Nasrullaeva Gulshan Samadovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Antropotsentrik metaforaning lisoniy, kognitiv va lingvomadaniy aspekti”, 10.00.11–Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil365.

Ilmiy rahbar: Ibragimov Yuldash Matkarimovich,filologiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.05.02.

Rasmiy opponentlar: Xoshimov G‘anijon Mirzaaxmadovich, filologiya fanlari doktori, professor; Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: antropotsentrik metaforaning kognitiv va lingvomadaniyjihatlariniochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

antropotsentrik metaforaning lisoniy metafora va nutqiy metafora turi mavjudligi asoslangan;

antropotsentrik metaforaning kognitiv mexanizmi  “borliq→tushuncha→lison→nutq” tartibida ekanligi aniqlangan;

antropotsentrik metafora “inson→borliq” va “borliq→inson” tarzida bo‘lishi isbotlangan;

antropotsentrik metafora shakllanishining milliy-tarixiy ildizlari chorvachilik va dehqonchilik madaniyati tushunchalari bilan bog‘liqligi dalillangan;

antropotsentrik metaforada o‘zbek xalqining lingvomadaniy, etnomadaniy va etnoma’naviy tabiati ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Antropotsentrik metaforaning lisoniy, kognitiv va lingvomadaniy aspektini mushtaraklikda yoritish  yuzasidan tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

antropotsentrik metafora lison va nutqqa munosabatiga ko‘ra farqlanishining o‘rganilishiga oid nazariy xulosalardan 2007–2011 yillarda bajarilgan OT-F8-027 raqamli “Qo‘lyozma manbalarning milliy ma’naviy va adabiy meros targ‘ibotdagi ahamiyati” fundamental loyihasida (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018  yil 20 dekabrdagi 89-03-4386-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada antropotsentrik metafora lison va nutqqa munosabatiga ko‘ra farqlanishi yoritilishiga erishilgan;

antropotsentrik metaforaning kognitiv mexanizmini yoritishga antropotsentrik metaforaning sotsial xoslanishi hamda antropotsentrik metaforaning gender xususiyatlari haqidagi ilmiy xulosalardan OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” nomli fundamental tadqiqotlar loyihasida (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 16 yanvardagi 89-03-234-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada antropotsentrik metaforaning kognitiv mexanizmi hamda sotsial xoslanishi ilmiy yangiligini yoritishga erishilgan;

antropotsentrik metaforaning lison va nutqqa munosabati, uning dixatomik farqlanish xususiyatlari, “inson-borliq” va “borliq-inson” munosabati asosidagi etnomadaniyat, etnoma’naviyat haqidagi fikrlaridan O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Bedorlik” dasturida xamda “Ta’lim va taraqqiyot”, “Ijod zavqi”, “Adabiy jarayon”, “Hamroh” eshittirishlari ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2019 yil 3 maydagi O‘z/R-1-85-son ma’lumotnomasi). Natijada ayni ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va yangi manbalar  bilan boyigan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish