qarshi va Termiz shaharlarida qurilish mutaxassislari hamda tadbirkorlarining malakasini oshirish uchun innovatsion dasturlar joriy etilganligi, xalqaro tadbirlar mintaqaning tarixiy shaharlarini yuksaltirishda sezilarli hissa qo‘shganligi to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti davlat muassasasining 2025-yil 27-yanvardagi 60–son ma’lumotnomasi). Natijalar shaharlar taraqqiyotida davlat va xalqaro miqyosdagi tadbirlarning rolini tadqiq etish hamda shaharsozlik sohasini yangi ma’lumotlar bilan boyitishga imkon bergan.
Mustaqillikning ilk yillarida Termiz tumanidagi “Ipak yoʻli” deb nomlangan erkin iqtisodiy hudud loyihasi Afg‘oniston va Tojikistondagi notinch vaziyat tufayli amalga oshmay qolganligi, Yangi O‘zbekiston sharoitida “Termiz xalqaro savdo markazi”ning tashkil etilishi ishlab chiqarish va xalqaro savdoning o‘sishiga imkon berganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokanalining 2025-yil 4-fevraldagi 01-33-41-son ma’lumotnomasi). Bu esa, teletomoshabinlarning Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida sanoat va kichik biznes taraqqiyoti bo‘yicha tasavvurlarini kengaytirishga yordam bergan.
Kommunal xizmatlar va maishiy xizmatlar sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilganligi, ushbu o‘zgarishlar innovatsion texnologik echimlarni joriy etishni, shuningdek, logistika va qurilishga xorijiy investisiyalarni samarali jalb qilish va ulardan foydalanishni o‘z ichiga olganligi, aloqa va havo transporti tizimlari modernizatsiya qilinishi natijasida ko‘rsatilayotgan xizmatlarning umumiy samaradorligi va sifatini oshirishga yordam berganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokanalining 2025-yil 4-fevraldagi 01-33-41-son ma’lumotnomasi). Natijalar, teletomoshabinlarning O‘zbekistonning janubiy hududlarida kommunal xizmatlar, transport va aloqa tizimidagi o‘zgarishlar bo‘yicha tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.
Janubiy viloyatlarda xalq maorifi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimidagi islohotlar, shuningdek, 2017-2025 yillarda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida innovatsion loyihalarning keng qo‘llanilishi hamda yangi oliy o‘quv yurtlarining tashkil etilishi shaharlarning kengayishi va yangi ish o‘rinlari yaratilishida muhim o‘rin tutayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Surxondaryo viloyat hokimligining ishida foydalanilgan (Surxondaryo viloyat hokimligining 2025-yil 13-iyundagi 07-07/1452-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston janubiy hududlarida zamonaviy ta’lim va tibbiyot tizimini shakllantirish ishlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.