Karimova Kamilla Vyacheslavovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Jahon musiqasining o‘zbek musiqa san’ati rivojida o‘rni (Evropa musiqa san’ati misolida)”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar1185.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.12.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzullaeva Mavlyuda Xamzaevna, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; G‘afforov Shokir Safarovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jahon musiqasining o‘zbek musiqa san’atini rivojlantirishdagi o‘rnini aniqlash, xususan Evropa musiqa san’ati misolida tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asrda Evropa musiqa san’atining o‘zbek musiqa san’ati va mahalliy bastakorlar ijodi rivojiga muhim ta’sir ko‘rsatgani, shuningdek, O‘zbekiston madaniy hayotida zamonaviy musiqaning ahamiyati izchil ortib borgani ilmiy jihatdan asoslab berildi;
O‘zbek musiqa san’atini rivojlantirish jarayonida xorijiy hamkorlar bilan hamkorlik munosabatlari asosida samarali ijodiy tajriba shakllangani hamda sohani rivojlantirish uchun zarur institutsional va tashkiliy imkoniyatlar yaratilgani aniqlandi;
Evropa musiqa san’atining o‘zbek musiqa madaniyatiga ko‘rsatgan ta’siri, shu ta’sir negizida yaratilgan tarixiy va badiiy asarlarning xalq ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan belgilab berildi;
Jahon musiqa madaniyati ta’sirida davlat va madaniy tadbirlar, shuningdek, sport musobaqalarida faol ishtirok etgan rok guruhlari hamda folklor-etnografik ansambllar faoliyati va ularning rivojlanish bosqichlari ilmiy asosda tahlil qilindi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jahon musiqasining o‘zbek musiqa san’ati rivojida o‘rni (Evropa musiqa san’ati misolida) bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar asosida:
XX asrda Evropa musiqa san’atining o‘zbek musiqa san’ati va mahalliy bastakorlar ijodi rivojiga muhim ta’sir ko‘rsatgani, shuningdek, O‘zbekiston madaniy hayotida zamonaviy musiqaning ahamiyati izchil ortib borganligi haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” kanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 22-dekabrdagi 01-33-972-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosalar ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilinib, Evropa musiqa san’atining o‘zbek musiqa madaniyati rivojidagi o‘rnini anglash hamda milliy musiqa merosiga hurmatni mustahkamlashga xizmat qildi;
O‘zbek musiqa san’atini rivojlantirish jarayonida xorijiy hamkorlar bilan hamkorlik munosabatlari asosida samarali ijodiy tajriba shakllangani hamda sohani rivojlantirish uchun zarur institutsional va tashkiliy imkoniyatlar yaratilganligi haqida ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” kanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 22-dekabrdagi 01-33-972-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada asoslab berilgan ilmiy xulosalar ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilib, o‘zbek musiqa san’atini rivojlantirishda xorijiy hamkorlik tajribasining ahamiyatini anglash hamda mazkur yo‘nalishdagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi;
Evropa musiqa san’atining o‘zbek musiqa madaniyatiga ko‘rsatgan ta’siri, shu ta’sir negizida yaratilgan tarixiy va badiiy asarlarning xalq ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatlariga oid ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 4-yanvarda tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining V yo‘nalishida belgilangan “Madaniyat, san’at, teatr, muzey, kitobxonlik va ijod sohalarini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar” 38-bandi “Respublika ma’naviy-ma’rifiy samaradorligini miqyosida ishlar oshirishga qaratilgan turli ko‘rik tanlov va viktorinalarni tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 19-dekabr 10/862-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada bayon etilgan ilmiy xulosalar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mazmunini boyitishga xizmat qilib, Evropa musiqa san’atining o‘zbek musiqa madaniyatiga ta’siri va uning xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rnini keng jamoatchilikka ilmiy asosda yetkazishga imkon yaratdi;
Jahon musiqa madaniyati ta’sirida davlat va madaniy tadbirlar, shuningdek, sport musobaqalarida faol ishtirok etgan rok guruhlari hamda folklor-etnografik ansambllar faoliyati va ularning rivojlanish bosqichlari haqidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 4-yanvarda tasdiqlangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining V yo‘nalishida belgilangan “Madaniyat, san’at, teatr, muzey, kitobxonlik va ijod sohalarini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar” 38-bandi “Respublika ma’naviy-ma’rifiy samaradorligini miqyosida ishlar oshirishga qaratilgan turli ko‘rik tanlov va viktorinalarni tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 19-dekabr 10/862-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada keltirilgan ilmiy xulosalar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mazmunini boyitib, jahon musiqa madaniyati ta’sirida shakllangan rok guruhlari hamda folklor-etnografik ansambllar faoliyatining ijtimoiy-madaniy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qildi.